- 24 -
4- MA’RUZA
SHISHA, SHISHA BUYUMLAR VA SITALLARNING ASOSIY XOSSALARI
Reja:
1.
Umumiy ma’lumotlar.
2.
Shisha ishlab chiqarish
3.
SHishaning tuzilishi va asosiy xossalari
4.
SHishaning turlari
5.
SHisha buyumlar va konstruksiyalar
1.
Umumiy ma’lumotlar
SHisha va shisha tayyorlash jarayoni antik Egipet, Mesopotamiya, Gretsiya va Rimda
eramizdan avvalgi 30-40 asrlarda ma’lum bo‘lgan. Keyinchalik Xitoy va Markaziy Osiyo
mamlakatlariga shisha tayyorlash texnologiyasi turli xududlardan kirib kelgan. O‘zbekistonda
mustaqillik tufayli shisha va shisha buyumlar ishlab chiqaruvchi zavodlar, sexlar ko‘paymoqda.
SHular jumlasiga 1996 yilda qurib ishga tushirilgan CHirchiq, Quvasoy shisha zavodlarini kiritish
mumkin. Bundan tashqari bir tomonlama nur o‘tkazuvchi, shishapaket, rangli va avtomobilsozlik
uchun uch qatlamli shishalar ishlab chiqarish Yo‘lga qo‘yilmoqda.
SHisha va shisha buyumlar quyidagi jixatlari bilan klasslarga bo‘linadi: kimyoviy tarkibga
ko‘ra: oksidli (silikatli, kvarsli, boratli, fosfatli va sh.k.); kislorodsiz (galogenli, nitratli va sh.k.);
ishlatilish sohasiga ko‘ra; qurilish, me’morchilik, texnik, shisha idishlar va shisha tolalar.
2.
Shisha ishlab chiqarish
SHisha ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo sifatida kvars qumi ohaktosh, soda va natriy sulfati
ishlatiladi. SHisha qorishmasini pishirish haroratini pasaytirish uchun unga soda, natriy sulfati
qo‘shiladi. Agar kvars qumi va sodadan iborat qorishmadan shisha olinsa, nim shaffof suvda
eruvchan shisha bo‘ladi (Na
2
Si0
3
). Qorishma tarkibiga ohaktosh Yoki dolomitni kiritish shishani
suvda erimasligini ta’minlaydi.
Silikatli shisha 1500
0
S haroratda maxsus shisha eritish xumdonlarida olinadi. Massa harorati
800-900
0
S etganda silikatlar hosil bo‘lish jarayoni boshlanadi. Harorat 1150-1200
0
S bo‘lganda
massa shaffoflashadi, lekin tarkibida ko‘p havo pufakchalari bo‘ladi. SHisha massasidagi havo
aralashmalari 1500
0
S chiqib ketadi va shisha qiyomiga yetadi. Massani qoliplash harorati 200-
300
0
S atrofida bo‘lib, quyuqligi kimyoviy tarkibiga bog‘liq. SiO
2
, Al
2
O
3
, ZrO
2
oksidlari massani
quyuqlashtirsa, Na
2
O, CaO, Li
2
O oksidlari aksincha, suyuqlashtiradi. SHisha massasini erigan
xolatda uzoq muddat ushlash uning strukturasini amorf holatidan kristall holatga qayta o‘tishga olib
keladi.
Silikat shishaning oksid tarkibi, % massa bo‘yicha:
SiO
2
-64-73; Al
2
O
3
-0,5-7,2; K
2
O-0-5; Na
2
O-10-15; CaO-2,5-26,5; MgO-0-4; Fe
2
O
3
-0-0,4; SO
3
-
0-0,5; V
2
O
3
-0-5.
SHisha massasiga kaolin, dala shpati (Al
2
O
3
) kiritilishi uning mexanik mustahkamligini, termik
va kimyoviy chidamligini oshiradi. SHisha xom ashyosi tarkibiga B
2
O
3
qo‘shilsa, uning
shishalanishi tezlashadi va kristallanishi kamayadi. Rux oksidi (ZnO) shishaning harorat chiziqli
kengayish koeffitsientini kamaytiradi va termik chidamligini oshiradi.
Qo‘rg‘oshin oksidi (RbO) optik shisha va xrustall tayyorlashda ishlatiladi.
SHisha olish “qayiq” usulida bo‘lib, cheksiz shisha lentasini tortish demakdir. SHisha qalinligi
tortish tezligi bilan boshqariladi. Vitrina va ko‘zgu oynalari silliqlanadi va shaffoflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: