d) Odam va odamsimon maymunlar gavda tuzilishidagi farqlar. Odam bosh miyasining hajmi 1400-1650 sm
3
ga yaqin bo’lib,
odamsimon maymunlarniki 600 sm
3
dir. Odam bosh miyasi katta yarim sharlari po’stlog’ining sathi o’rtacha 1250 sm
3
ga teng. Odamsimon
maymunlarniki esa undan taxminan 3,5 marta kichikdir. Miya hajmi, yarim sharlar po’stlog’i, uning peshona, chakka bo’limlari yaxshi
rivojlanmaganligi sababli umumlashtirib, predmetlardan ajralmagan holda fikrlashga qodir emas (3-rasm). Odamsimon maymunlarning har bir
turi ba’zi belgilari bilan odamga yaqinlashsa, boshqa belgilari bilan undan uzoqlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |