O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/173
Sana21.06.2022
Hajmi0,85 Mb.
#687426
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   173
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

40-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko‘chirmalar olish,
nusxalar ko‘chirish, rad etish to‘g‘risida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok
etish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga va odil sudlovni amalga oshirishga
ko‘maklashayotgan shaxslarga savollar berish, arz qilish, iltimosnomalar taqdim etish, sudga
og‘zaki va yozma tushuntirishlar berish, sud muhokamasi davomida yuzaga keladigan barcha
masalalar bo‘yicha o‘zlarining vajlarini bayon qilish, boshqa shaxslarning arzlari, iltimosnomalari,
vajlariga qarshi e’tirozlar bildirish, sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish), sud
hujjatlarining majburiy ijrosini talab qilish, davlat ijrochisi tomonidan harakatlar sodir etilishida hozir
bo‘lish va o‘z huquqlarini amalga oshirish huquqiga egadir.
(40-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-661-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/661/0011-son)
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa protsessual
huquqlardan ham foydalanadi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘zlariga berilgan barcha protsessual huquqlardan insofli
ravishda foydalanishi va o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi shart.
41-modda. Fuqarolik protsessual huquq layoqati
Barcha fuqarolar va tashkilotlarning fuqarolik protsessual huquq va majburiyatlarga ega
bo‘lish layoqati (huquq layoqati) teng ravishda e’tirof etiladi.
42-modda. Fuqarolik protsessual muomala layoqati


Sudda o‘z huquq va majburiyatlarini amalga oshirish layoqati voyaga yetgan fuqarolar va
tashkilotlarga tegishlidir.
Voyaga yetmagan, ya’ni yoshi o‘n to‘rtdan o‘n sakkizgacha bo‘lgan fuqarolarning, shuningdek
muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolarning huquqlari va qonun bilan
qo‘riqlanadigan manfaatlari sudda ularning ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar yoki homiylar
tomonidan himoya qilinadi. Ammo bu hol voyaga yetmaganlarni va muomala layoqati cheklangan
deb topilgan fuqarolarni bunday ishlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum qilmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ota-onalardan aliment undirish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha, shuningdek mehnat bilan bog‘liq
huquqiy munosabatlardan va olingan ish haqini yoki boshqa daromadni tasarruf etish bilan bog‘liq
bitimlardan kelib chiqadigan ishlar bo‘yicha voyaga yetmaganlar sudda o‘z huquqlari va qonun
bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini shaxsan himoya qilish huquqiga ega. Bunday ishlarda voyaga
yetmaganlarga yordam berish uchun ularning ota-onalarini, ularni farzandlikka olganlarni yoki
homiylarni jalb qilish to‘g‘risidagi masala sud tomonidan hal qilinadi.
(42-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 10-martdagi O‘RQ-608-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2020-y., 03/20/608/0278-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘n olti yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxs qonunchilikda belgilangan tartibda
muomalaga to‘la layoqatli deb e’lon qilingan (emansipatsiya) taqdirda, sudda o‘z huquqlari va
majburiyatlarini shaxsan amalga oshirishi mumkin.
(42-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan kichik yoshdagi bolalarning, shuningdek ruhiy holati buzilganligi
tufayli muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan
manfaatlarini sudda ularning qonuniy vakillari — ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar yoki
vasiylar himoya qiladi.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish