O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti


Teshikli o‘tkazuvchanlikga ega bo‘lgan yarimo‘tkazgichlar



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/286
Sana20.06.2022
Hajmi5,37 Mb.
#679716
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   286
Bog'liq
qarshiliklar

Teshikli o‘tkazuvchanlikga ega bo‘lgan yarimo‘tkazgichlar
O‘sha kristallni o‘zini olamiz, biroq endi uni atomlarini faqat uchta erkin elektronlari mavjud 
bo‘lgan atom bilan almashtiramiz. O‘zini uchta elektronlari bilan u uchta qo‘shni atom bilan 
bog‘lanadi, to‘rtinchi atom bilan bog‘lanishga unda bitta elektron etishmaydi. Natijada teshik hosil 
bo‘ladi. Tabiiyki u yaqinroqda turgan boshqa istalgan erkin elektron bilan to‘ldiriladi, lekin, har 
qanday xolatda, bunday yarimo‘tkazgich kristallida teshiklarni to‘ldirish uchun elektronlar 
etishmaydi. Va kristallda bunday atomlar qancha ko‘p bo‘lsa, teshiklar shuncha ko‘p bo‘ladi. 
Bunday yarimo‘tkazgichda erkin elektronlarni ozod bo‘lishilari va erkin elektronlarni 
xarakatlanishlari imkoni bo‘lishi uchun atomlar orasidagi valent bog‘lanishlar albatta buzilishi 
kerak. Biroq elektronlar baribir etishmaydi, chunki teshiklar soni xamisha elektronlar sonidan ko‘p 
bo‘ladi.
Bunday yarimo‘tkazgichlar teshikli o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan yarimo‘tkazgich yoki p- 
tipidagi yarimo‘tkazgich deb ataladi. Bunda p- lotin harfi yunoncha «positive» so‘zidan olingan 
bo‘lib “musbat” degan ma’noni bildiradi. SHunday qilib, p-tipdagi yarimo‘tkazgich kristallida 
elektr toki xodisasi musbat zaryadlar-teshiklarni muttasil ravishda paydo bo‘lishi va yo‘qolishlari 
bilan kechadi. Bu esa r- tipidagi yarimo‘tkazgichda asosiy bo‘lgan zaryad tashuvchilar teshiklar 
asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilar esa –elektronlar hisoblanadi. 
 
Laboratoriya qurilmasining tuzilishi 
Yarimo‘tkazgichlar qarshiligini haroratga bog‘liqligini o‘rganish bo‘yicha qurilmaning 
umumiy ko‘rinishi 5.5-rasmda va prinsipial sxemasi esa 5.6-rasmda keltirilgan. Sxemadan ko‘rib 
turibdiki, tarmoqdan kuchlanish parallel ravishda termostatga va saqlagich orqali AC/DC konvertor 
hamda «on/of» tumblerga kelib tushadi. Termostat qizdirish kamerasi ichida berilgan haroratni 
ushlab turish uchun zarur. Termostatni termodatchigi kamera ichida tadqiq etilayotgan 
yarimo‘tkazgich element bilan birga jips xolda joylashgan ( kameraga germaniyli diod D405 


113 
o‘rnatilgan). Kamera o‘rnatilgan spirallar yordamida qiziydi, va kamera ichida doimiy haroratni 
ta’minlab beradi. Diodni uchlari biriktiruvchi sim bilan qarshilikni o‘lchash uchun mo‘ljallangan 
o‘lchash asbobiga ulangan. Kerak bo‘lgan haroratni termostatning mexanik indikatorini 
yuqoridagi va pastdagi «+» va «-» tugmalarini bosish yo‘li bilan o‘rnatiladi. O‘rnatilgan haroratga 
erishgach, termostat qizdiruvchini ta’minlovchi zanjirdan avtomatik ravishda uzadi. Termostat 
taxminan 3-4 darajada bo‘lgan gisterezis haroratga ega. Kamera ichidagi harorat termostatni 
raqamli tablosida indeksatsiya qilinadi.
Qizdiruvchi uchun ta’minot manbai, konvertor chiqishi orqali amalga oshiriladi. Konvertor 
doimiy kuchlanish +12 V ni ishlab beradi. Bundan tashqari konvertor chiqishida asbob 
parametrlarini registratoriga doimiy tok signali berish uchun va asbob ko‘rsatkichini uzatish uchun 
doimiy tok signalini yaratuvchi regulyator uchun kuchlanish olib tashlanadi. 
5.5-rasm.Laboratorya qurilmasini umumuiy ko‘rinishi. 
5.6-rasm. Qurilmaning prinsipial sxemasi. 
Laboratoriya qurilmasi to‘plangan axborotlarni kompyuterning ma’lumotlar bazasiga 
kiritishga imkon beradi. Buning uchun, o‘lchashlar tugagandan so‘ng barcha ma’lumotlar “T” 
harorat va “R” qarshilik dastaklari yordamida registratorga kiritiladi. Bundan keyin esa, 
registratordagi tugmani bosish kerak va barcha ma’lumotlar kompyuterga kiritiladi.

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish