- 105 -
magniy va alyuminiy-rux-magniy; termik mustahkamlanmagan qotishmalarga texnik alyuminiy va
ikki komponentli qotishmalar-alyuminiy-marganets va alyuminiy-magniy kiradi. Bunday hosil
qilingan duralyuminiy qotishmalarida mis alyuminiy mustahkamligini oshiradi, ammo plastikligini
va korroziyaga chidamliligini kamaytiradi.
Alyuminiy qotishmalarining xossalarini yaxshilash uchun xrom, vanadiy, titan, sirkoniy kabi
legirlovchi elementlar qo‘shiladi. Texnik alyuminiy AD, AD I kabi markalanadi. Bu erda A-
alyuminiy, Dduralyuminiy tipidagi qotishma, I-qotishmadagi alyuminiy miqdorini ko‘rsatadi (AD
da 98,8% va AD I da 99,3% alyuminiy bor). YUqori mustahkamlikdagi alyuminiy V 95, V96;
quymasi-AK6, AK8 holda markalanadi. Bu erda raqamlar legirlovchi elementlar miqdorini (%)
bildiradi. Termik mustahkamlanmagan alyuminiy qotishmalari ADIM; AmsM; AMg2M; AMg2H2
holda markalanadi. Bu erda M-myagkiy, Msmarganets, Mg2-tarkibida 2% magniy bo‘lgan
qotishma.
Alyuminiy qotishmalari markalari raqamlarda ifodalanishi mumkin: 1915, 1915T, 1925, 1935T. Bu
erda birinchi raqam qotishma asosi bo‘lgan alyuminiyni, ikkinchi raqam komponentlar
kompozitsiyasini, oxirgi ikki raqam qotishmaning o‘z guruhidagi tartib nomerini bildiradi.
Alyuminiy qotishmalaridan prokatlash usulida shveller, qo‘shtavr, burchaklik, yassi va
to‘lqinsimon listlar, quvurlar va boshqa buyum va konstruksiyalar tayyorlanadi. Ular asosida bino
va inshootlar uchun yengil konstruksiyalar, vitrina va deraza panjaralari, uch-qatlamli issiqlik
izolyasiyasi panellari, osma shiplar va sh.k. tayyorlash mumkin.
Mis va
uning qotishmalari. Mis toza holda cho‘zilishdagi
mustahkamligi
past (200-250 MPa), zichligi 8,9 g/sm3, suyuqlanish harorati 10830S bo‘lgan qizg‘ish rangli metall
bo‘lib, issiqlik va elektr tokini yaxshi o‘tkazadi. Qurilish materiallari sifatida mis sof holda deyarli
ishlatilmaydi, ammo mis asosidagi qotishmalardan keng foydalaniladi.
Latun (jez) mis va rux (40%gacha) qotishmasi bo‘lib, tarkibiga legirlovchi qo‘shimchalar
sifatida alyuminiy, qo‘rg‘oshin, nikel, qalay va marganets qo‘shiladi. Latun kimyoviy tarkibiga
qarab tompak L96 va L90 (8897% mis), yarim tompak L80 va L85 (79-86% mis), latun L 62, L68,
L70 (62, 68, 70% mis mutanosiblikda), alyuminiyli latun LA 77-2, marganetsli latun LMs 58-2,
temir-marganetsli latun LJMs 59-1-1 va nikelli latun LN65-5 turlarga bo‘linadi.
Bronza. Bronza mis va qalay, marganets, alyuminiy, nikel, kremniy, berilliy va boshqa elementlar
qotishmasidir. Bronzaning cho‘zilishdagi mustahkamligi kimyoviy tarkibiga qarab 150-800 MPa
oralig‘ida bo‘ladi. Qalayli bronza atmosfera, tuz eritmalari va kislotalarga chidamli, alyuminiyli
bronza mustahkam va kimyoviy muhitlarga chidamli, kremniyli bronza edirilishga va yuqori
haroratga bardoshli bo‘ladi.
Qurilishda bronza sanitariya-texnika buyumlarining metall qismlari, furnituralar va
materiallar tayyorlashda ishlatiladi.
Rux-ko‘kimtir-oq rangli metall bo‘lib, korroziya muhitiga chidamli bo‘ladi. SHuning uchun po‘lat
buyumlarni ruxlash uchun ishlatiladi.
Titan-kulrang-oq rangli metall bo‘lib, 16650S suyuqlanadi, zichligi 4,32-4,50 g/sm3. Titan
yuzasida hosil bo‘lgan oksid parda korroziya muhitiga, edirilishga chidamli bo‘ladi. Titanning
mexanik va texnologik xossalarini yaxshilash maqsadida uning tarkibiga legirlovchi alyuminiy,
molibden, vanadiy, marganets, xrom, kremniy, temir va boshqa metallar qo‘shilishi mumkin. Titan
VT5, VT5-1, VT6, VT8, VT14, OT4 kabi markalarda bo‘ladi. Titan qotishmalarining cho‘zilishdagi
mustahkamligi 700-1400 MPa. Titan qotishmalari sovuq va issiq holda yaxshi deformatsiyalanadi,
payvandlanadi va korroziya muhitlariga chidamli bo‘ladi.
Qo‘rg‘oshin-kulrang-ko‘k rangli og‘ir metall bo‘lib, qoliplarga yaxshi quyiladi, prokatlash mumkin.
Qo‘rg‘oshin kislotalarga bardoshli, rentgen nurlaridan himoyalash xususiyatiga ega. SHuning uchun
u maxsus qurilishda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: