O’quv faoliyatining natijalari:
1.Mavzu bilan tanishadilar;
2. Neytralizm munosabati haqida
ma’lumotga ega bo’ladi.
3. Antibioz munosabati haqida ma’lumotga
ega bo’ladi.
4. Simbioz munosabati haqida ma’lumotga
ega bo’ladi
Ta’lim usullari:
Ma’ruza, “Aqliy hujum”, “Insert” .
Ta’lim shakli:
Kichik guruhlarda ishlash
Ta’lim vositalari:
Ma’ruza, texnik vositalar bilan ishlash.
Ta’lim berish sharoiti:
O’quv xona
Monitoring va baholash:
Og`zaki, yozma.
“KICHIK GURUHLARDA ISHLASH” TEXNOLOGIYASI
1-KICHIK GURUH
VAZIFA
Neytralizm munosabati
Оrgаnizmlаrning biоtik o’zаrо munоsаbаtlаri yoki biоtik оmillаr dеyilgаndа o’simliklаr, hаyvоnlаr vа
mikrооrgаnizm-lаrning bir-birlаrigа o’zаrо tа’siri tushunilаdi. Tаbiаtdа hеch qаndаy tirik jоnzоt o’z qоbig’igа o’rаlib,
аyri hоldа yashаy оlmаydi. Uni tаbiаtning ko’plаb tirik vаkillаri o’rаb оlgаn bo’lаdi. Ulаrning bаrchаsi bir-biri bilаn
o’zаrо tа’sirlаshаdi. Оrgаnizmlаrning o’zаrо tа’sirlаshishi, shuningdеk, ulаrning hаyot shаrоitlаrigа ko’rsаtgаn tа’siri
muhitning biоtik оmillаri mаjmuini tаshkil etаdi.
Ekоlоgik o’zаrо tа’sirlаr, оdаtdа, nihоyatdа murаkkаb хаrаktеrgа egа bo’lib, ko’plаb оmillаrgа bоg’liq vа
turli shаrоitlаrdа hаr хil kеchаdi. SHuning uchun ekоlоgik o’zаrо tа’sirlаrning оqibаtlаrini оldindаn bilib bo’lmаydi.
Ekоlоgik o’zаrо tа’sir turlаri. Аyni bir hududdа yashоvchi vа bir-biri bilаn аlоqа qiluvchi hаr qаndаy
оrgаnizmning ikki turi o’zаrо turli хil munоsаbаtlаrgа kirishаdi.
Muhitning biotik omillariga sayyoramizdagi mavjud, bir-biriga ta’sir ko’rsatuvchi va o’zaro munosabatlarda
bo’lgan hamma tirik organizmlar – mikroorganizmlar, o’simliklar, hayvonlar va shu jumladan odamlar ham kiradi.
Organizmlarning o’zaro munosabatlari asosan 3 ta turga ajratiladi.
1. Neytralizm – birga yashaydigan organizmlar bir-biriga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi.
2. Antibioz – birga yashaydigan ikki organizmlarning bittasi yoki ikkalasi ham salbiy ta’sir ostida bo’lishadi.
3. Simbioz – bunda ikki organizmning har ikkalasi yoki bittasi birga yashashdan o’ziga foyda oladi.
Antibioz va simbioz bog’lanishlarning tabiiy tanlanishda ahamiyati juda katta bo’lgani uchun ular bilan quyida
batafsil tanishamiz.
Antibioz – antogonizm, salbiy bog’lanish bo’lib, ularni quyidagi shakllarga ajratish mumkin.
1. O’zaro raqobat.
2. Parazitizm.
3. Yirtqichlik.
O’zaro raqobat. O’simliklar energiyani birdan-bir asosiy manba – fotosintez orqali oladi. Shuning uchun ham
o’simliklarda raqobat birinchi navbatda “yorug’lik uchun kurash” sifatida namoyon bo’ladi.
Parazitizm – har xil turga mansub organizmlarning o’zaro munosabatlari shakli bo’lib, bunda bir organizm
(parazit) ikkinchi organizmdan (xo’jayin) yashash muhiti va ovqat manbai sifatida foydalanadi. Parazitlar hayvonlarning
har xil a’zolarida (teri, ichki organlar, qon, limfa suyuqligi va boshqalarda) yashashga moslashishi mumkin. ularda
paraziy hayot kechirishga moslashishni ta’minlovchi so’rg’ichlar, maxsus og’iz apparati, ilmoqchalari va shunga
o’xshash moslamalar rivojlandi.
Yirtqichlik – bunda bir organizm o’z o’ljasiga hujum qilib, undan ovqat manbai sifatida foydalanadi, bu
munosabat ko’pincha o’ljaning o’limi bilan tugaydi.
Simbioz – ijobiy o’zaro bog’lanishlar bo’lib, uning quyidagi asosiy shakllari mavjud:
1. Mutualizm.
2. Hamsoyalik.
3. Hamtovoqlik.
Mutualizm (lotincha – mutus – o’zaro) o’zaro biologik bog’lanishning bir shakli bo’lib, bunda birga yashash har
ikkala organizmga ham foyda keltiradi. Mikoriza zamburug’lari o’simliklar uchun fosfor va mineral moddalarni
ularning ildizlariga yetkazib beradi, o’z navbatida zamburug’lar daraxt ildizlaridan uglevod va boshqa organik
moddalarni oladi. O’rmonlarda chumolilarning ichagidabir hujayrali xivchinli sodda hayvonlar yashaydi. Chumolilar
daraxt yog’ochlari bilan oziqlanadi, lekin uni parchalovchi fermentlar chumoli ichagida bo’lmaydi. Bu vazifani bir
hujayrali xivchinlilar bajaradi. Chumolilar xivchinlilarsiz yashay olmaydi, xivchinlilar ham faqat chumoli ichagidagina
yashay oladi.
Hamsoyalik. Sinoykiya (yunoncha – syn – birga, oikos – uy) – o’zaro munosabatlardan bir organizmgina o’ziga
foyda oladi, ikkinchisi uchun bunday munosabatdan hech qanday naf ko’rmaydi. Masalan, chuchuk suvda yashaydigan
baliqlardan biri o’zining tuxumlarini ikki pallali yumshoq tanli – tishsizning mantiya bo’shlig’iga qo’yadi. Baliq
tuxumlari yumshoq tanliga hech qanday zarar keltirmadi, chig’anoqlar himoyasida bo’ladi. Bu holatda yumshoq tanlidan
baliqlar faqat yashash joyi sifatida foydalanadi.
Hamtovoqlik, kommensalizm (fransuzcha – commensal – hamtovoq) – bunday o’zaro munosabatda bir
organizm ikkinchisidan asosan ovqat manbai sifatida foydalanadi, lekin hech qanday zarar yetkazmaydi. Masalan, odam
og’iz bo’shlig’ida amyobalarning bir turi – og’iz amyobasi yashaydi. U og’iz bo’shlig’idagi ovqat qoldiqlari bilan
ovqatlanadi, hech qanday zararli ta’sir ko’rsatmaydi.
Mayda baliqlar yirik baliqlarga yopishib yashab, ulardan
harakatlanishda foydalanadi, uning chiqindilari bilan ovqatlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |