Microsoft Word orta osiyo xalqlari antik davr tarixini organishda yunon tarixchilari asarlarining orni



Download 299,75 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/21
Sana16.06.2021
Hajmi299,75 Kb.
#67049
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
orta osiyo xalqlari antik davr tarixini organishda yunon tarixchilari asarlarining orni

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                                 

27

 Литвинский Б.А. Кангюйско-сарматский фарн.. –С.74. 



28

 Сагдуллаев А.С. Ўзбекистон тарихи. –Т.: Университет, 1999. –Б. 41. 




 

25

II-BOB. O’RTA OSIYO XALQLARI ANTIK DAVR TARIXINI 



O’RGANISHDA  YUNON TARIXCHILARI  ASARLARINING 

O’RNI 

II. 1. Gerodot asarlarida O’rta Osiyo xalqlari tarixining yoritilishi 

 

Ulug’ yunon olimi va tarixchisi Gerodot eramizdan avvalgi 484 yilda 

Knchik Osiyoning Galikarnos shahrida tug’ilgan. Galikarnos shahri Kichik Osiyo 

va grek shaharlarini bir-biriga bog’laydigan qulay port shahri bo’lib, u yerda 

savdo-sotiq ishlari keng rivojlangan edi. Eramizdan avvalgi XI asrda qurilgan bu 

shaharga turli mamlakatlardan sayyohlar, yo’lovchilar, donishmandlar, shoirlar va 

muarrixlar tez-tez tashrif buyurib turishgan. Uning otasi Galikarnos shahrining 

obro’li va savodxon kishilaridan biri bo’lgan. O’ o’g’li Gerodotning yoshligida 

bilim olishiga alohida e’tibor bilan qaray boshlaydi. Gerodot bolalik 

chog’laridayoq atoqli grek so’z san’atkorlari va ulug’ muarrixlarining asarlarini 

qunt bilan mutolaa qiladi. Ayniqsa Homer, Gesiod, Aristey, Arxilox, Sapfo, Alkey, 

Anekreont, Pindor va Esxil asarlarini qiziqish bilan o’kiydi

29



Gerodot grek adabiyotini juda sevadi. Ayniqsa tarixiy nasr namunalari 



Gerodot e’tiborini beixtiyor o’ziga tortadi. Osiyo va Yevropadagi bir necha 

mamlakatlar tarixiga ham qiziqish bilan qaraydi, bu mamlakatlarning geografiyasi, 

tarixi va adabiyotini o’rganadi. Mashhur geograflardan miletlik Kadmlampsaklik 

Xaron kabi o’z davrining atoqli olimlari ijodinn diqqat bilan kuzatadi. Ayniqsa, 

miletlik olim Ge-kateyaning «Yerni aylanib o’tish» asari Gerodotda katta taassurot 

qoldiradi. 

Gerodot dunyoqarashining yuksalishida tog’asi Paniasid jatta rol o’ynaydi. 

Paniasid o’z davrining tanikli shoirlaridan biri edi. U xalq og’zaki ijodiga juda 

katta qiziqish bilan qarardi. Uning xalq qahramoni Gerakl haqida to’plagan hikoyat 

va rivoyatlari antik davrlardayoq xalq og’zaki jodi-ning rivojiga katta ta’sir 

ko’rsatadi. 

                                                 

29

  Бойназаров Ф. Ўрта Осиёнинг антик даври.., 33б. 



 


 

26

Gerodotning ona yurti Kariya va unga qo’shni Ioniya va Eoliya ziyolilar 



shahri bo’lib, u qariyb 70 yilga yaqin Kir va Qambis tomonidan barpo etilgan 

ulkan Ahmoniylar davlati ta’sirida bo’ladi. Ioniya — Homer vatanidir. Bu 

o’lkadan Anakreont, Appelesa, Parassiya, Fales, Anaksimandr kabi o’z-davrining 

donishmand faylasuflari yetishib chiqqan. Uzining tabiiy go’zalligi bilan mashhur 

bo’lgan Ioniyaga unga qo’shni — ona shahri Galikarnosdan Gerodot tez-tez tashrif 

buyurib turadi. Ioniyaliklar ham Osiyo va Yevropa mamlakatlari bo’ylab dengiz 

sayohatlariga chiqar edilar. Hatto ular Turkiya, Yugoslaviya yerlari (avval Frakiya 

deb atalgan) kabi uzoq o’lkalarga, Pereney yarim orollari — o’shanda Terreniya 

deb atalgan go’zal vohalarga ham kelib ketar edilar. Ioniyadan Qizil dengiz. va 

Qora dengiz tomonlarga dengiz sayyohlari tnnimsiz qatnab turardi. Bu 

sayoxatchilardan va uzoq ynllar davom etgan Eron-Yunon urushi 

qatnashchilaridan Gerodot Osiyo mamlakatlari haqida qiziq hikoyalar eshitadi. 

Eronliklar ustidan g’alaba qozonilgandan so’ng, grek ho-jimliklari o’rtasida 

o’zaro kelishmovchiliklar avjiga chiqadi. Gerodotning ona shahri Galikarnos 

hokimi Ligdamidga qarshi ko’tarilgan isyonda Paniasid bilan Gerodot ham ishtirok 

etgan edi. Ligdamid isyonni kuch bilan bostiradi. Paniasid o’limga mahkum etiladi. 

Gerodot esa mamlakatdan quvg’in qilinadi. Shundan so’ng, bo’lajak tarixchi Osiyo 

mamlakatlari bo’ylab safarga chiqishga qaror qiladi. Go’zal Ioniya shahriga kelib 

dengizchilar bilan do’stlashadi. Gerodot dastlab Kichik Osiyoga yaqin o’lkalarga 

sayohat qiladi. So’ngra Frakiya bo’ylab Yevropa safarini davom ettirib, Bolqon 

orollarida bo’ladi

30

. Istr (Dunay) daryosi qirg’oqlariga keladi. Keyin Vizantiya 



o’lkasiga boradi. Bu yerlarni Doro eramizdan avvalgi 512 yilda skiflar yeriga 

yurish qilishdan avval bosib olgan edi. Doro hozirgi Istambul shahriga yaqin joyda 

Bospor daryosining quyi oqimida skiflar yeriga o’tish uchun ko’prik qurgandi. 

 Gerodot bu ko’prikdan o’tib Tear daryosi qirg’oqlari bo’ylab o’z sayox:atini 

davom ettiradi. (Bobo eski darasi Turkiya tomonda joylashgan, bu daryo Gerodotni 

o’ziga maftun etadi. Daryo bo’yida yashovchi xalqlar Tearning shifobaxshligini, 

                                                 

30

 Геродот. История в девяти книгах. Книга четвертая. М.,1985, 232 с. 



 


 

27

undan odamlar va otlarnn davolashda foydalanishlarini aytadi. Yunon-Troya 



urushidan keyin greklar Qora dengiz bo’ylarida ayrim elatlarni o’zlariga qaram 

qilib olgan edilar. Olviya shahrp atrofidagi o’lkalar ham Qora dengiz atrofida 

joylashgan edi. Qora dengiz bo’ylariga joylashgan Ochakova shahridan shimol 

tomonga to hozirgi Parutino, Ilinsk qishloqlarigacha cho’zilgan 25 kilometrlik 

masofa o’sha paytlarda Gresiya ko’li ostida edi. Gerodot Gerr — Samara va Girkis 

— Donesk daryosi bo’yla-rida yashovchi skif qabilalari hayoti bilan ancha 

yaqindan tanishadi. 

Gerodotning bu daryolar bo’yida yashovchi skif qabilalari haqida aytgan qiziqarli 

hikoyalari kishining dyaqqat-e’tiborini beixtiyor o’ziga jalb etadi. Nahotki, antik 

davrlarda Volga, Don, Dunay, Dnepr daryolari bo’ylarida skiflar yashagan bo’lsa, 

degan savol xayolingnzga keladi. Axir, skif qabilalari Urta Osiyoda 

yashamaganmidi, deb o’ylab qolasiz. 

Atoqli rus olimi A. B. Ditmar qadimgi skif qabilalari haqida bir kator yirik 

tadqiqotlar yaratadi va skiflarning kelib chiqish tarixi haqida o’zining qimmatli 

fikrlarini bildiradi. «Skiflar O’rta Osiyodan tarqalgan edi, — deb yozadi A. B. 

Ditmar o’zining «Skifiyadan Elefantingacha» nomli tadqiqotida, — ularning 

(skiflarning) tili shimoliy eron tillari gruppasiga kiradi, shuningdsk, ular Urta 

Osiyoda yashagan Sak va Massaget qabilalari bilan urug’dosh edi

31

.  


Bu yerlarda yashovchi skiflar «bug’doy, piyoz, sarimsoq va mosh "iste’mol 

qilganlar. Ular bug’doyni faqat o’zlari uchun-gina ekib qolmasdan, balki savdo-

sotiq uchun ham ekardilar». Gerodot keyinchalik shohlik hukmron bo’lgan skiflar 

o’lkasiga keladi. Bu skiflar kuchli davlatga ega edilar. Tanais daryosidan sharqiy 

tomon ancha uzoqda joylashgan bu skiflarning o’z podshohlari bo’lib, boshqa skif 

qabilalari ularga qaram edi. Podshohlik skiflar o’zga skiflarni o’zlariga qul deb 

bilardi. Gerodot skiflarning urf-odatlari bmlan yakindan tanishadi. Ularning asosiy 

yumushlari chorvachilikdan iborat edi. Skiflarning chorvachilik ishlariga Gerodot 

katta qiziqish bilan qaraydi. Ko’chmanchilik joniga tekkan skiflar ko’chganda 

                                                 

31

 Кшибеков Д. Кочевое общество. – Алма-ата.:Наука, 1984. –С. 32 




 

28

qulay bo’lsin uchun namatdan g’ildirakli arava—uy yasab olgan edilar. Yuk 



tashish ishlarida otdan tashqari mollardan foydalanadi. Ularning eshak va 

cho’chqasi yo’q edi. Bundan tashqari, Gerodot skiflarning harbiy ishlari va 

qurollari bilan ham tanishadi, o’rganadi. 

Gerodotning aniqlashicha, skiflarning shimol tomonida yana Melianxlenlar 

qabilasi yashardi. Ular hamma vaqt qora tusda kiyinib gorardi. Urf-odatlari 

skiflarnikiga yaqin turardi. Bu qabilalar tillari xam Nevrov qabilalari singari eski 

slavyan tillari gruppasiga kirardi. Shimol tomonda juda sovuq bo’lgan keng 

yalangliklar joylashgan edi. Tanais daryosi bilan Meotida — Azov dengizi 

o’rtasida sarmatlar yashardi. Ular shimol tomonga cho’zilgan o’n besh kunlik keng 

o’lkada yovvoyi va xonaki daraxtlar ichida yashardi. Ular skiflar tilida gaplashardi, 

biroq ularning tillari qadimdan shakllangan edi. Sarmatlarnnng urf-odatlari 

skiflarnikiga sira ham o’xshamasdi. Sarmatlar (sara-matlar) skif qabilalariga 

urug’dosh edi

32



Sarmatlardan yana shimol tomonga yurilsa, Gerodotning yozishicha, qalin 

o’rmonlar bilan o’ralgan o’lkaga chiqilardi. U yerlarda budinlar yashardi. Bu 

xalqning sochlari malla, ko’zlari ko’kish edi. Budinlarning asosiy qismi 

ko’chmanchilik bilan hayot kechirardi. Ovqatlariga qarag’ayning urug’idan solardi. 

Ularning qadimdan qurilgan Gelion — Saratov deb atalmish shahri bo’lgan. Bu 

shahardagi uylar yogochdan tiklangan edi. Budinlar orasida gelonlar ham yashardi. 

Ular savdo bilan shug’ullanuvchi shahardan edilar. Gelonlar dehkonchilik va 

bog’dorchilik bilan ham shug’ullanardi. Ko’proq bug’doydan tayyorlangan ovqatni 

iste’mol qilishardi. 

Argippeylardan shimol tomonda bir ko’zli arimasplar bor emish. Gerodot bu 

afsonaga unchalik ishonmasligini aytadi

33

. Ular bilan yonma-yon tovuk tusli, 



kushlarga xos burgut qanotli, tilla taqinchoqli griflar yasharkan. Bu yurtlar 

nihoyatda boy bo’lganmish. Grek va skif savdogarlari bu yurtlarga kelib tilla xarj 

                                                 

32

Геродот. История в девяти книгах.Книга четвертая. .. 238 с.  



33

 

33



 Геродот. История в девяти книгах.Книга четвертая...241 с. 

 



 

29

qilib olar ekan. Bu yurtlarda oltin ko’p bo’lgan. Bu o’lkalarning qasrda 



joylashganini olimlar anik aytolmayapti. Ye Urol tog i yoki shimoliy Qozog’iston. 

Bu yerda Stepnyakda oltin koni bo’lgan, yoyinki Oltoy. 

 Gerodot dastlab Axmonnylar davlatining markazn b\'lgan Suz shahriga 

keladi. Efes va Sard shaharlarida bo’ladi. Kichik Osnyodagi Galis, 

messopotamnyadagi Evfrat va Tigr daryolari-dan o’tadi. Frakiya o’lkalarini kezadi. 

Bu yerda u o’ng qo’liga qilich, chai qo’liga nayza tutgan Ulkan odamlar bilan 

uchrashadi. Gerodot o’z asarlarida Kavkaz tog’larini juda keng ta’-riflaydi. 

Ayniqsa, Kaspiy dengizi va uning sohillarini, bu sohilda yashovchi elatlar hayoti 

haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Araks daryosi Kaspiy dengiziga kelib 

qo’shiladi, deydi tarixchi. Esxil o’zining «Zanjirband Prometey» tragediyasida 

Kavkaz tog’lari va Kaspiy dengizi haqida so’z yurptadi, bu yerlarni «gekatey 

milet» deb ataydn. 

Gerodotning fikricha, Kaspiy bo’ylaida kuchmanchi massagetlar yashaydi. 

Massagetlar baliq go’shti, parranda va sutli taomlarni iste’mol kilpshadi. Bu 

yerning xalqlari juda jangari bo’lishgan. Aytishlaricha, Eron shoxi Kir ham ularni 

o’ziga bo’ysundira olmagan 

Gerodot Urta Osiyo haqnda tarixiy jihatdan juda muhim ma’lumotlar 

keltiradi. Bu yerda bir necha hokimliklar mav-judlipshi, ularning hammasi ulkan 

Eron davlatiga qaram ekanliglni ta’kidlaydi. Bu hokimliklarni anik nomi bilan 

ataydi. Jumladan, Baqtrpya, Girkaniya, Kaspiy, so’g’dlar, sak-lar, Xorazmiylar va 

ariylar. Bu o’rinda izox talab nomlardan ariylar Afg’onistonning g’arbiy qismiga 

joylashgan elatlardir. Baqtriyaning poytaxti o’sha vaqtda Balx shahri bo’lgan, 

Kaspiy hokimligiga Turkmanistonning janubi-g’arbiy qismida joylashgan qabilalar 

kirgan.  

Xorazmiylar-xorazmda, so’g’dlar — Politamet (Zarafshon) bo’ylarida, 

saklar Tyan-shan tog’ining g’arbiy etaklarida joylashgan edilar.Bu xalqlar 

sharqdan to Kaspiy dengizigacha bo’lgan hududga tarqalgan. Girkaniya bilan 



 

30

Xorazm o’lkasi o’rtasidan Ares daryosi o’tadi. Bu daryodan uzun-uzun kanallar 



qazilib, sug’orish shoxobchalaridan dehqonchnlikda unumli foydalanadilar. 

Shundan so’ng Gerodot Xindiston o’lkasida sayohatini davom ettiradp. Panjobga 

boradi. Bu yerga bostirib kelgan Doro haqida qimmatli ma’lumotlar to’playdi. 

Gerodot asarida Hindistonning go’zal tabiati uznning ajoyib tasvirini topgan. 

Gerodot keyingi asarlarida Liviya, Misr o’lkalarini ham keng tasvirlaydi. Ayniqsa, 

Nil daryosi bo’yida yashovchi elatlar. Kush, Efiopiya mamlakatnnnng tarixi haqida 

qimmatlp ma’lumotlar keltiradi. Shundan so’ng ulkan Ellin davlatiga qaram 

bo’lgan yana bir qancha katta-katta o’lkalarda bo’ladi. Xios, Teos, FOksy, 

Klasomen, Rodos, Kipr, Milet, Faselid, Galikarnos kabi go’zal shaharlar va u 

yerdagi tarixiy voqyealarni tasvirlaydi. Gerodotning adabiy merosi juda boy. Bu 

adabiy merosni kichik novellalar yoki hikoyalar to’plami deb ham   atashimiz 

mumkin. 


 


Download 299,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish