84
7. Anglashning asosiy varianta bo’yicha muvafaqqiyatsizlikka uchragan xolda, tanlov zaxira
variantlarining mavjudligi.
8. Shaxs kasbiy istiqbollarining amaliy yuritilishini boshlanishi va mo’ljallangan rejalarni
doimiy ravishda korrektirovka etish.
1. Ma’lum bir mehnat vazifada anglash. Bu anglash turi bajarilayotgan faoliyat doirasida
o’zini namoyon eta olishini nazarda tutadi. Ishchi o’z faoliyat mazmunini ayrim mehnat vazifalarini
sifatli bajarishda ko’radi (masalan, konveyrda ishlash paytida). Tanlash erkinligi va inson
xarakatlarining diapazoni minimal darajada aks etishi bilan belgilanadi. Ko’p ishchilarga bu bir xil
va bir maromda ishlash yomon ta’sir etadi. Shuning uchun ishlab chikarish tashkilotlari bunday
ishlarni bajariladigan ishlar turini almashtirish xisobiga ko’shimcha vazifalar bilan boyitishga
xarakat qiladilar. Ammo shuni xam ta’kidlash lozimki, ayrim kishilar bunday mehnatdan
roxatlanadilar.
2 . Ish o’r n i d a o’zini anglash turli xil vazifalar bajarishni nazarda tutadi. Ish urni ma’lum
xukuklar va topshiriklar mehnat vositalarini o’z ichiga oluvchi cheklangan ishlab chikish muhiti
bilan belgilanadi. Anik ish joyini almashinuvi mehnat sifati va samaradorligiga yomon ta’sir etadi
va ishchining konikmasligini keltirib chikaradi.
3. Mutaxassislik bosqichida o’zini anglash turli ish urinlarini sezilarsiz almashinuvini
nazarda tutadi va shu ma’noda shaxsning o’zini namoyon eta olish imkoniyatini kengaytiradi.
Masalan, avtotransport xaydovchisi avtomashinalarning turli rusumini boshqara oladi.
4. Kasbda o’zini anglash turi buyicha ishchi mehnat faoliyatida bir - biriga yakin kasblarni
o’zlashtira olish i nazarda tutiladi. Ma’lumki, kasb bir kancha bir - biriga yakin mutaxassislarni
birlashtiradi. Shuning uchun avval anglash turiga nisbatan bunda ishchi nafaqat ish o’rnini, balki
mutaxassisliklarni xam tanlaydi.
5. Xayotni o’zini o’zi anglash turi kasbiy faoliyatdan tashkari o’zini xordiq chiqarishi,
majburiy ishsizlik va xokazolar. Mazmun jixatdan bunday fikr insonning xayot tarzini tanlashi
haqida bormoqda. Ta’kidlash kerakki, ko’p kishilar xayot mazmunini kasbdan tashkaridagi
faoliyatda kurishadi. Xayotni anglash nafaqat insonning u yoki bu ijtimoiy rollarini bajarishini balki
xayot tarzini tanlashini xam nazarda tutadi. Bunday xolda kasb ma’lum xayot tarzini yuritish
vositasi bo’lishi mumkin.
6. Murakkabrok tur - shaxs o’zini anglashi. Bu tur xayotda o’zini anglashning oliy kurinishi
bo’lib, bunda inson vaziyat va o’z xayotining egasi bo’ladi. Bunday xollarda shaxs kasb va ijtimoiy
rollardan k>pgarilib turadi. Inson ijtimoiy rolni egallabgina kolmay, balki yangi rollarni yaratadi va
kaysidir ma’noda xattoki ijtimoiy - psixologik mezon yaratish bilan shugullanadi va atrofdagi
odamlar u haqida yaxshi muxandis, shifokor, pedagog deb gapirib kolmasdan, balki takrorlanmas
shaxs deb ta’riflashadi. Aytish mumkinki, shaxs o’zini anglashi bu o’ziga xos “Men tarzini”
topishidir doimo shuni rivojlantirib atrofdagi odamlar orasida tasdiklashdan iboratdir.
7. Nihoyat eng murakkab tur - shaxsning madaniyatda o’zini anglashi (shaxs o’zini
anglashning oliy k$finishi sifatida). Bunda kaysidir ma’noda insonning ijtimoiy abadiyligi tugrisida
gapirishga imkon beruvchi “o’zini boshqa odamlarda davom etishi”ga yunaltirilgan ichki faollik
seziladi. O’zini anglashning oliy turi shaxsning keng ma’noda tushuniladigan madaniyat
rivojlanishiga ko’shgan xissasida namoyon bo’ladi. (ishlab chiqarish, san’at, ilm, din). Yuqorida
berilgan o’zini anglashning xar bir turida muallif shartli ravishda inson o’zini namoyon etishining
besh bosqichini ajratadi.
Psixologik pedagogik adabiyotlarda kasbiy o’zini o’zi belgilash jarayoniga ta’sir etadigan
omillarning 4 guruhi ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: