O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Sud protsessida prokurorning ishtiroki



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/173
Sana21.06.2022
Hajmi0,85 Mb.
#687426
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   173
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

50-modda. Sud protsessida prokurorning ishtiroki
Agar fuqaro sog‘lig‘ining holati, yoshi yoki boshqa sabablarga ko‘ra sudda o‘z huquqlari,
erkinliklari va qonuniy manfaatlarini shaxsan himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, prokuror
fuqaroning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun ariza bilan
sudga murojaat etish huquqiga ega.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek prokurorning arizasiga ko‘ra
qo‘zg‘atilgan ishlar bo‘yicha fuqarolik ishining muhokamasida ishtirok etishga haqli. Prokuror
boshqa shaxslarning arizalari bilan qo‘zg‘atilgan ishning muhokamasida o‘z tashabbusi bilan
ishtirok etishi mumkin emas.
(50-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-661-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/661/0011-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
(50-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-661-sonli
Qonuniga 
asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/661/0011-son)
51-modda. Prokurorning protsessual huquq va majburiyatlari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ariza bergan prokuror da’vogarning barcha protsessual huquqlaridan foydalanadi va barcha
protsessual majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi, bundan kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv
tuzish huquqi va sud xarajatlarini to‘lash majburiyati mustasno.
(51-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Prokuror bergan arizasidan butunlay yoki qisman voz kechish, boshqa shaxslarning huquq va
manfaatlarini himoya qilish uchun o‘zi arz qilgan talablar bo‘yicha sudga tushuntirishlar berish, ish
mazmuni yuzasidan, shuningdek ishning muhokamasi vaqtida kelib chiqqan ayrim masalalar
bo‘yicha o‘z fikrini bayon etish, sud hujjati ustidan protest keltirish huquqiga ega.
Agar da’vogar rozi bo‘lmasa, prokuror o‘zi arz qilgan talablarning asosini yoki predmetini
o‘zgartirishga, qo‘shimcha talablar bildirishga, da’vo talablarining miqdorini ko‘paytirishga yoxud
kamaytirishga haqli emas.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Prokuror tomonidan da’vogarning huquqlarini himoya qilish uchun taqdim etilgan da’vodan
da’vogarning voz kechishi, agar bu uchinchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlariga daxl qilmasa, da’vo arizasini (arizani) ko‘rmasdan qoldirishga olib keladi.
(51-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-sentabrdagi O‘RQ-716-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 03/21/716/0877-son)


Prokurorning boshqa shaxs manfaatlarini himoya qilish uchun taqdim etgan o‘z da’vosidan
(arizasidan) voz kechishi, ushbu shaxsni ishni mazmunan ko‘rib chiqishni talab qilish huquqidan
mahrum etmaydi.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish