O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti


YArimo‘tkazgichlarda elektr o‘tkazuvchanlik



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/286
Sana20.06.2022
Hajmi5,37 Mb.
#679716
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   286
Bog'liq
qarshiliklar

YArimo‘tkazgichlarda elektr o‘tkazuvchanlik 
Yarimo‘tkazgich kristall panjarasini soddalashtirilgan 5.3-rasmdagi sxema asosida ko‘rib 
chiqamiz: unda atomlar “musbat” belgisi bo‘lgan qizil sharchalarda aks ettirilgan, atomlar 
orasidagi bog‘lanishlar valentli elektronlarni ramziy belgisi bo‘lgan ikki chiziqlar orqali 
ko‘rsatilgan (5.3-rasm).
5.3-rasm. Yarimo‘tkazgich kristall panjarasida
atomlarning joylashish sxemasi
Mutlaq nolga yaqin bo‘lgan haroratda yarimo‘tkazgich tok o‘tkazmaydi, chunki unda erkin 
elektronlar mavjud bo‘lmaydi. Ammo haroratni ortishi bilan valentli elektronlarni atom yadrolari 
bilan bog‘liqliklari zaiflashadi va elektronlarni ba’zilari issiqlik xarakatlari oqibatida o‘zini 
atomlarini tashlab ketishi mumkin. Atomlar orasidagi bog‘liqlikdan chiqib ketgan elektron “erkin 
elektron” bo‘ladi, ilgari u mavjud bo‘lgan joyda bo‘sh o‘rin hosil bo‘ladi va u shartli ravishda 
teshik deb ataladi. Yarimo‘tkazgichda harorat yuqorilashgan sari, unda shuncha ko‘p erkin 
elektronlar va teshiklar paydo bo‘ladi. Natija sifatida shu narsani aytib o‘tish mumkinki,
“teshiklarni” hosil bo‘lishi atom qobig‘idan valentli elektronlarni ketishi bilan bog‘liq, teshikni o‘zi 
esa elektronni manfiy zaryadiga qiymati jixatdan teng bo‘lgan musbat elektr zaryadni hosil qiladi.
Keling, endi yarimo‘tkazgichda tok paydo bo‘lish hodisasi sxematik ko‘rinishda ko‘rsatilgan 
boshqa 5.4-rasm asosida ko‘rib chiqaylik. 


111 
5.4-rasm.YArimo‘tkazgichda elektronlar va teshiklarni
ko‘chib yurishlarining yo‘nalishi. 
Agar yarimo‘tkazgichga ba’zi bir kuchlanishni, «+» va «-» kontaktlarini qo‘shilsa u holda
unda tok paydo bo‘ladi. Issiqlik hodisasi oqibatida, yarimo‘tkazgich kristallarida atomlar orasidagi 
bog‘lanishlardan elektronlarni bir qancha miqdori xalos bo‘ladi (5.4-rasm, strelkali sharchalar). 
Elektronlar, kuchlanish manbaining musbat qutbiga tortilish bilan, o‘zidan teshik qoldirgan holda 
u tomonga siljiydi. Ya’ni, tashqi elektron maydon ta’sirida zaryad tashuvchilar yo‘naltirilgan 
harakatni ba’zi bir tezligiga ega bo‘ladi va bu bilan elektr tokini hosil qiladi.
Masalan: kuchlanish manbaining musbat qutbiga hammasidan yaqinroq joylashgan, xalos 
bo‘lgan elektron, ushbu qutblarga intiladi. Atomlar orasidagi bog‘lanishni uzgan va undan chiqib 
ketgan elektron o‘zidan keyin teshik qoldiradi. Musbat qutbdan bir qancha uzoqda joylashgan 
boshqa bo‘shagan elektron ham qutblarga intiladi va u tomonga qarab harakatlanadi, biroq o‘z 
yo‘lida teshikka duch kelib, unga atom yadrosi bilan tortiladi, bunda atomlar orasidagi bog‘liqlik 
tiklanadi. Ikkinchi elektrondan keyin yangi teshik hosil qilgach, ushbu teshik bilan bir qatorda 
bo‘lgan uchinchi xalos bo‘lgan elektronni to‘ldiradi (5.4-rasm, 1). O‘z navbatida manfiy qutbga 
yaqinroq turgan teshiklar boshqa xalos bo‘lgan elektronlar bilan to‘ldiriladi (5.4-rakm, 2). Shunday 
tartibda yarimo‘tkazgichda elektr toki vujudga keladi. 
Yarimo‘tkazgichda elektr maydoni mavjud bo‘lsa bu jarayon muttasil davom etadi: atomlar 
orasidagi bog‘liqlik buziladi - erkin elektronlar shakllanadi –teshiklar hosil bo‘ladi. Teshiklar erkin 
elektronlar bilan to‘ldiriladi - atomlar orasidagi bog‘lanish tiklanadi, bunda boshqa atomlar 
orasidagi aloqalar uzilada, ulardan elektronlar ketib qoladi va keyingi teshiklarni to‘ldiradi (5.4-
rasm, 2-4). 
Bundan shunday xulosa chiqaramiz: elektr maydonining yo‘nalishi mavjud bo‘lganda
elektronlar kuchlanish manbaining manfiy qutbidan musbatga qutbiga qarab harakatlanadi, teshiklar 
esa musbat qutbdan manfiy qutbga tomon siljiydi.

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish