Qurilish materiallari va buyumlari


Bitumlarni modifikatsiyalash



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/119
Sana20.06.2022
Hajmi2,2 Mb.
#680245
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   119
Bog'liq
2 5199583182013337775

Bitumlarni modifikatsiyalash.
Bitum asosidagi kompozitsion qurilish materiallarning 
xossalarini yaxshilash uchun ularni turli polimerlar bilan modifikatsiyalash kerak. Bunda bitum 
matritsa vazifasini, polimer esa dispers faza vazifasini o‘taydi. Polimer bitum tarkibiga oz miqdorda 
(2-4%, hajm bo‘yicha) kiritilsa, dispers mustahkamlangan kompozitsiya, ko‘p miqdorda qo‘shilsa, 
kompozitsiyani tolali va smolasimon tizim deb qarash mumkin.
Modifikatsiyalangan bitum kompozitsiyalari yuqori mustahkamlik, elastiklik, Yoriqlar hosil 
bo‘lishiga bardoshlilik, kimyoviy muhitlarga chidamlilik xossalariga ega bo‘ladi. Bitumlar 
butilkauchuk, polietilen, polipropilen, termoreaktiv polimerlar va sh.k. bilan modifikatsiyalanadi.
Polimerbitumli bog‘lovchilar mastikalar, germetiklar, tombop va gidroizolyasiya asosli va asosli 
o‘rama materiallar, asfaltpolimerli betonlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
 
 


- 84 - 
13- MA’RUZA 
LOK VA BO`YOQ MATERIALLARNING ASOSIY XOSSALARI. 
SEMENTLI, OHAKLI, SILIKATLI VA YELIMLI BO`YOQLAR
Reja: 
 
1.
Umumiy ma’lumotlar.
2.
Bo‘Yoq tarkiblar klassifikatsiyasi va asosiy xossalari
3.
Bo‘Yoq tarkiblarining komponentlari
 
1.
Umumiy ma’lumotlar 
Lok-bo‘Yoq materiallar bino va inshootlar qurilishida ularni bezash va atmosfera, agressiv 
muhitlaridan himoyalash maqsadida ishlatiladi.
Respublikamiz hududida joylashgan arxitektura Yodgorliklari qurilgan vaqtda ichki va tashqi 
tomondan lok-bo‘Yoq tarkiblar bilan bezak berilgan. Ushbu bo‘Yoq tarkiblari asosan tabiiy 
moylardan, pigmentlar va bo‘Yoq xossalarini yaxshilovchi komponentlardan tashkil topgan.
Tabiiy bog‘lovchilar zig‘ir, kanop, masqar va shu kabi o‘simliklar moyini qaynatib, maxsus 
ishlov berilib tayyorlangan va ularni qurishini tezlatish uchun maxsus eritmalardan foydalanilgan.
Bo‘Yoq tarkiblariga rang beruvchi pigmentlar tabiiy toshlar, giltuproq, tuzlar va minerallarga ishlov 
berib tayyorlangan va shu sababli ular obhavo, quYosh nuri ta’siriga chidamli bo‘lgan.
Bo‘Yoqlar sifatini oshirish maqsadida tarkibiga turli organik Yog‘lar, sut zardobi, o‘simliklar 
qaynatmalari, quritilgan hashoratlar talqoni va boshqalar aralashtirilgan. Arxitektura obidalari bezak 
qatlamining bir necha yuz yillar davomida sifatini Yo‘qotmasligi sababi aynan lok-bo‘Yoqlar 
tarkibining tabiiyligidadir.
Samarqand shahri yaqinidagi AfrOsiyob antik shahri binolari qoldiqlari devorlariga 
chizilgan rasmlarning bir necha ming yillar davomida saqlangani yuqorida aytilgan fikrlarni 
tasdiqlaydi.
Butun dunYoda lok-bo‘Yoq materiallar turlarini ko‘paytirish, ishlab chiqarish hajmini 
oshirish, sifatini yaxshilash sohasida ilmiy-amaliy ishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, namlik va 
haroratning o‘zgarishi ta’siriga bardoshli, bino va inshootlarning fasadlarini bezashda ishlatiladigan 
bo‘Yoq tarkiblarini yaratish asosiy muammolardan hisoblanadi. Bezak ishlarini olib borishda 
bo‘Yoq tarkiblarining tannarxi 80% tashkil etadi. Fasad bo‘Yoqlariga odatda havoni to‘la Yoki 
qisman o‘tkazish, ob-havo sharoitiga va nurga chidamlilik talab qilinadi.
Yig‘ma va monolit temirbeton binolar fasadlarini bezashda oq va rangli sementlar va 
ohaktosh, granit, marmar, rangli shisha kukuni va shu kabi kukun to‘ldirgichlar asosida 
tayyorlangan bo‘Yoq tarkiblarini ishlatish samaralidir. Bo‘Yoq tarkiblarining asosga nisbatan 
yuqori darajada Yopishishi (adgeziyasi) bezak qatlamining uzoq muddat xizmat qilishiga kafolat 
beradi.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish