Qurilish materiallari va buyumlari



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/119
Sana20.06.2022
Hajmi2,2 Mb.
#680245
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   119
Bog'liq
2 5199583182013337775

 
 


- 74 - 
11- MA’RUZA 
GIPS ASOSIDAGI BUYUMLAR. ASBESTSEMENT BUYUMLAR. BITUM 
VA QATRON BOG`LOVCHILARINING ASOSIY XOSSALARI
Reja: 
 
1.
Gips asosidagi buyumlar.
2.
Poydevor uchun plitalar va panellar
3.
Asbestsement buyumlar.
4.
Magnezial bog‘lovchilar asosidagi buyumlar
5.
Akvapanel – sementli plitalar.
 Gips asosidagi buyumlar
Gips bog‘lovchisi ishlab chiqarish xom ashyo zahirasining bitmastuganmasligi va 
energiyani boshqa turdagi bog‘lovchi moddalarga nisbatan kam talab qilishi, buyumlar tayyorlash 
siklining qisqaligi gips asosida yirik o‘lchamli yig‘ma elementlar olishga imkon beradi. Gips 
asosida tayyorlangan buyumlarning o‘rtacha zichligi kam bo‘lgan holda, etarli mustahkamlikka, 
issiqlik va tovush izolyasiyasi xususiyatlariga ega bo‘ladi. Gips bog‘lovchisining oq rangda 
bo‘lishi, tarkibiga pigmentlar kiritib istalgan rangdagi buyumlar olishga imkon yaratadi. Gips 
buyumlarni oson arralash, teshish, qoqish va boshqa mexanik ishlov berish mumkin. Gips 
buyumlarning eng afzal xususiyatidan biri uning ekologik tozaligi va inson organizmiga 
beziYonligidir.
Gips asosidagi buyumlarning asosiy kamchiliklariga suv muhitiga chidamsizligi, nam 
ta’sirida kuch ostida vaqt bo‘yicha plastik deformatsiyaning me’Yordan oshib ketishi kabilar kiradi, 
shu sababli ularni bino va inshootlarning nam tegmaydigan qismlarida ishlatish maqsadga 
muvofiqdir.
Gips buyumlar xossalarini yaxshilash uchun tarkibiga mineral va organik mayda va yirik 
to‘ldirgichlar qo‘shiladi.
Gips buyumlar gips va gipsbeton asosida tayyorlanadi.
Gips betonlar gips bog‘lovchisi va g‘ovak mineral to‘ldirgichlar va yengil organik to‘ldirgichlar 
asosida tayyorlanadi.
Mineral to‘ldirgich sifatida Yoqilg‘i va domna shlaklari, tuf va pemza chaqiq toshlari, 
chig‘anoqli ohaktosh, keramzit, perlit va boshqalar, organik to‘ldirgich sifatida esa qipiq, 
maydalangan poxol, qamish, makulatura va boshqalar ishlatiladi.
Gips buyumlar tarkibiga to‘ldirgichlarni kiritish mustahkamlikni pasaytiradi; 
mustahkamlikni oshirish maqsadida gips qorishmasi tarkibidagi suv miqdorini kamaytirish uchun 
titratish, presslash, vibropresslash kabi usullar qo‘llaniladi.
Gips va gipsbeton buyumlar ishlab chiqarishda yuqori markadagi gipslar va gipsshlaki, 
gipssementputssolanli murakkab tarkibdagi bog‘lovchilar ishlatiladi. Murakkab bog‘lovchilar 
asosidagi buyumlar yuqori mustahkamlikka, namlik muhitiga chidamlilikka ega bo‘ladi.
Gips va gipsbeton buyumlar ishlatilish soxasiga nisbatan quyidagi turlarga bo‘linadi: pardadevorlar 
uchun plita va panellar; Yopma buyumlar; devorlarni qoplash uchun listlar (gipsli quruq suvoq); 
devor toshlari va bloklari; issiqlik izolyasiyasi buyumlari; arxitektura-bezak qismlari (karnizlar, 
muqarnaslar, plafonlar, o‘ymakorlik buyumlari va boshq.).

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish