16-MA’RUZA.
MAVZU: KONDENSATLARNING FIZIK
XOSSALARI VA TARKIBI.
REJA:
1.
Kreg tenglamasi.
2.
Xresh tenglamasi.
3.
Kondensatlarni tadqiq qilish natijalari.
Tayanch iboralar:
Kats va
Stending grafoanalitik usuli, xiralanish jarayoni, yorug'lik sindirish
koeffitsienti.
Kondensatlar qanday
holatda ekanligiga qarab, beqaror va
barqaror
kondensatlarga bo'linadi. Beqaror kondensat - qatlamdagi yoki kondensatlarni
ajratib oladigan asbob - uskunalargacha bo'lgan
harakatdagi gazlarda erigan
kondensatlarga aytiladi. Barqaror kondensatlar deb, maxsus kondensat ajratib
oluvchi asbob-uskunalarda ajratib olingan tayyor holdagi mahsulotga aytiladi.
Har qanday suyuqlik kabi kondensatlar ham ma'lum fizik xossalarga egadir.
Bulardan
asosiylari zichlik, qovushqoqlik va molekulyar massa. Moddaning
zichligi deb tinch holatdagi bir hajm birlikdagi massasiga aytiladi:
ρ =m/V kg/m
3
, g/sm
3
Kondensatlarning zichligi haqida so'z yuritilganda, odatda ko'proq barqaror
kondensat ko'zda tutiladi. Chunki beqaror kondensatlardagi zichlik doimo o'zgarib
turadi. Barqaror kondensatning (C
5+l0
) zichligini bevosita areometr orqali o'lchab
aniqlash mumkin. C
5+yu
degan ifoda o'z ichiga pentan (C
5
)
va undan yuqori bo'lgan
eng yengil suyuq karbonsuvchillar yig'indisini oladi.
Shuningdek, kondensat zichligini maxsus hisoblashlar orqali ham aniqlash
mumkin. Buning uchun kondensatning tarkibi,
molekulyar massasi
M
k
yoki
yorug'lik sindirish koeffitsienti
n
d
ma'lum bo'lganda Kreg tenglamasi orqali
aniqlanadi:
ρ
C5+yu
= 1,03 M
k
/ (M
k
+44,29)
g/sm
3
ρ
C5+yu
= 1.90646 n
d
- 1,96283, g/sm
3
Kondensat molekulyar massasini Xresh tenglamasi orqali aniqlash mumkin:
lg M
C5+yu
= 1,939436+ 0,0019764t
K
+ lg (2,1500- n
d
)
Kondensatlarni tadqiq qilish natijalari
Kondensatlami tajriba xonasida har xil usullar bilan tadqiq qilish mumkin.
Bu tadqiqotlar natijasida kondensatning asosiy fizik xossalari bilan bir qatorda
uning qaynash harorati,
qotish harorati, undan karbonsuvchillarni ajralib chiqishi
va h.k. larni aniqlash mumkin.
Tadqiqotlar maxsus tajriba asbob-uskunalarida olib boriladi. Bu tadqiqotlarda
kondensat harorati asta-sekin pasaytirilib yoki oshirilib boriladi va shu jarayonida
kondensatda bo’layotgan o'zgarishlar qayd qilib boriladi.
Suyuq karbonsuvchillarning dinamik qovushqoqligini harorat va molekulyar
massaga bog’liqligi
Xiralanish boshlangan harorat kondensatniiig xiralanish harorati deyiladi.
Odatda
xiralanish
jarayoni
kondensat
tarkibidan
kristalsimon
parafin
moddalarining ajralib chiqishidan boshlanadi.
Parafin-serezin moddalarining ko'plab ajralib chiqishi kondensat tarkibida
kristallanish holatiga olib keladi. Sekin - asta kondensat
tarkibida kristallar
ko'payib, oxiri qotish holatiga yetib keladi.
Kondensatning kristallanish boshlangan harorati uning krisiallanish harorati
deb, kondensatning qotish boshlangan harorati esa kondensat qotish harorati
deyiladi.
Xuddi
shuningdek, kondensat harorati oshganda qaynash boshlangan
harorati kondensatning qaynash harorati deyiladi.