Qurilish materiallari va buyumlari



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/119
Sana20.06.2022
Hajmi2,2 Mb.
#680245
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   119
Bog'liq
2 5199583182013337775

 
 
QURILISH KOMPAZITSION POLIMER TURLARI 
1. 
Polimer buyumlarning turlari.
2. 
Polimer pardozlash-bezak materiallari.
3. 
Polbop polimer materiallar.
4. 
Pogonaj va sanitariya-texnika buyumlari.
1.
Polimer buyumlarning turlari
Konstruksion va to‘siq materiallari. Konstruksion material sifatida dispers tolasimon 
armaturalar bilan kuchaytirilgan shishaplastiklar, Yog‘ochqatlamli plastiklar, sotoplastlar, organik 
shisha, viniplast listlar, polimer qorishmalar, polimerbetonlar va boshqalar ishlatiladi.
SHishaplastiklar kompozitsion listli material bo‘lib, shisha tolali to‘ldirgich va polimer 
bog‘lovchilar asosida olinadi. Listli asos sifatida shisha tolali to‘qima va noto‘qima matolar 
ishlatilishi mumkin. SHishaplastiklar olishda bog‘lovchi sifatida fenol-formaldegid, poliefir va 
epoksid polimerlari ishlatiladi.
SHishaplastiklar shisha tolali to‘ldirgichning turi va joylashishiga nisbatan uchta asosiy guruhga 
bo‘linadi: shisha tolali anizatrop material (SVAM), qirqilgan tola asosida olingan shisha plastik va 
shisha mato asosida tayyorlanadigan shishaplastik (shisha tekstolit).
SHisha tolali anizatrop material (SVAM) shisha shpon listlar paketini issiq holda presslab 
tayyorlanadi. SHisha shpon-bir tomongan Yo‘naltirilgan shisha iplarni epoksid-fenol polimerlari 
asosida kompozitsiyalar bilan elimlab Yopishtirilgan yupqa matodir. SVAM odatda uzunligi 1000 
mm gacha, eni 500 mm gacha va qalinligi 1-30 mm bo‘ladi.
Uning zichligi 1,8-2 g/sm3, cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi 1000 MPa gacha 
bo‘lishi mumkin. SVAM kimyoviy va biologik aktiv muhitlarga bardoshli materialdir. SVAM 
shishaplastik materiallar osma panellar, fazoviy Yopma konstruksiyalar, quvurlar, yirik hajmdagi 
idishlar tayyorlashda ishlatiladi.
Qirqma shisha tolali shishaplastiklar yassi va to‘lqinsimon ko‘rinishda bo‘lib, poliefir 
polimerlari asosida ishlab chiqariladi. SHishaplastiklar uzunligi 1000-6000 mm, eni 1500 mm 
gacha va qalinligi 11,5 mm bo‘ladi. Ularning o‘rtacha zichligi 1400 kg/m3, cho‘zilishdagi 
mustahkamlik chegarasi kamida 60 MPa, siqilishda kamida 90 MPa, egilishda kamida 130 MPa, 
Yorug‘lik o‘tkazishdagi shaffofligi 50-85% bo‘ladi.
Qirqma shisha tolali poliefir shishaplastiklar Yorug‘lik o‘tkazadigan to‘sish fonarlari, 
shaffof to‘siqlar tayyorlashda, yarim shaffof to‘lqinsimon shishaplastiklar esa pavilionlar, 
soyabonlar va boshqa yengil konstruksiyali binolar tomini qurish uchun ishlatiladi.
SHisha tekstolit shisha matoni termoreaktiv polimerda shimdirib issiq holatda presslab olinadi. 
Polimer bog‘lovchi sifatida fenolformaldegid smolasi ishlatiladi. SHisha tekstolit uzunligi 2400 
mm, eni 600-1200 mm, qalinligi 1-7 mm listlar va uzunligi 2400 mm, eni 7001000 mm va qalinligi 
9-35 mm plitalar ko‘rinishida ishlab chiqariladi. SHisha tekstolitning o‘rtacha zichligi 1800 kg/m3, 
cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi 230 MPa, siqilishda 95 MPa va egilishda 120 MPa. SHisha 
tekstolitlar issiqlik va kimyoviy muhitlar ta’siriga bardoshli, suvga chidamli bo‘ladi. Ular asosida 
oyna va eshik bloklari, furniturlar, sanitariya-texnika buyumlari, uch qatlamli panellar, qobiqlar, 
tombop to‘lqinsimon buyumlar tayyorlanadi.
YOg‘och qatlamli plastiklar Yog‘och shponlarni fenolformaldegid (amino-aldegid va boshq) 
polimeriga shimdirib, paket issiq holatida presslab tayyorlanadi. Ularning uzunligi 5600 mm, eni 
950-1200 mm va qalinligi 12 mm bo‘ladi. O‘rtacha zichligi kamida 1300 kg/m3. YOg‘och qatlamli 
plastiklar (DSP-V-700 va DSP-V) yuqori mustahkamlikka, zarbiy qovushoqlikka ega. Material 
yuzasi silliq, sariq-jigar rangli, Yog‘och teksturasi yaxshi ko‘rinadigan, biroz yaltiroq. Ularga 
mexanik ishlov berish (arralash, parmalash, mix va shuruplar o‘tkazish va sh.k.) oson kechadi. 
YOg‘och qatlamli plastiklar devor va pardadevorlarni qoplash, turarjoy va madaniy-maishiy binolar 
shiplarini bezatish uchun konstruksion material sifatida ishlatiladi.


- 72 - 
Qoplama polistirol plitkalar kvadrat Yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi yassi va orqa 
tomoni taram-taram bo‘lgan yupqa materialdir. Kompozitsiya tarkibida polistirol bog‘lovchidan 
tashqari kukun to‘ldirgich (talk, kaolin va boshq.), pigment va zarurat bo‘lsa, modifikatsiyalovchi 
qo‘shimchalar bo‘ladi. Plitkalar to‘la avtomatlashtirilgan mashinalarda quyma usulda tayyorlanadi. 
Plitka qalinligi 1,25-1,5 mm, 1 m3 plitka massasi 1,5-1,7 kg. Asosga plitkalar polimerli Yoki 
kauchukli mastikalar bilan elimlanadi.
Plitkalar gigiena talablariga javob beradi, suvga va kimyoviy muhitlarga chidamli,turli ranglarda 
bo‘ladi. Ular sanitariya xonalari, savdo-sotiq binolari va sh.k.larning devorlarini qoplashda 
ishlatiladi. Plitkalarning asosiy kamchiligi Yonuvchanligi bo‘lib, olov markaziga yaqin joylarda 
ishlatishga ruxsat berilmaydi.
Organik shisha (polimetilmetakrilat) shaffof, mustahkam, Yorug‘likka chidamli yengil 
konstruksion polimer material.
Organik shisha uzunligi 1350 mm gacha, eni 1250 mm gacha va qalinligi 22,3 mm listlar 
sifatida ishlab chiqariladi. U shaffof to‘siqlar, pardevorlar, jamoat va sanoat binolarining ustki 
Yorug‘lik fonarlari qurilishida ishlatiladi.
Polimerbetonlar kompozitsion material bo‘lib, polimer bog‘lovchi, kukun, mayda va yirik 
to‘ldirgichlar, qoturuvchi va turli modifikatorlar aralashmasi qotishidan hosil bo‘ladi.
Bog‘lovchi sifati asosan termoreaktiv polimerlar- fenolformaldegidlar, epoksidlar, poliefirlar, 
furanlar, karbamidformaldegidlar ishlatiladi. Termoplastlardan metilmetakrilatlar, stirol polimeri va 
boshqalar polimerbetonlar uchun bog‘lovchi sifatida qo‘llanilishi mumkin. To‘ldirgichlar 
polimerbetonlarning ishlatilish muhitiga qarab tanlanadi. Polimerbeton kislotali muhitda ishlatilishi 
mo‘ljallangan bo‘lsa kislotaga chidamli to‘ldirgichlar-kvars, bazalt, granit qumi va kvarsit chaqiq 
toshi, kislotaga chidamli g‘ishtning maydasi va sh.k. ishlatiladi. Aksincha, ishqoriy muhitda 
qotadigan atseton-formaldegid polimeri va epoksid smolasi tarkibiga kalsit, dolomit va boshqa 
ishqoriy toshlar asosida olingan to‘ldirgichlarni kiritish mumkin. Polimerbetonlar optimal 
strukturasi hosil bo‘lishida kukun to‘ldirgichlarning tarkibi, xossalari katta ahamiyatga ega. Kukun 
to‘ldirgich sifatida andezit, diabaz, kvars, koks, shamot, antratsit, marshalit, shlak, kullar, fosfogips 
va boshqalar ishlatiladi.
Fenol-formaldegid, karbamid-formaldegid smolalari asosidagi polimerbetonlar tannarxi 
arzon va keng tarqalgan. Bu polimerbetonlar kislotali qotiruvchi ishtirokida xona haroratida qotadi. 
Furan polimerlari va ularning epoksid, fenol-formaldegid va boshqa polimerlar bilan aralashmalari 
yuqori konsentratsiyadagi kislotalarga chidamli polimerbetonlar olishda bog‘lovchilar sifatida 
ishlatiladi. Furanli polimerlar benzolsulfokislota, Petrov kontakti kabi kuchli kislotalar muhitida 
qotadi. Epoksid smolalari asosidagi polimerbetonlar yuqori mustahkamlik, kimyoviy muhitlarga 
universal chidamlilik xususiyatlariga ega.
Polimerbetonlar tarkibini tanlash murakkab bo‘lib, ko‘plab o‘tkazilgan tajribalar asosida keltirib 
chiqarilgan emperik formulalar Yordamida amalga oshiriladi. Polimerbeton uchun bog‘lovchi sarfi 
100-240 kg/m3 atrofida bo‘lib, polimer-kukun to‘ldirgich nisbati 1:2-1:4 orasida bo‘ladi. 
Polimerbeton qotishini tezlashtirish uchun 40-900S haroratda 6-24 soat davomida ishlov berish 
maqsadga muvofiqdir. Karbamid-formaldegid singari kuchsiz kislotalar va nordon tuzlar ta’sirida 
tezlikda qotadigan polimerlar asosidagi polimerbetonlarni xona haroratida qotirish mumkin.
Polimerbetonlarning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 60-130 MPa, cho‘zilishdagi 
mustahkamligi 6-22 MPa, egilishdagi mustahkamligi 1542 MPa bo‘ladi. Ularning sovuqqa 
chidamliligi /200-/500 va undan ko‘p bo‘lishi mumkin; issiqqa bardoshliligi 100-2000S.
Polimerbetonlarning mo‘rtligini yanada kamaytirish uchun plastifikatorlar, qotaYotganda 
ichki zo‘riqishini pasaytirish maqsadida galogen va sulfat tuzlari kiritish mumkin. 
Polimerbetonlarning cho‘zilishdagi mustahkamligini oshirish uchun, Yoriqlar hosil bo‘lishigi 
bardoshli bo‘lishi uchun tarkibiga asbest, shisha tolasi, bazalt tolasi, boshqa sintetik tolalar 
kiritiladi.
Polimerbetonlar kamchiligiga yuklama ta’sirida vaqt bo‘yicha deformatsiyalanish ko‘rsatkichining 
yuqoriligi, issiqlik va namlikning almashib ta’sir etishi natijasida eskirishi kiradi.
Polimerbeton ishlab chiqarish texnologiyasi ko‘p jixatlari bilan (komponentlarni o‘ta aniq 
dozirovkalash, ularni aralashtirish va sh.k.) kimYo texnologiyasiga yaqin turadi. Polimerlar, 


- 73 - 
qotiruvchilar, plastifikatorlar va boshqa modifikatorlar maxsus idishlarda saqlanish, dozirovkalash, 
qorishma tayyorlash, qoliplash va issiqlik bilan qayta ishlash jarayonida aniqlik va texnika 
xavfsizligi qoidalariga rioya qilish talab etiladi. Polimerbeton sexi kuchli shamollatish tizimi bilan 
ta’minlangan bo‘lishi, ishchilar shaxsiy himoya vositalari (ko‘zoynak, maxsus kiyim, rezinali 
qo‘lqop, respirator va h.k.) bilan ta’minlanishi zarur.
Polimerbetonlar umuman, boshqa kompozitsion materiallar (sementli beton, asfaltbeton va 
boshq.) bardosh bera olmaydigan muhitlarda ishlatiladi. Ular asosida kimyoviy muhitlarga (kislota, 
ishqor, tuzli va boshqa muhitlar) bardoshli buyum, qism va konstruksiyalar tayyorlanadi. Furanli, 
fenol-formaldegidli polimerbetonlar kislotalar, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqariladigan korxonalarda, 
epoksidli, poliefirli polimerbetonlar kislotali va ishqorli muhitlarda, sanitariya-texnika buyumlari va 
qismlari tayyorlashda ishlatiladi.
Polimerbetonlar biologik aktiv muhitlarga (achitqilar, bakteriyalar) chidamli bo‘lgani uchun 
biotexnologiya korxonalari, meva-sabzavotlar saqlanadigan omborxonalar, molxonalar va boshqa 
qurilishlarda ishlatiladi.
2. Polimer pardozlash-bezak materiallari
Pardozlash bezak materiallariga polimerlardan tayyorlangan binolarni ichki tomondan 
bezashda ishlatiladigan, issiqlik va tovush izolyasiyasi buyumlari kiradi. Bundan tashqari ko‘pchilik 
to‘suvchi polimer materiallarni ham pardozlash-bezak ishlarida foydalanish mumkin. Pardozlash 
list materiallariga qog‘oz qatlamli manzarali plastiklar, “poliform”, “polidekor” manzarali panellar 
va boshqalar kiradi.
Qog‘oz qatlamli manzarali plastiklar avvaldan fenol-formaldegid, karbamid-formaldegid 
polimerlari shimdirilgan maxsus qog‘ozni issiq holatda presslab tayyorlanadi. Plastik uzunligi 
1000-3000 mm, eni 600-1600 mm, qalinligi 1-5 mm o‘lchamlarda list ko‘rinishida ishlab 
chiqariladi. Plastikning ustki qatlami turli rangda, gulli, bo‘rtma gulli, relefli tipografiya usulida 
tayyorlangan qog‘ozdan yasaladi. Odatda rasm Yog‘och (dub, Yong‘oq, yasen, buk) teksturasini, 
qimmatbaho toshlar (marmar, malaxit, yantar va sh. k.) ko‘rinishini ifodalaydi. Bundan tashqari 
abstrakt rasmlar ham tushirilgan bo‘lishi mumkin.
Qalinligi 1,6 mm bo‘lgan plastiklar bitum-rezinali, epoksidli, rezorsin-formaldegidli elimlar 
va mastikalar Yordamida maxkamlanadi. Bundan qalin plastiklar asosga mexanik usulda (mix, 
shurup vositasida) mahkamlanadi.
Qog‘oz qatlamli plastiklar madaniy, maishiy, savdo, jamoat binolarining ichini pardozlash va mebel 
tayyorlashda ishlatiladi. 

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish