66
aniqlanadi. Taqqoslash metodida o’lchanadigan kattalik uni berilgan kattalikni o’lchovi bilan
taqqoslab aniqlanadi. Taqqoslash metodiga quyidagilar kiradi: 1) nolga keltirish metodi; 2)
differensial metod; 3) almashtirish metodi.
Nolga keltirish metodida o’lchanadigan kattalikning ta’siri xuddi shu jinsdagi kattalikning
qarshi ta’siri bilan muvozanatlashadi. E.Yu.K. ni uni qiymati aniq kuchlanish bilan kompensatsiya
qilish yo’li bilan o’lchash misol bo’la oladi.
Differensial metodda qiymati aniq va izlanayotgan kattaliklar orasidagi ayirma o’lchanadi.
Almashtirish metodida izlanayotgan kattalik uni huddi shunday qiymatli aniq kattalik bilan
almashtirish yo’li
bilan aniqlanadi, bunda bu almashtirish o’lchash asboblarining ko’rsatishlarini
o’zgartirmaydi.
Ishlab chiqarish sharoitlarida eng sodda va o’lchash uchun eng kam vaqt talab qilgan metod
sifatida bevosita baholash metodi eng ko’p tarqalgan.
O’lchash hech qachon absolyut aniq bo’lmaydi va olchash natijasi hamma vaqt ko’p yoki oz
miqorda o’lchanadigan kattalikning absoluyt qiymatidan farq qiladi. Bu holga olchash asboblarning
noaniqligi, olchash metodinig takomillashmagani, sezgi organlarining mukammal emasligi va har
xil tasodifiy faktorlarning tasiri sabab boladi.
O’lchash xatoliklari uch klassga bolinadi:
1) sistematik;
2)
tasodifiy;
3) yanglishish xatoliklari.
Ayni kattalikni qayta o’lchaganda ozgarmayidgan yoki ma’lum qonun bo’yicha ozgaradigan
xatoliklar sistematik xatoliklarga kiradi, shuning uchun ham ular o’rganilishi, hisobga olinishi va
o’lchash natijasiga ta’siri minimumga keltirilishi mumkin.
Sistematik xatoliklarga quyidagilar kiradi:
1) Asbobiy xatoliklar (o’lchash asbobining takomillashmaganidan yoki uning buzuqligidan);
2) O’rnatish xatoligi (o’lchash asbobinig noto’gri o’rnatilganidan);
3) Metodik xatoliklar (o’lchash metodining takomillashmaganidan);
4) Shaxsiy xatoliklar (o’lchovning shaxsiy hususiyatlaridan).
Tasodifiy sabablar natijada hosil bo’ladiganozgarishi biror-bir qonunga bo’ysunmaydigan
xatoliklar tasodifiy xatoliklarga kiradi.
Yanglishish xatoliklari deganda o’lchash natijalarini ochiqdan-ochiq buzib ko’rsatuvchi
xatoliklar tushiniladi (o’lchash natijasini noto’gri yozish, shkala boyicha noto’gri hisob yuritish,
hisoblashdagi xatoliklar).
Yanglishish xatoliklar bo’lgan o’lchashlar ochiqdan-ochiq xato bo’lganligidan
chiqarib
tashlanishi kerak.
Asbobning ko’rsatishi A-bilan o’lchanuvchi kattalikning haqiqiy qiymati A
h
orasidagi ayirma
o’lchash asbobining absaluyt xatoligi deb ataladi.
O’lchanadigan kattalikning namunaviy o’lchash asboblari yordamida aniqlangan qiymati
uning haqiqiy qiymati deb tushiniladi.Bundan haqiqiy kattalikning haqqoniy emasligini nazarda
tutish kerak.
Asbobning absolut xatoligining o’lchanuvchi kattalikning asbob shkalasida ko’rsatilgan
maksimal qiymatiga nisbatining protsent ifodasi shu asbobning keltirilgan nisbiy xatoligi deb
ataladi.
Ĩ
kel
=
%
100
max
A
A
bu yerda Ĩ
kel
– keltirilgan nisbiy xatolik;
A
maks
– o’lchanuvchi kattalikning asbob shkalasidagi maksimal qiymati (nominal qiymat).
Ko’rib o’tilgan xatoliklarning har biri ham asosiy va qo’shimcha xatolik bo’lishi mumkin. Normal
ekspluatatsiya sharoitlarida asbobda bo’ladigan xatolik asosiy xatolik deyiladi (asbobning vaziyati
to’gri; atrofidagi havo temperaturasi 20
0
± 5
0
C; tashqi maydon bo’lmaganda va h.k).
Asbob ish
67
sharoiti normal sharoitga nisbatan o’zgarganda hosil bo’ladigan xatolik qo’shimcha xatolik deb
ataladi.
Ayni asbob ega bolishi mumkin bo’lgan eng katta nisbiy keltirilgan xatolik shu asbobning
aniqlik klassini bildiradi.
Bevosita baholovchi hamma asboblar (elektr energiyasi stchotchiklaridan tashqari) aniqlik
darajasi bo’yicha 8 klassga bo’linadi: 0,05; 0,1; 0,2; 0,5; 1,0; 1,5; 2,5; 4,0 Klass nomeri asbobning
shkalasi ustida yoziladi va u asbob ega bolishi mumkin bolgan keltirilgan
nisbiy xatolikning
maksimal kattaligini korsatadi. 1960 yildan oldin chiqqan asboblarda aniqlik klassi aylana ichiga
olingan, undan keyin chiqqan asboblarda ega aniqlik klassi aylana ichiga olinmaydi.
Agar asbobda bo’la oladigan absalyut xatolik kattaligini hisoblansa, aniqlik klassi bo’yicha
o’lchash aniqligi to’grisida hukm yuritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: