28
1-mavzu: Kasbiy psixologiyaning nazariy va konseptual asoslari.
Reja:
1. Kasbiy psixologiyaning tabiiy ilmiy asoslari.
2. Kasbiy psixologiyaning o’rganish obyekti va predmeti.
3. Kasbga yo’llash tizimi va uning asosiy qismlari
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki kunlardan boshlab, jamiyatimizning
barcha sohalari qatori, ma’naviy-mafkuraviy hayotimizda ham ulkan o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.
Mustaqil taraqqiyot yillarida to‘plangan tajriba, dunyo jamoatchiligi «o‘zbek modeli» deya e’tirof
etgan o‘zimizga mos va o‘ziga xos rivojlanish yo‘li, kelajagi buyuk davlat barpo etish borasida
amalga oshirilayotgan barcha tarixiy o‘zgarish va yangilanishlar yurtdoshlarimiz qalbi va ongiga
ulkan ta’sir ko‘rsatmoqda. Hozirgi davrda iqtisodiyot hamda madaniyatni tez va uyg‘un
rivojlantirish, ijtimoiy munosabatlarni va siyosiy
ustqurmani takomillashtirish, jamiyatning asosiy
ishlab chiqaruvchi kuchi va oliy boyligi
bo‘lmish insonning o‘zini yanada kamol
toptirish manfaatlari yosh avlodlarga ta’lim va
tarbiya
berishga
yangicha,
yanada
keng
ko‘lamda yondashishni talab qiladi. Psixologiya
fani uchun eng murakkab muammolar qatoriga uning
asosiy kategoriyalari bo‘lgan shaxs, motivatsiya,
faoliyat,
muomala,
ongning
tavsifi,
ularning
takomillashuv bosqichlari, xususiyatlari, aks ettirish
imkoniyatlari,
hukm
surish
qonuniyatlari
va
mexanizmlari bo‘yicha aniq, mezoniy, tatbiqiy fikrlarni
bildirish masalalari va vazifalari kiradi. Shu munosabat
bilan kasbiy psixologiya umumiy psixologiya faniga kirish
vazifasini bajarsa, ikkinchi tomondan, tinglovchilarni,
avvalo, shaxs psixologiyasi, uning faoliyati va jamoadagi munosabati haqida, uni tadqiq qilish
metodlari to‘g‘risida, ong va psixika, asosiy psixik jarayonlarning qonuniyatlari haqida tegishli
bilimlardan xabardor etgan holda, ularni professional ishga nazariy va amaliy jihatdan
tayyorlashdan iborat aniq vazifani o‘z zimmasiga oladi.
Insonlarda kasbiy maqsad, kasbiy o‘zlikni anglash, kasbiy shakllanish, kasb tanlash va uni
o‘zgartirish sabablari haqida, kasbiy rivojlanish bosqichlari haqida to‘liq tasavvurni bermaydi. Ular
esa o‘z navbatida kasb psixologiyasining predmetini tashkil qiladi. Aynan kasb tanlash borasidagi
ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, ongli kasb tanlash, kasbiy inqiroz va qiyinchiliklarni yengib o‘tishda
mazkur fanga doir bilimlarni bilish talab qilinadi. Shu bois, xozirgi kunda kasb psixologiyasiga doir
bilimlarga zarurat sezilmoqda.
Keng tarqalgan ta’riflarga ko’ra psixologiya - psixik faktlar, ularning qonuniyatlari va
mexanizmlarini o‘rganadi. Shuningdek, psixologiya inson faoliyati va xulk-atvorida ob’ektiv
reallikning aks etishi qonuniyatlari hakidagi fan. Psixologiya soxasida amalga oshirilgan ilmiy
tadqiqotlar va o‘rganilgan nazariy manbalar, shuningdek fanlararo o‘zaro integratsiya jarayonlari
psixologiya tarmog’ida ko‘pgina o‘z predmetiga ega bulgan soxalarni ajralib chiqishiga turtki
bo’ldi. Ular jumlasiga kasb psixologiyasini kiritishimiz mumkin.
Kasb psixologiyasining predmeti - shaxsning kasbiy shakllanish mexanizmi, qonuniyatlari
xamda psixologik xususiyatlarini o‘rganishdir.
Bundan kelib chiqqan xolda kasb psixologiyasi - bu shaxsda kasbiy maksadlarni tanlash,
Kasb – insonni jamiyat tomonidan tan
olinishidir
Men yoshlarimizga, mening bolalarimga
qarata, o’rganishdan hech qachon
charchamanglar, deb aytmoqchiman.
O’rganish, intilish hech qachon ayb
sanalmaydi. Nimanidir bilmasang, uni
o’rganish zarur. Avvalambor, endi hayotga
kirib kelayotgan yoshlarga nima lozim?
O’rganish, o’rganish va yana bir bor
o’rganish kerak. Kasb o’rgangan, ilm
o’rgangan kishi, o’zbekona aytganda, hech
qachon kam bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: