18
4-mavzu: O‘RXUN-ENASOY YODGORLIKLARI
Reja:
1.
«O`rxun-Enasoy» yodgorliklari.
2.
Kultegin va Bilga xoqon bitigtoshlari.
3.
O`rxo`n-Enisey yodgorliklarining ahamiyati
Mavzuga oid tayanch so`z va tushunchalar: Topilishi va o`rganilishi,
Remezov, Iogann Strallenberg, olim Messershmidt, To`nyuquq Kultegin Bilga xoqon
Eltarish Yo`llug` tigin Irq bitigi, Vilgelm Tomson, rus olimi V.Radlov, Mo`g`uliston,
«Ungin bitigi», «Moyun Chur bitigi».
1.
O`rxun-Enasoy yodgorliklari
Mazkur obidalarning topilishi O`rxun hamda Enasoy
daryolarining havzalari
bilan bog`liq. Keyinchalik bu obidalar Sibir va Mo`g`ulistonning boshqa joylaridan,
Sharqiy Turkiston, Markaziy Osiyo, Kavkaz, Volga bo`yi
va boshqa joylardan
topilgan bo`lsa ham, shu nom bilan ataladigan bo`lib qoldi.
Bu yodgorliklarning
topilishi va o`rganilishi XVIII asrdan boshlanadi.
Rus xizmatchisi Remezov bu
haqdagi dastlabki xabarni beradi. Shved
zobiti Iogann Strallenberg, olim
Messershmidt yodgorliklarni evropa ilm ahliga ilk marta taqdim qiladilar.
1893 yilda
daniyalik olim Vilgelm Tomson va rus olimi V.Radlovlar yodgorliklardagi harflarni
o`qidilar. Bu yodgorliklar «tosh bitiklari» deb ham yuritiladi.
Ular Mo`g`uliston,
Germaniya, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Frantsiya,
Shvetsiya, O`zbekiston,
Qozog`iston, Qirg`izistonda saqlanadi.
Yodgorliklar asosan VI-VIII asr voqealarini
aks ettiradi. 545-yilda Turk xoqonligi yuzaga keladi. V-VIII asrgacha hukmronlik
qiladi. Tosh bitiklarining katta qismi ana shu xoqonlikning tarixini tasvirlaydi.
«To`nyuquq» bitigtoshi ikkita ustunga yozilgan. Ularning biri 170,
ikkinchisi
160 sm. dan iborat.
Bu yodgorlikni 1897-yili Elezaveta Klements Shimoliy
Mo`g`ulistonda eri Dmitriy Klements bilan birgalikda izlab topgan. «Kultegin»
bitiktoshi marmardan ishlangan. Balandligi 3 m 15 sm, qalinligi 41 sm, tub qismi 1 m
24 sm bo`lib, yuqoriga tomon torayib borgan. Yodgorlikni rus ziyolisi N.Yadrintsev
1889 yili Mo`g`ulistonning Ko`kshin O`rxun daryosi qirg`og`idan topgan.
To`nyuquq - Eltarish xoqonning maslahatchisi va sarkardasi. Unga qo`yilgan
toshda To`nyuquqning xalq oldidagi xizmatlari, turkiylarning
bir qancha dushman
qabilalariga qarshi kurashi, To`nyuquqning donoligi,
tadbirkorligi, vatanparvarligi,
turk xalqiga sadoqati ko`rsatilgan. Mana bu tasvir shundan dalolat beradi: «Nega
chekinamiz, dushmanni ko`p deb, nega qo`rqamiz, o`zimizni oz deb, qani bosaylik,
hujum qilaylik, dedim. Hujum qildik, dushmanni tor-mor qildik. Ikkinchi kun keldi.
Urushdik. Ularning qo`shini biznikidan ikki qanoti yarmicha ortiq edi.
Tangri
yorlaqagani uchun, dushman ko`p deb biz qo`rqmadik, jang qildik. Ularni ham tor-
mor qildik...» (Qadimiy obidalar. 21-bet).
Bulardan tashqari,
«Ungin bitigi», «Moyun Chur bitigi» borki, bular O`rxun
bitiglariga kiradi.
Enisey
bitiglari hozirgi Tuva, Xakasiya hududidan topilgan. Bu
bitiglar turli shakldagi-yumaloq, to`g`ri burchakli granit toshlariga bitilgan. Ayrim
19
lari qoyalarga, metallarga, oltin va kumush idishlariga yozilgan.
Hozirgacha hammasi
bo`lib 250 ga yaqin bitigtoshlar topilgan.
Enisey bitiglari «Eletmish
bilga xoqon
yodnomasi», «Uyuq Tarlak yodnomasi», «Uyuq Turan yodnomasi», «Begra
yodnomasi», «Chakul yodnomasi» kabi yodgorliklardan iborat. Ularda ham mardlik,
qahramonlik, dushmanga qarshi kurash tasvirlangan.
Bu yodgorliklarni nasr namunasi deb qarovchi olimlarimiz bo`lganidek,
Stebleva ularni turkiy xalqlar she`riy ijodining namunalari sifatida beradi
Bitiglarda «Edguti eshid, qatug`du tungla» «Yaxshi eshit, qattiq tingla», «Ichra
oshso`z, tashra jonso`z» «Ichda oshsiz, toshida to`nsiz» kabi maqolga o`xshash
jumlalar mavjud.
Yodgorliklarning tili quyidagicha:
Qog`on ulurup yo`q jig`ay budunug Qoon bo`lgach kambag`al xalqni ko`p
ko`portdum Yuksakka ko`tardim.
Jig`oy budunug bay qiltim Kambag`al xalqni boy qildim.
Umuman, O`rxun-Enasoy yodgorliklari V-VIII asrlarda yashagan turkiy
xalqlarning madaniy merosi sifatida ajdodlarimizning ma`naviy -badiiy , ilmiy-tarixiy
salohiyatining balandligi, qadimiy va boyligidan yorqin nishonadir.
Do'stlaringiz bilan baham: