- 26 -
uskunalari Yordamida nikelxrom aralashmasi, temir, mis, xattoki oltin, platina va sh.k. nodir
metallar qoplanishi mumkin. Ularning nur o‘tkazuvchanligi 30-70% atrofida bo‘ladi.
Metall qoplamali shishalar infraqizil nurlarni qaytargani sababli qizimaydi va xonadan nur
tashqariga chiqmasligi tufayli binolarda issiqlik saqlanadi. Metall va oksid plYonkalar bilan
qoplangan vitrina oynalari Parij, Berlin, Toshkent (Biznes markazi, Interkontinental mehmonxonasi
va x.k.) va boshqa ma’muriy binolarni bezash va izolyasiyalashda ishlatilgani, uning imkoniyatlari
ko‘pligidan darak beradi.
Issiq nurlarni yutuvchi oyna oddiy oynadan kimyoviy tarkibida temir, kobalt, nikel oksidi
bo‘lishi bilan farq qiladi. Oynaning bu turi davolanish, bolalar bog‘chalari, gulxona, qishki bog‘,
bino va inshootlarni romlariga o‘rnatiladi.
Nur qaytaruvchi oyna gulli va xiralashtirilgan turlarga bo‘linib, xona ichi ko‘rinmasligi uchun
deraza, eshik romlariga o‘rnatiladi. Gulli oyna quyilaYotganda maxsus valiklardan foydalaniladi.
Xiralashtirilgan oyna esa, qum oqimi bilan oddiy oynani qayta ishlab tayyorlanadi.
Armaturalangan oynani kuydirilgan, xromlangan, nikellangan po‘lat to‘r bilan kuchaytirib
tayyorlanadi. Bu oyna silliq va to‘lqinsimon bo‘lib, oyna sindirilganda sochilib ketmasligini
ta’minlaydi. Uning o‘lchamlari: uzunligi 1200-2000 mm, eni 400-1500 mm.
Toblangan oyna oddiy oynani 540-650
0
S haroratda qizdirib va astasekin sovutib olinadi.
Toblangan oynaning zarbiy va egilishdagi mustahkamligi oddiy oynaga nisbatan bir necha barobar
yuqori. Toblangan oyna vitrinalar, eshiklar, balkon, zinapoya to‘siqlari va bo‘lmalar tayyorlashda
ishlatiladi.
Radioaktiv nurlarga bardoshli oynani shixta tarkibiga qo‘rg‘oshin, litiy, bor, kadmiy va seziy
oksidlari (0,25-1,5%) qo‘shilib tayyorlanadi. Bunday oynalar atom elektrostansiyalarida, reaktor
qurilmalari xonalarida, izotoplar tayyorlaydigan korxonalarda ishlatiladi.
Ko‘p qavatli oyna (tripleks) oddiy va armaturalangan bo‘lib, asosiy va oraliq
(amortizatsiyalovchi) qatlamlardan iborat. Bu oyna turi sindirilganda maydalansa ham sochilib
ketmaydi.
Issiqqa bardoshli oyna borosilikatli bo‘lib, tarkibida bor, rubidiy va litiy oksidlari bo‘ladi. Bu
oyna turi 200
0
S haroratga chidaydi va haroratdan chiziqli kengayish koeffitsienti oddiy oynadan 2-3
marta kam bo‘ladi (2-4
.
10
-6
0
S).
Do'stlaringiz bilan baham: