Qadimgi odamlar. Paleoantroplar 0,5-0,6 mln yil muqaddam yashagan. 1907 yilda Germaniyaning Geydelberg shaxri yaqinida
iyagi yo’q katta pastki jag’ topilgan, uning tishlari hozirgi odamning tishlariga o’xshashdir. Birinchi marta 1856 yilda Germaniyaning Neandr
daryosi yaqinida, keyinchalik Yevropa, Afrika, janubiy va sharqiy Osiyoning 100 dan ortiq joylarida, shu jumladan, O’zbekistonning
Surxandaryo viloyatidagi Teshik tosh g’oridan qadimgi odamlarning skeleti – kalla, jag’, oyoq suyaklari topilgan. Obiraxmat g’oridan bundan
90-30 ming yil muqaddam yashagan odamning kalla skeleti topilgan. Bu kalla skeleti tuzilishi bilan neandertal bilan Homo sapiens oralig’ida
bo’lgan. Homo neanderthales 250 ming yil paydo bo’lgan. Neandertalning bo’yi 156-165 sm bo’lib, muskullari nihoyatda rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |