PEDAGOGIKA
2017, 3-son
26
chiqyapti. Mazkur holatda о‘qituvchi ham xuddi jahl qilgandek fiziologik holatga
kirishi, ya’ni vaziyatga moslashishi talab etiladi. Ana shu sur’atda suhbatni
davom
ettirishi,
asta-sekinlik
bilan
о‘qituvchi
о‘z
psixik
holatini
mо‘tadillashtirishi zarur. О‘quvchi, о‘z navbatida, о‘qituvchining tinch holatiga
moslashadi va vaziyatga bosiqlik bilan yondashadi.
2.
Stereotiplarni bartaraf etish. Ma’lumki, hamma insonlar singari
о‘quvchi-yoshlarning miyasi ham doimiy va о‘zgarmas informatsiyalar bilan
ishlashga mо‘ljallangan. О‘zi istagan xatti-harakatni amalga oshirishga tо‘sqinlik
qilinishi esa ularda trans holatni yuzaga keltirib, ularning xulq-atvoriga samarali
ta’sir etish imkonini beradi. Mazkur holatda, ayniqsa, daxldorlik,
hamkechinmalik, keskinlik va bartaraf etishga yо‘naltirilgan pedagogik
vaziyatlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Daxldorlik vaziyatida о‘quvchi-
yoshlarni zamonamizning dolzarb muammolari bilan bevosita aloqadorligini
anglash, dunyoda yuz berayotgan voqea-hodisalarning hammasi uchun
mas’uliyatni his qilish zarurati tuyg‘usi tarkib topib, yon atrofdagi kishilar
kayfiyati va manfaatlarini sezish va ular bilan hisoblashish malakasini
rivojlantirish bilan bir qatorda bu vaziyatda о‘quvchi-yoshlarda ezgu maqsadga
erishish vositalari haqida tasavvur hosil qilinadi. Hamkechinmalik vaziyatida
о‘qituvchi о‘quvchi-yoshlarni qandaydir ma’naviy tubanlik bilan bog‘liq voqelik
bilan tо‘qnashtiradi. Mazkur holat emotsional (о‘quvchi-yosh u kishiga qanchalik
qiyin ekanini tasavvur qiladi), mantiqiy (vaziyatlarni hal qilishning eng yaxshi
yо‘llarini izlash), shuningdek, faoliyatli (о‘z munosabatini belgilash va shu
vaziyatda о‘z xulq-atvor yо‘nalishini belgilash) darajalarda rо‘y beradi. Keskinlik
vaziyati qandaydir uzoq muddat davomida shaxsning jiddiy ma’naviy-axloqiy his-
tuyg‘ularini faol tarzda tutib turishga qaratilgan bо‘lib, mazkur holat о‘quvchi-
yoshlarni axloqiy barqarorlikni namoyon etishga majbur qiladi. Faoliyat qancha
uzoq muddatli va keskin bо‘lsa, о‘quvchidan talab qilinadigan axloqiy
kо‘rinishlar barqarorligi shuncha yuqori bо‘ladi. Keyinroq ma’naviy-axloqiy
stereotiplarni bartaraf etish vaziyatidagi kо‘rinishlarga zarurat yuzaga keladi.
О‘quvchi-yoshlar о‘qituvchining jahl qilishi, an’anaviy aytiladigan fikrlarni
bildirishi, jiddiy ma’ruza qilishini kutadi, biroq о‘quvchi-yoshlardagi
stereotiplarni bartaraf etish uchun mazkur holatda ular kutmagan tarzda
sermulozamat bо‘lish, nostandart vaziyatlarni о‘rtaga tashlash, ma’ruza о‘qish
jarayonida hazil-mutoyibadan foydalanish talab etiladi.
3.
Buzg‘unchi mish-mishlarga qarshi kurash. Mazkur texnika profilaktik
tadbirlar sirasiga kirib, о‘quvchi-yoshlarni milliy ma’naviy merosimiz, milliy
qadriyatlarimiz va tarixiy shaxslarga nisbatan axborot xurujlaridan muhofaza
qilish imkonini beradi. Buning uchun о‘quvchi-yoshlar ongi va qalbiga kirib,
ularning islohotlarga ishonchini sо‘ndirish maqsadida tо‘qilgan mish-mishlar
о‘qituvchi tomonidan ilmiy asosda о‘rganilib, tizimlashtirilib, zararsizlantirilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |