1-mavzu: biologiya fanining maqsadi va vazifalari


O’quv faoliyatining natijalari



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/274
Sana16.06.2021
Hajmi1,33 Mb.
#67110
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   274
Bog'liq
Biologiyadan yangi ped texnol. ishlanmalarnkji

O’quv faoliyatining natijalari:
1.Mavzu bilan tanishadilar;
2.  Neytralizm munosabati haqida 
ma’lumotga ega bo’ladi.
3. Antibioz munosabati haqida ma’lumotga 
ega bo’ladi.
4. Simbioz munosabati haqida ma’lumotga 
ega bo’ladi
Ta’lim usullari:
Ma’ruza, “Aqliy hujum”, “Insert” .
Ta’lim shakli:
Kichik guruhlarda ishlash
Ta’lim vositalari:
Ma’ruza, texnik vositalar bilan ishlash.
Ta’lim berish sharoiti:
O’quv xona
Monitoring va baholash:
Og`zaki, yozma.


“KICHIK GURUHLARDA ISHLASH” TEXNOLOGIYASI
1-KICHIK GURUH
VAZIFA
Neytralizm munosabati
Оrgаnizmlаrning  biоtik  o’zаrо  munоsаbаtlаri  yoki  biоtik  оmillаr  dеyilgаndа  o’simliklаr,  hаyvоnlаr  vа 
mikrооrgаnizm-lаrning  bir-birlаrigа  o’zаrо tа’siri tushunilаdi. Tаbiаtdа  hеch qаndаy tirik jоnzоt o’z qоbig’igа o’rаlib, 
аyri  hоldа  yashаy  оlmаydi.  Uni  tаbiаtning  ko’plаb  tirik  vаkillаri  o’rаb  оlgаn  bo’lаdi.  Ulаrning  bаrchаsi  bir-biri  bilаn 
o’zаrо  tа’sirlаshаdi.  Оrgаnizmlаrning  o’zаrо  tа’sirlаshishi,  shuningdеk,  ulаrning  hаyot  shаrоitlаrigа  ko’rsаtgаn  tа’siri 
muhitning biоtik оmillаri mаjmuini tаshkil etаdi.
Ekоlоgik o’zаrо tа’sirlаr, оdаtdа, nihоyatdа murаkkаb хаrаktеrgа egа bo’lib, ko’plаb оmillаrgа bоg’liq vа 
turli shаrоitlаrdа hаr хil kеchаdi. SHuning uchun ekоlоgik o’zаrо tа’sirlаrning оqibаtlаrini оldindаn bilib bo’lmаydi.
Ekоlоgik  o’zаrо  tа’sir  turlаri.  Аyni  bir  hududdа  yashоvchi  vа  bir-biri  bilаn  аlоqа  qiluvchi  hаr  qаndаy 
оrgаnizmning ikki turi o’zаrо turli хil munоsаbаtlаrgа kirishаdi.
Muhitning  biotik  omillariga  sayyoramizdagi  mavjud,  bir-biriga  ta’sir  ko’rsatuvchi  va  o’zaro  munosabatlarda 
bo’lgan hamma tirik organizmlar – mikroorganizmlar, o’simliklar, hayvonlar va shu jumladan odamlar ham kiradi.
Organizmlarning o’zaro munosabatlari asosan 3 ta turga ajratiladi.
1. Neytralizm – birga yashaydigan organizmlar bir-biriga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi.
2. Antibioz – birga yashaydigan ikki organizmlarning bittasi yoki ikkalasi ham salbiy ta’sir ostida bo’lishadi.
3. Simbioz – bunda ikki organizmning har ikkalasi yoki bittasi birga yashashdan o’ziga foyda oladi.
Antibioz va simbioz bog’lanishlarning tabiiy tanlanishda ahamiyati juda katta bo’lgani uchun ular bilan quyida 
batafsil tanishamiz.
Antibioz – antogonizm, salbiy bog’lanish bo’lib, ularni quyidagi shakllarga ajratish mumkin.
1. O’zaro raqobat.
2. Parazitizm.
3. Yirtqichlik.
O’zaro  raqobat.  O’simliklar  energiyani  birdan-bir  asosiy  manba  –  fotosintez  orqali  oladi.  Shuning  uchun  ham 
o’simliklarda raqobat birinchi navbatda “yorug’lik uchun kurash” sifatida namoyon bo’ladi.
Parazitizm  –  har  xil  turga  mansub  organizmlarning  o’zaro  munosabatlari  shakli  bo’lib,  bunda  bir  organizm 
(parazit) ikkinchi organizmdan (xo’jayin) yashash muhiti va ovqat manbai sifatida foydalanadi. Parazitlar hayvonlarning 
har  xil  a’zolarida  (teri,  ichki  organlar,  qon,  limfa  suyuqligi  va  boshqalarda)  yashashga  moslashishi  mumkin.  ularda 
paraziy  hayot  kechirishga  moslashishni  ta’minlovchi  so’rg’ichlar,  maxsus  og’iz  apparati,  ilmoqchalari  va  shunga 
o’xshash moslamalar rivojlandi.
Yirtqichlik  –  bunda  bir  organizm  o’z  o’ljasiga  hujum  qilib,  undan  ovqat  manbai  sifatida  foydalanadi,  bu 
munosabat ko’pincha o’ljaning o’limi bilan tugaydi.
Simbioz – ijobiy o’zaro bog’lanishlar bo’lib, uning quyidagi asosiy shakllari mavjud:
1. Mutualizm.
2. Hamsoyalik.
3. Hamtovoqlik.
Mutualizm (lotincha – mutus – o’zaro) o’zaro biologik bog’lanishning bir shakli bo’lib, bunda birga yashash har 
ikkala  organizmga  ham  foyda  keltiradi.   Mikoriza  zamburug’lari  o’simliklar  uchun  fosfor  va  mineral  moddalarni 
ularning  ildizlariga  yetkazib  beradi,  o’z  navbatida  zamburug’lar  daraxt  ildizlaridan  uglevod  va  boshqa  organik 
moddalarni  oladi.  O’rmonlarda  chumolilarning  ichagidabir  hujayrali  xivchinli  sodda  hayvonlar  yashaydi.  Chumolilar 
daraxt  yog’ochlari  bilan  oziqlanadi,  lekin  uni  parchalovchi  fermentlar  chumoli  ichagida  bo’lmaydi.  Bu  vazifani  bir 
hujayrali xivchinlilar bajaradi. Chumolilar xivchinlilarsiz yashay olmaydi, xivchinlilar ham faqat chumoli ichagidagina 
yashay oladi.
Hamsoyalik. Sinoykiya (yunoncha – syn – birga, oikos – uy) – o’zaro munosabatlardan bir organizmgina o’ziga 
foyda oladi, ikkinchisi uchun bunday munosabatdan hech qanday naf ko’rmaydi. Masalan, chuchuk suvda yashaydigan 
baliqlardan  biri  o’zining  tuxumlarini  ikki  pallali  yumshoq  tanli  –  tishsizning  mantiya  bo’shlig’iga  qo’yadi.  Baliq 
tuxumlari yumshoq tanliga hech qanday zarar keltirmadi, chig’anoqlar himoyasida bo’ladi. Bu holatda yumshoq tanlidan 
baliqlar faqat yashash joyi sifatida foydalanadi.
Hamtovoqlik,  kommensalizm  (fransuzcha  –  commensal  –  hamtovoq)  –  bunday  o’zaro  munosabatda  bir 
organizm ikkinchisidan asosan ovqat manbai sifatida foydalanadi, lekin hech qanday zarar yetkazmaydi. Masalan, odam 
og’iz  bo’shlig’ida  amyobalarning  bir  turi  –  og’iz  amyobasi  yashaydi.  U  og’iz  bo’shlig’idagi  ovqat  qoldiqlari  bilan 
ovqatlanadi, hech qanday zararli ta’sir ko’rsatmaydi. 
Mayda  baliqlar  yirik  baliqlarga  yopishib  yashab,  ulardan 


harakatlanishda foydalanadi, uning chiqindilari bilan ovqatlanadi.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish