Qurilish materiallari va buyumlari


 Polimer buyumlarga ishlov berishning asosiy usullari



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/119
Sana20.06.2022
Hajmi2,2 Mb.
#680245
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   119
Bog'liq
2 5199583182013337775

 
2. Polimer buyumlarga ishlov berishning asosiy usullari
Valsovkalash 
usulida plastmassa bir-biriga qarama-qarshi aylanadigan valiklar orasidagi 
tirqichdan siqilib o‘tish hisobiga shakllanadi (11.1-rasm). Ishlov berilaYotgan massa 2 valiklar 1 va 
3 orasidagi tirqichdan bir necha marta o‘tkaziladi va yaxshilab aralashtiriladi, keyin bitta valikga 
o‘tkaziladi va pichoq 4 Yordamida kesiladi.
26.1-rasm. Valsovkalash sxemasi 
a) massa quyish; b) valsovkalash; v) massani bir valikka o‘tkazish; g) massani kesish. 
Uzluksiz valsovkalash jarayonida massa tirqich orasidan siqilib o‘tishidan tashqari valiklar 
bo‘ylab ham Yoyiladi. SHuning uchun jarayon oxirida ortiqcha massa ikki tomondan pichoq 
Yordamida kesib olinadi. Bu usulda plastmassa komponentlari ezilishi tufayli maydalanadi, 
polimer, kukun to‘ldirgich va boshqa modifikatorlar yanada mayin aralashadi, hosil bo‘lgan harorat 
ta’sirida plastiklik ortadi. Plastmassa yuzasiga ishlov berishga mo‘ljallangan oxirgi valik yuzasi 
silliqlangan va polirovkalangan bo‘lishi kerak. Plastmassalarga issiqlik bilan ishlov berilishi zarur 
bo‘lsa, valiklar bug‘ Yoki elektr isitkich (tenlar) vositasida qizdiriladi.
Kalandrlash 
usulida plastmassa berilgan qalinlikda va kenglikda yumshatilgan polimer 
qorishmani valiklar orasidagi tirqichdan to‘xtovsiz o‘tkazib lenta shaklida tayyorlanadi.
Valiklar soniga ko‘ra kalandrlar ikki, uch, to‘rt, va besh valikli bo‘ladi. Valiklar vertikal, gorizontal 
G-shaklida, L-shaklida va Z shaklida bo‘lishi mumkin. To‘rt valikli kalandrning ishlash sxemasi 
26.2-rasmda berilgan.
26.2-rasm. To‘rt valikli kalandrning ishlash sxemasi:
a) G-shaklidagi kalandr; b) Z-shaklida kalandr. 
Kalandr konstruksiyasi ishlov beriladigan plastiklik massaning xiliga qarab (rezina Yoki 
termoplastlar) tanlanadi. Mahsulot yuzasi tekis bo‘lishi uchun ishchi valiklar yuzasi jilolanadi va 
polirovkalanadi.
Kalandr valiklari bug‘ Yoki elektr toki Yordamida isitilishi mumkin.
Ekstruziya
usulida polimer materiallar qizdirilgan massani munshtuk (shakl beruvchi 
teshik) orqali siqib chiqarib shakl berib tayyorlanadi.
Ekstruziya usulida profilli uzun o‘lchamli (pogonaj) quvurlar, listlar, plenkalar, linoleumlar, 
poroizollar va boshqa qurilish materiallari va buyumlar ishlab chiqariladi. Bu usulda diametri F 5-
20 mm quvurlar, eni 0,3-1,5 m li plenka va listlar va boshqa o‘lchamdagi buyumlar tayyorlash 
mumkin. Ekstruziya mashinalari ikki turda bo‘ladi: shnekli (bir va bir necha) va bosim ostida 
ishlaydigan shprits ekstruderlar.
SHnekli Yoki chervyakli ekstruderlar plastmassa ishlab chiqarishda keng tarqalgan (26.3-
rasm). Ekstruziya mashinalarining ishchi organi vint Yoki chervyak bo‘lib, plastik massani 
sinchiklab aralashtiriladi va vint harakati natijasida bosim ostida munshtukdan siqib chiqarib, shakl 


- 71 - 
beradi. Plastmassa hom ashyosi ekstruderga granula, biser Yoki kukun ko‘rinishida solinadi va 
mashina tashqi qobig‘i ichiga o‘rnatilgan maxsus isitkichlar Yordamida qizdirib yumshatiladi.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish