O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Sudning ajrimlari ustidan shikoyat qilish



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/173
Sana21.06.2022
Hajmi0,85 Mb.
#687426
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   173
Bog'liq
22.01.2018. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi

348-modda. Sudning ajrimlari ustidan shikoyat qilish
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq ish bo‘yicha
ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
39-bob. Hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlarni yuritish
349-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarori yuzasidan nizolashish


Hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga taalluqli
nizoga doir hal qiluv qarori yuzasidan ushbu qarorni olgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida
fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risida ariza
berish yo‘li bilan nizolashishi mumkin.
Hakamlik sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga taalluqli nizoga doir hal qiluv qarori
yuzasidan huquqlari va majburiyatlari haqida hakamlik sudi hal qiluv qarorini qabul qilgan, ishda
ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslar ham nizolashishi mumkin.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza hakamlik sudining hal qiluv
qarori qabul qilingan joydagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga beriladi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risida ariza berilganligi hakamlik sudi hal
qiluv qarorining ijrosi yuzasidan ish yuritishni fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan nizo bo‘yicha
ish yuritish tugallanguniga qadar to‘xtatib turadi.
350-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizaning
shakli va mazmuni
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza yozma shaklda, shu
jumladan elektron hujjat tarzida beriladi va hal qiluv qarori yuzasidan nizolashayotgan hakamlik
muhokamasi tarafi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizada quyidagilar ko‘rsatilgan
bo‘lishi kerak:
1) ariza berilayotgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning nomi;
2) nizolashilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlik sudining nomi va tarkibi, uning
joylashgan eri;
3) hakamlik muhokamasi taraflarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), yashash joyi yoki
turgan joyi (pochta manzili), shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan bo‘lsa, vakilning
familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi;
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana;
5) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etgan
hakamlik muhokamasi tarafi hakamlik sudining nizolashilayotgan hal qiluv qarorini olgan sana;
6) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi talab va mazkur qaror qanday
asoslar bo‘yicha nizolashilayotganligi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizada telefonlar, fakslar
raqamlari, elektron pochta manzillari va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilishi mumkin.
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
1) hakamlik sudi hal qiluv qarorining tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi. Doimiy faoliyat
ko‘rsatuvchi hakamlik sudi hal qiluv qarorining ko‘chirma nusxasi mazkur hakamlik sudining raisi
tomonidan tasdiqlanadi, muvaqqat hakamlik sudining hal qiluv qarori ko‘chirma nusxasidagi
hakamlik sudyasining imzosi notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak;
2) hakamlik bitimining tegishli tarzda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi;
3) hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi talabni asoslash uchun
taqdim etiladigan hujjatlar;
Oldingi
 tahrirga qarang.
4) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji va pochta xarajatlari to‘langanligini
tasdiqlovchi hujjat.
(350-moddaning to‘rtinchi qismi 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-
496-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza javobgarlar soniga qarab
ko‘chirma nusxalari bilan birga fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga beriladi, bundan elektron hujjat
tarzida yuboriladigan ariza mustasno.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza hakamlik
muhokamasi tarafining vakili tomonidan berilgan bo‘lsa, unga ishonchnoma yoki vakilning


vakolatlarini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi kerak.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeks 349-
moddasining 
birinchi
va 
uchinchi qismlarida 
nazarda tutilgan talablar, shuningdek ushbu modda
qoidalari buzilgan holda berilgan bo‘lsa, fuqarolik ishlari bo‘yicha sud ushbu Kodeksning 
194-
moddasida 
nazarda tutilgan qoidalarga binoan bunday arizani qabul qilishni rad etadi.

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish