16
«Avesto» kitobi mukammal suratda nashr etildi. Ellik bosma taboqdan iborat
bu tarixiy-adabiy obida bugungi kungacha er yuzida saqlanib qolgan «Avesto»
matnlarini tugal o`z ichiga oladi.
Kitob so`zboshi, so`nggi so`z, olti daftar, avestoyi
tushunchalar va islohotlar
mukammal sharhlangan izohlardan iborat. Nufuzli tahrir hay’ati nazorati ostida chop
etilgan kitob shoir Asqar Mahkamning o`n yillik mashaqqatli va samarali mehnati
tufayli tilimizga o`girildi.
Qo`limizdagi «Avesto» kitobi Zardushtning «Gohlar»i bilan boshlanadi.
Gohlar bu ulug` obidaning eng qadimiy bo`limlaridan, yoxud Zardushtning beklik
qo`shiqlaridan tashkil topgan. Aslida avestoyi «Goso» bo`lgan bu istiloh keyincha
tilimizda «goh» shaklida o`zlashdi, chunonchi, «Dugoh», «Segoh», «Chorgoh» va
hokazo.
Birinchi daftar olam va odamning yaralishi,
hayot va yashashning mazmuni,
ezgulik va yovuzlikning paydo bo`lishi ularning o`zaro kurashi xususida hikoya
qiladi. «Ahunavad goh», «Ushtavad goh», «Spiantmada goh», «Vahuvxshtar goh»,
«Vahiyshtvaysht goh»dan iborat. Mazkur bo`limda oliy iloh Axuramazda dunyo,
borliq, inson, ruh, koinot va zamin xususidagi o`z aqidalarini Zardushtga bayon
qiladi. Zardusht bu ta’limotni qabul qilib, bashar farzandlariga etkazishiga so`z
beradi.
Ikkinchi daftar «Yasna» deb nomlanadi. «Toat va salobatga munosib»
ma’nosini anglatuvchi Yasnalar bugungi «Avesto»ning muhim juz’i bo`lib, 72
qismdan iborat Yasna «Ibtido» deb nomlanguvchi alohida alohida duolar,
madhiyalar, munojotlardan tuzilgan. Zardushtiylarning
kundalik turmushiga
singdirilgan bu alqov va duolarda butun borliqqa yog`ilgan avestoyi ilohlar nom-
banom ulug`lanadi, ularga nazr-niyoz keltirish tartib-qoidalari zikr etiladi. Yasnalarda
Axura Mazda yovuz kuchlarga qarata shunday xitob qiladi «Ey, devlar! Sizlarning
barchangiz qabih niyatga qarindoshsiz. Sizlarni azaldan qo`llab-quvvatlab, asrab-
avaylab, kelayotgan kuch kazzoblik va xudbinlikdan boshqa hech narsa emas. Bu
yolg`on va munofiqona amallaringiz bilan etti iqlimga nom taratdingiz va oxir-oqibat
sharmanda bo`ldingiz ..»
«Avesto»ning nisbatan salmoqli tarkibi Uchinchi daftar -«Vandidod»dir. Ba’zi
avestoshunoslarning fikriga ko`ra, «Vandidod» yaxlit asar. U qadimiy mug`larning
odat va rasm-rusumlarini o`z ichiga olib, «Devlarni uzoqlashtiruvchi nizom» yoxud
«Devlarga qarshi nizom» ma’nosini anglatadi. «Vandidot» avestoyi «Vaydaivadota»
istilohining ixchamlashgan shakli. Fargard - bo`limlardan iborat «Vandidod»
boshdan-oyoq Zardushtning savollariga Ahura Mazdaning javoblaridan iborat.
Zardusht o`z panohi bo`lmish Ahuradan
mazdaparstlikning mohiyati, uning borliq-
olam, inson va uning ruhiyati, ong-tafakkuri, kundalik hayoti xususida yuzlab
savollar bilan murojaat qiladi. Ahura esa bu savollarga atroflicha javob beradi:
«- Ey, olamni yaratgan Zot! Ey, Haqiqat! Zamini hammadan ko`ra baxtliroq
bo`lgan dunyodagi birinchi joy qaer? - deydi Zardusht.
Ahura Mazda javob beradi: - Bunday joy, qo`lda pokiza o`tin, barsam, havona, yangi
sog`ilgan
sut tutugan, o`z amal-e’tiqodiga dilda ishonchi sobit, o`ktam ovoz, keng
17
yaylovlar ishqi bilan masrur va bu yaylovlarni qo`shiqqa solgan bir ashavan oyoq
bosgan zamindir.
To`rtinchi daftar she’riy va mansur yashatlar (qasidalar)dan jamlangan bo`lib,
unda zardushtiylikning Ahura Mazda, Ardvisura Anahita, Quyosh, Mitra. Vartragna,
Asha, Huvarna kabi iloh va ma’budlari sharaflanadi.
Kitobning beshinchi daftari - «Vispirad». «Vispirad» - jamiyki radlar (hakam
madhi ma’nosini anglatib, 24 bo`limdan iborat. Zardushtiylar ta’limotiga ko`ra, butun
borliq aslida jonli maxluqlar yashovchi bir fano manzili. Unda har bir unsur o`z
qonunlari asosida, muayyan kuchlarning homiyligi ostida yashaydi. Chunonchi,
«rad» istilohi «Avesto»da hakam ma’nosidan tashqari manzil makon kabi
tushunchalarni ham ifoda etadi.
Nihoyat, Oltinchi daftar - «Kichik Avesto» yoxud «Xurda Avesto»dir. «Kichik
Avesto», asosan, zardushtiylarning kunduzgi toat-ibodatlari,
duo va olqishlaridan
tashkil topgan. Jumladan, «Surush boj» deb nomlanguvchi duo har kuni uyqudan
so`ng o`qiladigan mazdaparstlarning mashhur duolaridan biri Uni «Qo`l yuvish
duosi» ham deydilar. «Surush boj» tun qorong`uligi chekinib, tong yorisha
boshlagach, butun kecha jahonni qo`riqlab turgan iloh Surush sha’niga bag`ishlangan.
Zardushtiylarning
barcha marosimlari, xususan, marhumlarni xotirlash marosimi
«surush boj» duosi bilan boshlanadi: «Rad avashan», olamlarga kenglik
bag`ishlaguvchi baxtiyor, cheksiz qudrat sohibi, porsa Surushni olqishlaymiz!»
Do'stlaringiz bilan baham: