Publisistik uslub
Publisistika- lotincha «ijtimoiy» so‘zidan olingan. Publisistika keng ma’noda
ijtimoiy-siyosiy hayot masalalarini yoritadigan barcha turdagi asarlarni o‘z ichiga
oladi. Bu uslubning ham ikki turi, ya’ni yozma va og‘zaki ko‘rinishlari mavjud.
Yozma turiga asosan matbuot tili kiradi. Publisistik uslub o‘zbek adabiy tilining nutq
uslublari tizimida, asosan XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida paydo bo‘lgan,
ya’ni 1883 - yilning boshlaridan, o‘zbek tilida ilk – “Turkiston viloyatining gazeti”,
“Oyna”, “Sadoi Turkiston” gazetalari chiqa boshladi. XX asr boshida esa nashriyot
va vaqtli matbuot ishlari doirasi yanada kengaydi. O‘zbek adiblari ijodida badiiy
publisistika keng o‘rin oldi.
14
II-bob. ADABIY TIL MEYORLARI
2.1. Adabiy til me’yorlarining shakllanishi va takomili.
Adabiy tilning tirik tirgagi adabiy me’yorlardir. Bu me’yorlar tildan
foydalanuvchilarning barchasi uchun majburiy bo‘lganligidan so‘zlovchi va
tinglovchi o‘rtasidagi axborot almashuv jarayonida til belgilarining to‘g‘ri, adekvat,
bir xil anglanishini ta’minlaydi.
Adabiy til “umumxalq tilining ishlangan, sayqal berilgan, normaga solingan,
xalqning turli madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi formasi” Taraqqiyot jarayonida
adabiy til o‘zgarib, takomillashib boradi. Masalan, Alisher Navoiy davridagi o‘zbek
adabiy tili hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilidan farq qiladi.
O’zbek xalq adabiy tilining shakllanishi o‘zbek xalqining buyuk mutafakkir
shoiri Alisher Navoiy nomi bilan bog‘liq. Navoiy “Xamsa”, “Xazoyinul maoniy”,
“Mahbubul qulub”, “Muhokamatul lug‘atayn” kabi asarlari bilan o‘zbek adabiyotini
yuksaklikka ko‘tardi va ayni paytda xuddi shu ulkan va bebaho ijodi bilan yagona
o‘zbek adabiy tiliga asos soldi. Alisher Navoiy hamma vaqt turkiy (o‘zbek) tilni
ulug‘ladi, uning boyligini o‘z ijodi bilan namoyon qildi, boyligiga boylik qo‘shdi.
Me’yor - jamiyat a’zolari tomonidan qabul qilingan, ma’qullangan va ularga
tushunarli bo‘lgan til birliklarining nutq jarayonida qo‘llanish holati va imkoniyatidir.
Til va nutq tizimida me’yor o‘ziga xos o‘rniga ega. Til material sifatida nutq
jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalardanoq uni me’yorlashtirish jamiyat
ehtiyojiga aylangan va me’yoriy muammolar kun tartibiga qo‘yilgan.
Jamiyat taraqqiyoti bilan baravar holda til va nutqdagi me’yoriy holatlarni
o‘rganish, tahlil qilishga ham ehtiyoj kuchayib borgan va bu muammolarni hal
qilishda xalqning maishiy, ma’naviy-ma’rifiy turmushi, ijtimoiy-falsafiy va estetik
dunyoqarashi, urf-odatlari singari qator omillar e’tiborga olingan. Til hodisalarini,
uning me’yoriy jihatlarini tadqiq etishda tilning milliy xususiyatlarini hisobga olish
maqsadga muvofiq.
Adabiy til me’yori nutqiy amaliyotdan olinadi va yana shu amaliyotni
boshqarishga xizmat qiladi. Til me’yorlari milliy til birligi, butunligining bosh
omillaridan hisoblanadi. Adabiy me’yorlarni mutlaqo o‘zgarmas, davrlar o‘tishi bilan
15
hech bir o‘zgarishga uchramaydi deb bo‘lmaydi. Me’yorlarni tamoman qotib qolgan
narsa deb tushunish to‘g‘ri emas. Adabiy til me’yorlari dinamik hodisa hamdir. Til
o‘zining ijtimoiy tabiatiga muvofiq jamiyat rivoji bilan bab-baravar takomillashib,
o‘zgarib, yanada mukammallashib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |