Po‘lat buyumlar
Po‘lat buyumlar tayyorlash texnologiyasi
Prokatlash.
Prokatlash usulida profillangan po‘lat buyumlar tayyorlanadi. Bu usulda po‘lat
quyma prokat stanining aylanadigan jo‘valari orasidan o‘tkazilishi natijasida muayyan profil
shaklga kiradi. Po‘lat sovuq va issiq holatlarda prokatlanadi. Prokatlash jarayonida po‘lat zagatovka
cho‘ziladi, siqiladi va ingichkalashadi. Issiq holatda po‘latni prokatlab yumaloq, kvadrat,
burchaklik, quvur, shveller, qo‘shtavr, profilli takrorlanadigan armaturalar va boshqalar
tayyorlanadi. Prokatlashning sovuq holda cho‘zish usulida po‘lat zagatovka kichik teshiklardan
(filerlar) o‘tkazib ingichkalanadi. CHo‘zish usulida sim, kichik diametrli quvurlar va sh.k.
tayyorlanadi.
Bolg‘alash.
Bu usulda cho‘g‘langan po‘lat zagatovkaga bolg‘a zarblari bilan ishlov berilib
kerakli shaklga keltiriladi. Bolg‘alash usulida bolt,anker, skoba va sh.k. po‘lat buyumlar
tayyorlanadi. Bu usulning kamchiligi o‘ta aniq o‘lchamdagi buyumlarni olish qiyinligidir.
SHtamplash.
SHtamplash juda aniq o‘lchamdagi po‘lat buyumlar tayyorlash usuli bo‘lib,
bolg‘alash usulining bir turi hisoblanadi. Bu usulda po‘lat zagatovka bolg‘a zarblari ostida cho‘zilib,
shtamp shakliga kiradi. SHtamplash usulida ko‘proq po‘lat listlarga ishlov berilib, turli shakldagi
buyumlar va qismlar tayyorlanadi.
Presslash.
Presslash usulida po‘lat matritsadagi maxsus teshik orqali siqib chiqarilib shakl
beriladi. Bu usulda quyma va prokatlangan zagatovkalar dastlabki material vazifasini o‘taydi.
Presslash usulida turli kesimli profillar, fason profillar tayyorlanadi.
Sovuq holda profillash.
Bu usulda list Yoki yumaloq holdagi po‘latni prokat stanlarida shakli
o‘zgartiriladi. Po‘lat listlardan ko‘ndalangiga turli shakldagi egilgan profillar yasaladi. Maxsus
yassilovchi stanoklar Yordamida yumaloq sterjenlar sovuq holda profillab mustahkam po‘lat
armaturalar tayyorlanadi.
6.2 Po‘lat buyumlar turlari
Po‘latdan teng Yonli va teng Yonli bo‘lmagan burchaklar tokchalarining kengligi 20-250 mm
o‘lchamlarda, shveller balandligi 50-400 mm va tokchalarining kengligi 32-115 mm o‘lchamlarda
ishlab chiqariladi. Oddiy qo‘shtavrlar balandligi 100-700 mm, keng tokchaligi 1000 mm
o‘lchamlarda tayyorlanadi. (15.4-rasm). YUmaloq po‘lat temirbeton konstruksiyalar uchun
armatura sifatida, kvadrat kesimli prokatlangan po‘lat va polosa po‘latlardan qurilishda turli buyum,
qism va konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi.
Profillangan po‘lat bino va inshoot karkaslari, fermalari, tombop to‘sinlar, ko‘prik qurilmalari,
simYog‘ochlar va boshqa buyum va konstruksiyalar tayyorlashda ishlatiladi.
Prokatlash usulida po‘lat listlar quyidagi o‘lchamlarda ishlab chiqariladi: eni 600-3800 va qalinligi
4-160 mm qalin po‘lat list; eni 6001400 va qalinligi 0,5-4 mm yupqa po‘lat list; eni 510-1500 va
qalinligi 0,5-2 mm list tunika va boshqalar. List tunika asosida gofrirovka qilingan va to‘lqinsimon
buyumlar va Yog‘ingarchiliklarga chidamli ruxlangan tunika listlar tayyorlanadi.
Maxsus po‘lat listlarni payvandlab diametri 50-1620 mm bo‘lgan quvurlar tayyorlanadi. Bu
quvurlar magistral gaz va neft, suv va issiq suv ta’minoti tizimlarida ishlatiladi. Po‘latdan yasalgan
mix, bolt, gayka, shayba, parchin mix, shurup, vint, skobalar, eshik va deraza bloklari,
oshiqmoshiqlar, dastalar, sanitariya-texnika kabinalari qismlari va boshqalar tayyorlanadi. Qurilish
tizimida po‘latning eng ko‘p ishlatiladigan sohasi temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda armatura
sifatida qo‘llanilishidir.
- 103 -
Do'stlaringiz bilan baham: |