O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ekspert hamda mutaxassisga ularning huquq va majburiyatlarini



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/173
Sana21.06.2022
Hajmi0,85 Mb.
#687426
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   173
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

218-modda. Ekspert hamda mutaxassisga ularning huquq va majburiyatlarini
tushuntirish
Raislik qiluvchi ekspert hamda mutaxassisga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi,
ekspertni bila turib yolg‘on xulosa berganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
238-moddasiga 
muvofiq javobgar bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantiradi.
219-modda. Sudning ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomalarini hal qilishi
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yangi dalillarni talab qilib olish to‘g‘risidagi va ishni
muhokama qilish bilan bog‘liq boshqa barcha masalalar bo‘yicha iltimosnomalari ishda ishtirok
etuvchi boshqa shaxslarning fikr-mulohazalari eshitilganidan keyin sudning ajrimi bilan hal
qilinadi.
220-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning sud majlisiga kelmaganligi oqibatlari
Ishda ishtirok etuvchi shaxslardan birortasi sud majlisiga kelmagan taqdirda, ularga sudning
chaqiruv qog‘ozi yoki boshqa xabarnomalar topshirilganligi (yetkazib berilganligi) to‘g‘risidagi
ma’lumot mavjud bo‘lmasa, sud ish muhokamasini keyinga qoldiradi.
Agar ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda
xabardor qilingan bo‘lib, sud uzrli deb topgan sabablarga ko‘ra kelmagan bo‘lsa, sud ish
muhokamasini keyinga qoldiradi.
Taraflar kelmaslik sabablari to‘g‘risida sudni xabardor qilishi va bu sabablarning uzrliligiga
dalillar taqdim etishi shart. Agar javobgarning kelmaganligi sabablari to‘g‘risida ma’lumotlar
mavjud bo‘lmasa yoki sud kelmaganlik sabablarini uzrsiz deb topsa yoxud javobgar ish yuritilishini
qasddan cho‘zayotgan bo‘lsa, sud ishni ko‘rishga haqli.


Taraflar ishni o‘zining ishtirokisiz ko‘rishni va o‘zlariga sud hal qiluv qarorining ko‘chirma
nusxasini yuborishni iltimos qilishga haqli. Agar ishning holatlari bo‘yicha zarur bo‘lsa, sud
taraflarning sud majlisida ishtirok etishini shart deb topishi mumkin.
Sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaxs
vakilining kelmaganligi ishni ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
Prokuror yoki advokatning uzrsiz sabablar bilan kelmaganligi to‘g‘risida sud xususiy ajrim
chiqaradi, bu haqda tegishincha yuqori turuvchi prokurorga yoki O‘zbekiston Respublikasi
Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga ma’lum qiladi.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish