- 89 -
14- MA’RUZA
ISSIQLIK IZOLYATSIYA VA AKUSTIK MATERIALLARINING ASOSIY
XOSSALARI. NOORGANIK VA ORGANIK ISSIQLIK IZOLYATSIYA
MATERIALLARI
Reja:
1.
Umumiy ma’lumotlar
2.
Issiqlik izolyasiyasi materiallarining asosiy xossalari.
1.
Umumiy ma’lumotlar
Issiqlik izolyasiyasi materiallari turar joy va madaniy-maishiy binolarni, texnologik
uskunalarni,
quvurlarni, sovutish va isitish xonalari va jixozlarini issiqlik va sovuqlik ta’siridan
izolyasiyalashda ishlatiladi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,175 Vt/(m
.0
S) dan yuqori
bo‘lmagan (25
0
S haroratda) qurilish materiallari issiqlik izolyasiyasi materiallari deyiladi.
Bino va konstruksiyalarni issiqlik izolyasiyasi katta miqdordagi issiqlik energiyasini tejaydi.
Bundan tashqari bino devorlari qalinligi, konstruksiyalarning xususiy massasi ham mutanosib
ravishda kamayadi.Qurilish tizimida 1t samarali issiqlik izolyasiyasi materiallarini ishlatish 200t
atrofida shartli Yoqilg‘ini tejashi mumkin. Issiqlik va sovuqlik agregatlarini izolyasiyalash issiqlik
va sovuqlikni Yo‘qotilishini 20-50% kamaytiradi.
Binoning tashqi devorini issiqlik izolyasiyasi uchun 1 m
2
ga 0,64 m
3
pishiq g‘isht Yoki 0,32
m
3
keramzit betoni, 0,14 m
3
fibrolit, 0,1 m
3
mineral paxta plitalari va 0,04m
3
poroplastlar
talab
etiladi. Issiqlik va sovuqdan izolyasiyalash, ayniqsa, quruq issiq iqlim sharoitli Markaziy Osiyo,
xususan O‘zbekiston xududida katta ahamiyatga egadir. CHunki, Yozning jazirama kunlarida havo
harorati 42-48
0
S atrofida, qishda esa- 20-30
0
S haroratgacha sovuq bo‘lishi bino, konstruksiyalar va
agregatlarni samarali va ishonchli issiqlik izolyasiyasi materiallari bilan izolyasiyalashni taqazo
etadi.
Issiqlik izolyasiyasi kompozitsion materiallarni
ilmiy-tadqiqot etishda, ishlab chiqarish
texnologiyalarini yaratishda A.I.Jilin, V.A.Kitaysev, K.E.Goryaynev, YU.P. Gorlov, A,P. Merkin
va boshqalar katta hissa qo‘shdilar.
Issiqlik izolyasiyasi materiallari asosiy xom ashyoning turi,
strukturasi, shakli, bog‘lovchining
mavjudligi, Yonuvchanligi, o‘rtacha zichligi va issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti bo‘yicha
klassifikatsiyalanadi.
Asosiy xom ashyoning turiga nisbatan issiqlik izolyasiyasi materiallari quyidagicha
klassifikatsiyalanadi: mineral xom ashyo (tog‘ jinslari, shlak, kullar, shisha, asbest)
asosida
olinadigan noorganik materiallar; organik xom ashyo (Yog‘och chiqindilari, lignin, polimerlar va
boshq.) asosida olinadigan organik materiallar.
Strukturasi bo‘yicha issiqlik izolyasiyasi materiallari tolali (mineral tolali, Yog‘och tolali), donador
(perlit,
vermikulit, shisha va plastmassa sferalari), g‘ovak (ko‘pikplast, ko‘pikshisha, yacheykali
betonlar) materiallarga bo‘linadi.
SHakli va tashqi ko‘rinishiga nisbatan issiqlik izolyasiyasi materiallari donali qattiq (plita, qobiq,
segment, g‘isht, silindr) va egiluvchan (mato, shnur, eshilgan bog‘liqlar, polimer tolalar), yumshoq
(paxta, jun, qamish momig‘i, nitron tolali paxta) va sochiluvchan (perlit, vermikulit) materiallarga
bo‘linadi.
O‘rtacha zichligi bo‘yicha issiqlik izolyasiyasi materiallari (kg/m
3
): D 15, D25, D35, D50,
D100, D125, D150, D175, D200, D250, D300, D400, D500, D600 markalarga bo‘linadi.
Bikrligiga nisbatan issiqlik izolyasiyasi materiallari yumshoq (M) (mineral va shisha paxta, bazalt
tolali paxta), yarim bikr (P) (shisha tolali plitalar, polimer shtapellar), bikr (J) (mineral
paxta
plitalari), yuqori bikr (PJ), qattiq (T) materiallar bo‘ladi.
Issiqlik o‘tkazuvchanlik bo‘yicha issiqlik izolyasiyasi materiallari quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
A-issiqlik o‘tkazuvchanligi past-0,06 Vt/(m
.0
S) gacha, B-issiqlik o‘tkazuvchanligi o‘rtacha-0,06-
0,115 Vt/(m
.0
S)gacha.
- 90 -
Ishlatish sohasiga nisbatan issiqlik izolyasiyasi materiallari qurilish konstruksiyalarni (binolar)
izolyasiyalash, sanoat asbobuskunalari va truboprovodlarni izolyasiyalash materiallariga bo‘linadi.
Yonuvchanligiga qarab issiqlik izolyasiyasi materiallari Yonmaydigan, qiyin Yonadigan va
Yonadigan materiallarga bo‘linadi.
Qurilish materiallarini hisoblash uchun issiqlik o‘tkazuvchanligi “Qurilish issiqlik
texnikasi”qurilish me’Yorlari va qoidalar (QMQ) ilovasi asosida Yoki tajribalar natijasiga ko‘ra
turli asboblar Yordamida o‘lchab aniqlanadi. Materialning qalinligi (d) va issiq o‘tkazuvchanlik
koeffitsienti ( ) ma’lum bo‘lsa, to‘suvchi buyum va konstruksiyalarning termik qarshiligini (R)
aniqlash mumkin.
Issiqlik izolyasiyasi materiallari tayyorlashda quyidagi usullarda g‘ovaklik hosil qiladi: gaz ajratib
va ko‘pirtirilib; ko‘p miqdorda suv kiritilib va bug‘latib; Yonishi natijasida g‘ovak hosil qiluvchi
qo‘shimchalar kiritib; tolasimon karkas hosil qilish va boshqalar. Material strukturasini tashkil
etuvchi devorlar qanchalik yupqa va g‘ovaklar mayda bo‘lsa, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti
shunchalik kam bo‘ladi.
Material strukturasida Yopiq g‘ovaklarning ko‘p bo‘lishi, ochiq g‘ovaklar
va kanallarning kam
bo‘lishi issiqlik izolyasiyalash xususiyatini yaxshilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: