Hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar – neoantroplar. Dastlab hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar – kromanyonlarning skeletlari,
kalla suyaklari, qurollari Fransiyaning janubidagi Kromanyon degan joydan, keyinchalik uning qoldiqlari Yevropa, Osiyo, Avstraliyadan ham
topilgan. Ular taxminan 250-150 ming yil oldin paydo bo’lgan. Kromanon odamlarning bo’yi 180 sm, kalla qutisining hajmi 1600 sm
3
atrofida, peshonasi keng bo’lgan. Iyagining bo’rtib chiqqanligi ma’noli nutq yaxshi rivojlanganligidan dalolat beradi. Ular g’orlarda yashab,
uning devorlariga turli bo’yoqlar bilan ov epizodlari, raqslar, hayvonlar, odamlar tasvirini ishlaganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |