Муслимов Н. А, Муллахмедов Р. Г.
Касб танлашга йўллаш. – Тошкент: ТДПУ, 2007. – Б.
136-138.
2
Бодров В. А.
Психология профессиональной пригодности. – Москва. Персей, 2001. – С.
511;
Власенко В. И.
Психофизиология: методологические принципы профессионального
психологического отбора. – Минск: БГМУ, 2005. – С. 244.
PEDAGOGIKA
2017, 3-son
30
2.
Muayyan bir kasbga yaroqlilik. Bunda odamga u yoki bu kasbiy sohada
faoliyat yuritishiga nisbatan qarshi kо‘rsatmalar ham, muvofiqlik tо‘g‘risidagi
tavsiyalar ham berilmaydi.
3.
Muayyan bir kasbga moslik. Inson muayyan kasbiy faoliyat bilan
shug‘ullanishida ba’zi kasbiy muhim xususiyatlarga ega bo‘ladi. Shu bilan birga u
boshqa kasblarda ham ma’lum yutuqlarga erishishi mumkin.
4.
Muayyan bir kasbga iste’dod. Bu insonning kasbga yaroqliligining yuqori
darajasi bо‘lib, о‘z tengdoshlari orasida ba’zi qobiliyatlari bilan ajralib turishi,
aynan shu qobiliyatlar tanlangan kasb uchun ahamiyatli bо‘lishidir.
Ta’kidlash joizki, insonning ma’lum bir tor mutaxassislikka umrbod yaroqli
yoki yaroqsiz ekanligini hal qilish juda qaltis masala hisoblanadi, chunki inson
hayoti davomida fiziologik va neyrologik jihatlardan shakllanadi va rivojlanadi.
Kasbiy yaroqlilik esa insonga butun umrga berilmaydi. Muayyan bir kasb-hunar
uchun zarur bо‘lgan qobiliyatlar aynan kasbiy faoliyat jarayonida rivojlanadi.
Inson turli sharoitlarga moslashib ketish, kasbiy adaptatsiya qobiliyatiga ega
bo‘lishi, shuning uchun deyarli har bir sog‘lom odam turli kasbiy faoliyatlarni
bajara olishi mumkin.
Ilk bor mazkur masala rus olimi I. P. Pavlovning ilmiy tadqiqotlarida qayd
etilgan bо‘lib, bunda odam nerv tizimidagi о‘zgarishlar bilan nutq о‘rtasidagi
bog‘liqlikka alohida ahamiyat qaratilgan. Inson oliy nerv faoliyatining
rivojlanishida hamda sifat о‘zgarishlarining sodir bо‘lishida, juda kо‘p reflektorli
bog‘lanishlar yuzaga kelishida nutq asosiy о‘rinni egallaydi. Tadqiqot natijalariga
asoslanib olim nutqni “ikkinchi signal tizimi” deb atab, uning birinchi signal
tizimidan yuqori turishini e’tirof etgan
1
. Odamning xulq-atvori esa har ikkala
signal sistemasi hamda pо‘stloq osti tuzilmalarining birgalashib ishlashi natijasi
hisoblanadi.
Kognitiv neyrologiya sohasida olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalariga
asoslanib, о‘quvchilarni kasb-hunarga yо‘naltirishdagi samarador yо‘l va
vositalardan biri – ularning nerv sistemasini, xususan, bosh miya
yarimsharlarining funksional tashkil etilishiga oid bо‘lgan individual tafovutlarini
inobatga olish kerak, deb hisoblash mumkin.
Xususan, S. M. Platek, J. P. Keyenan va T. K. Shakelfordlarning kognitiv
neyrologik bilimlar evolutsiyasini о‘rganishga oid ilmiy izlanishlarida tirik
organizm tomonidan qabul qilinayotgan ma’lumot avval (organizm tomonidan)
1
Qarang:
Бабушкин Е. Б.
ва б. Одам физиологияси. – Тошкент: Медицина, 1972. – Б. 626.
Do'stlaringiz bilan baham: |