O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ishga daxldor bo‘lmagan javobgarni almashtirish



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/173
Sana21.06.2022
Hajmi0,85 Mb.
#687426
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   173
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

46-modda. Ishga daxldor bo‘lmagan javobgarni almashtirish
Sud da’vo bo‘yicha javob berishi lozim bo‘lmagan shaxsga nisbatan da’vo taqdim etilganligini
aniqlasa, hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar da’vogarning roziligi bilan ishga daxldor
bo‘lmagan javobgarni ishga daxldor javobgar bilan almashtirishga yo‘l qo‘yishi mumkin.
Agar da’vogar javobgarning boshqa shaxs bilan almashtirilishiga rozi bo‘lmasa, sud bu
shaxsni sherik javobgar sifatida ishga jalb etishi mumkin.
Ishga daxldor bo‘lmagan javobgarni almashtirish haqida sud ajrim chiqaradi.
Ishga daxldor bo‘lmagan javobgar almashtirilgandan so‘ng ishni ko‘rish boshidan
boshlanadi.
47-modda. Protsessual huquqiy vorislik
Nizoli yoki sudning hal qiluv qarori bilan aniqlangan huquqiy munosabatda taraflarning biri,
uchinchi shaxs yoki ularning qonuniy vakili chiqib ketgan taqdirda (fuqaroning o‘limi, yuridik
shaxsning qayta tashkil etilishi, boshqa shaxs foydasiga talabdan voz kechish, qarzning boshqa
shaxsga o‘tkazilishi va h.k.) sud bu shaxslarni ularning huquqiy vorislari bilan almashtirishga yo‘l
qo‘yadi.
Huquqiy vorislik fuqarolik sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida amalga oshirilishi
mumkin. Huquqiy vorisning sud protsessiga kirishganligi haqida ajrim chiqariladi.
Taraf huquqiy voris bilan almashtirilgandan so‘ng sud protsessi almashtirish amalga
oshirilgan bosqichdan davom ettiriladi.
Huquqiy voris sud protsessiga kirishguniga qadar amalga oshirilgan barcha harakatlar
huquqiy vorisga o‘rnini bo‘shatib bergan shaxsga qay darajada majburiy bo‘lgan bo‘lsa, huquqiy
vorisga ham shu darajada majburiydir. Huquqiy voris ishga doir barcha materiallar bilan
tanishishga haqli.
48-modda. Nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi
shaxslar
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar sud
tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar ishga kirishishi mumkin. Ular da’vogarning
barcha huquqlaridan foydalanadi va uning barcha majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi.
Agar nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar
ishga sud muhokamasi boshlanganidan so‘ng kirishgan bo‘lsa, ishni ko‘rish boshidan boshlanadi.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish