“ KICHIK GURUHLARDA ISHLASH ” TEXNOLOGIYASI
2-KICHIK GURUH
VAZIFA
Antibioz munosabati. Simbioz munosabati
Antibioz va simbioz bog’lanishlarning tabiiy tanlanishda ahamiyati juda katta bo’lgani
uchun ular bilan quyida batafsil tanishamiz.
Antibioz – antogonizm, salbiy bog’lanish bo’lib, ularni quyidagi shakllarga ajratish
mumkin.
4. O’zaro raqobat.
5. Parazitizm.
6. Yirtqichlik.
O’zaro raqobat. O’simliklar energiyani birdan-bir asosiy manba – fotosintez orqali oladi.
Shuning uchun ham o’simliklarda raqobat birinchi navbatda “yorug’lik uchun kurash” sifatida
namoyon bo’ladi.
Parazitizm – har xil turga mansub organizmlarning o’zaro munosabatlari shakli bo’lib,
bunda bir organizm (parazit) ikkinchi organizmdan (xo’jayin) yashash muhiti va ovqat manbai
sifatida foydalanadi. Parazitlar hayvonlarning har xil a’zolarida (teri, ichki organlar, qon, limfa
suyuqligi va boshqalarda) yashashga moslashishi mumkin. ularda paraziy hayot kechirishga
moslashishni ta’minlovchi so’rg’ichlar, maxsus og’iz apparati, ilmoqchalari va shunga o’xshash
moslamalar rivojlandi.
Yirtqichlik – bunda bir organizm o’z o’ljasiga hujum qilib, undan ovqat manbai sifatida
foydalanadi, bu munosabat ko’pincha o’ljaning o’limi bilan tugaydi.
Simbioz – ijobiy o’zaro bog’lanishlar bo’lib, uning quyidagi asosiy shakllari mavjud:
4. Mutualizm.
5. Hamsoyalik.
6. Hamtovoqlik.
Mutualizm (lotincha – mutus – o’zaro) o’zaro biologik bog’lanishning bir shakli bo’lib,
bunda birga yashash har ikkala organizmga ham foyda keltiradi. Mikoriza zamburug’lari
o’simliklar uchun fosfor va mineral moddalarni ularning ildizlariga yetkazib beradi, o’z navbatida
zamburug’lar daraxt ildizlaridan uglevod va boshqa organik moddalarni oladi. O’rmonlarda
chumolilarning ichagidabir hujayrali xivchinli sodda hayvonlar yashaydi. Chumolilar daraxt
yog’ochlari bilan oziqlanadi, lekin uni parchalovchi fermentlar chumoli ichagida bo’lmaydi. Bu
vazifani bir hujayrali xivchinlilar bajaradi. Chumolilar xivchinlilarsiz yashay olmaydi, xivchinlilar
ham faqat chumoli ichagidagina yashay oladi.
Hamsoyalik. Sinoykiya (yunoncha – syn – birga, oikos – uy) – o’zaro munosabatlardan bir
organizmgina o’ziga foyda oladi, ikkinchisi uchun bunday munosabatdan hech qanday naf
ko’rmaydi. Masalan, chuchuk suvda yashaydigan baliqlardan biri o’zining tuxumlarini ikki pallali
yumshoq tanli – tishsizning mantiya bo’shlig’iga qo’yadi. Baliq tuxumlari yumshoq tanliga hech
qanday zarar keltirmadi, chig’anoqlar himoyasida bo’ladi. Bu holatda yumshoq tanlidan baliqlar
faqat yashash joyi sifatida foydalanadi.
Hamtovoqlik, kommensalizm (fransuzcha – commensal – hamtovoq) – bunday
o’zaro munosabatda bir organizm ikkinchisidan asosan ovqat manbai sifatida foydalanadi, lekin
hech qanday zarar yetkazmaydi. Masalan, odam og’iz bo’shlig’ida amyobalarning bir turi – og’iz
amyobasi yashaydi. U og’iz bo’shlig’idagi ovqat qoldiqlari bilan ovqatlanadi, hech qanday zararli
ta’sir ko’rsatmaydi. Mayda baliqlar yirik baliqlarga yopishib yashab, ulardan harakatlanishda
foydalanadi, uning chiqindilari bilan ovqatlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |