www.interfinance.uz
3
Dekret tokenlar yaratish, ularni almashtirish, saqlash, joylashtirish, sotib olish
hamda kriptobirjalar va kriptovalyutalar platformalari faoliyatiga doir hech qanday
chegaralashlar va mahsus talablarni nazarda tutmaydi. Yuqori texnologiyalar parkining
bildirishicha “
Jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan mayning faoliyati,
tokenlarni sotish, almashtirish hamda joylashtirish tadbirkorlik faoliyati deb
hisoblanmaydi va tokenlar deklaratsiya qilinmaydi. Mayning faoliyati, tokenlarni
yaratish, sotish va sotib olish esa 2023 yilgacha soliqqa tortilmaydi
”.
Ammo bu ish Belorussiyada elektr energiyaga bo’lgan ehtiyojni ancha oshiradi,
chunki mayning juda ham katta elektr energiyasini talab qiladi. Shuning uchun ham
mamlakatda nisbatan arzon elektr energiya ishlab chiqarishga imkon beradigan atom
elektr stantsiyalari qurilmoqda va yana yangilarini qurish rejalashtirilmoqda (
Buni
Rossiyaning “Atomstroyeksport” tashkiloti amalga oshirmoqda
.
Natijada 2019-2020
yillarga kelib atigi ikkita energoblok mamlakatga 2Gvt arzon atom elektr energiyasi
ishlab chiqarib beradi
). Rossiya prezidenti ham 2018 yil 1 iyuligacha kriptovalyutalar
aylanmasi va
ICO
haqidagi qonunlani ishlab chiqishga topshiriq bergan. Chunki
Rossiyada ham kriptovalyutalar bozorida ishlovchilar soni borgan sari oshib bormoqda
[3].
2017 yilning dekabr oyi boshida Venesuela prezidenti Nikolas Maduro ham
mamlakatda 100 mln
ElPetro
kriptovalyutasini chiqarish haqida topshiriq bergan.
Ushbu kriptovalyuta mamlakatda chiqarilayotgan neft bilan ta’minlanadi – ya’ni
1
ElPetro
1 barrel neft narxiga teng bo’ladi. Mamlakat rahbarining fikricha,
ElPetro
Venesuelaning “
pul suvereniteti
” ni ta’minlab berishi va pul oqimi hamda
investitsitsiyalarni ko’paytirishi kerak. Boshqa barcha kriptovalyutalardan farqli
o’laroq, bu kriptovalyuta Venesuelaning
Ayakucho
neft konidagi 5 milliard barrel neft
bilan ta’minlanadi. Agarda kriptovalyuta loyihasi muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, har bir
kriptovalyuta egasi bir barrel (
yoki bir bochqa
) neft egasi bo’ladi.
Hozirgi narxlarda bu 60 dollar degani. Ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarga
ko’ra, 2018 yil 20 fevralda sotuvga chiqarilgan bu kriptovalyuta birinchi kunning
o’zidayoq 735 mln dollarlik miqdorda sotildi, bir hafta ichida esa bu miqdor 1 milliard
dollarga
yetdi.
Muvaffaqiyatdan
ruhlangan
loyihachilar
endi
PetroGold
kriptovalyutasini chiqarishni rejalashtirayptilar – bu kriptovalyuta esa oltin bilan
ta’minlanadi. Agarda loyiha muvaffaqiyatli amalga oshsa,
Do'stlaringiz bilan baham: |