Trening o’tkazishning tuzilishi
Maqsadni belgilash, o’qitiladigan dasturning mazmunini belgilash;
Ishtirokchilarning kasbiy tayyorgarlik darajasini diagnostiktaxlil qilish;
Programma mazmunini muxitga moslashtirish va trening o’tkazish metodikasini
belgilash; Trening o’tkazish jarayoni. Trening natijasida olgan bilimlarini
baholash.
Trener kim? U nima bilan shug’ullanadi?
Trener o’quv dasturi, trening mazmunini, trening faoliyatini olib borish,
trening natijalarini baholash bilan shugllanadi. Uning bosh maqsadi mavjud
bo’lgan yangi metodlarni, interfaol usullarni o’qituvchilarga o’rgatish orqali ular
da yangi sharoitda, ehtiyojga muljallangan ta’lim jarayonini olib borish
ko’nikmasini shakllantirad! Shu bilan barcha o’qituvchilarning interfaol usullarga,
57
Ўқув юртларида ўқитишнинг замонавий усуллари. Ўқув – услубий қўлланма. Тошкент. 2002 йил., 62 б.
66
metodlarga bulga ehtiyojini o’rganib boradi. Shu asosda treninglarni ehtiyojlarga
mosla loyixalash ishlarini olib boradi.
Shu bilan birgalikda trener o’quv kursi dasturini, mazmunin
shakllantiradi, u bir vaqtning o’zida trener qatnashchilari hisobini oli^ jarayonni
tashkil etish instro’qsiyasi, talab etilgan barcha o’qu materiallari, tarqatma
materiallar, zaruriy texnik jixrzlarnish hisobini qiladi. Trener faoliyatidagi eng
muhim davr trening jarayonini tashkil etj va olib borishdir. U o’quv kursining
takdimoti. Amaliy sessiyala; menejmenti, munozaralar olib borish,
qatnashchilardan olingan javoblarn] koordinasiya qilish, qayta aloqani o’rnatish,
har bir borayotgan jarayonn] nazorat etish, vaqt, vaqtida dam berish, ularni o’quv
jarayonida ruxiy ximo; qilish ijtimoiy ximoya qilish talab etiladi.
Trener trening materiallarini to’plash, tanlash, takdim etishg; yuborish
kasbiy mayoratnыy namoyon etishi kerak. Ular juda oson mulokrtg, kirishuvchi
suhbatdosh va tashkilotchi, kamtar inson bulmogi lozim. Albatta trening yakunida
trener dan olingan natijani taxlil qil; olish, baholash kerak. Taxlillar har doim
sistemali bir tizimda tashkil etilishi kerak.Trener treninglarning tashkiliy
muammolarini x;al qilishi tajribasiga suyanishi, maslahat berib borishi talab
etiladi.Trener yuksak kasb egasi, kommunikativ ko’nikma, yuqori malakali
o’q,ituvchi, liderlik funksiyasini bajara oladigan, menejerlik darajasida rivojlangan
shaxsdir.
Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish trenerlarning ish faoliyatiga
ko’p jihatdan bog’likdir. Interfaol metodlarni maktab ta’limiga kiritish avvalo ishni
o’qituvchilarni shu jarayonga tayyorlash va malakasini oshirishdan boshlanadi.
Uning uchun o’qituvchilarni tayyorlash interfaol seminar, trening, maxsus
maqsadli kurslarda, doimiy harakatdagi o’quv kurslarida, ayrim hollarda shaxsiy
dastur asosidagi mustaqil malaka oshirish jarayonida amalga oshiriladi.
Ularning interfaol metodlarni o’zlashtirishlari maxsus o’quv
guruhlarida
shakllanadi. Guruhlar va trenerlar bilan yonma-yon fasilitatorlar ish yuritadilar.
Shu munosabat bilan fasilitator kim? Uni funksiyalari nimalardan iborat degan
savolga javob berish zaruriyati tugiladi.
67
Fasilitator davra suxbatlarini, munozara, mo’shoira, debat, seminar, treninglarni
olib boruvchining - yordamchisidir.
Uning maqsadi - guruhda guruh a’zolarini kuyalash-ko’tatlash, oldida turgan
vazifani bajarishga yunaltirishir. U guruh a’zolarining shaxsiy va kasbiy
rivojlanishlariga kulay muxit yaratib beruvchi shaxe. Fasilitator guruhlarda o’zaro
borayogan mulotkot jarayonii olib boruvchidir.
Fasilitator guruhda ishni tashkil etishda, olib borishda jarayonning samaradorligini
ta’minlaydi. Uning vazifasi guruhda hamkorlikni, hamfikrlikni, ijodiy muxitni
yaratish, guruhni jipslashtirish va vaqt reglamentini bopщarish. Fasilitator
guruhlarni bir-birini qo’llab-kuvvatlashga, o’zaro yordam berish muxitida ish
yuritishga yo’llovchidir.
Guruhlarda ishning muvaffakiyatli kechishi, sessiyalarda ishning jonli
muloqotlarga boy bo’lishi fasilitatorning faolligi yoki befarqligi bilan belgilanadi.
Guruhlarda sessiyalarni olib borishda ko’p kirrali ishlar yo’lga kuyilishi kerak,
ruxiy holatni boshqarish, vaziyatlardan chiqa olish, ko’pchilikning diqqat-e’tiborini
yunaltira olish, torta olish bilan belgilanadi.
Guruhlarda ish olib borish jarayonida uning funksiyalari quyidagicha bo’lishi
ishning muvaffakiyatli kechishiga olib keladi:
Birinchi. U faoliyatga dirijyorlik qiladi. Guruhdagi har bir a’zoni
payqashi, rivojlantirishi, eng kichiq g’oya o’rtaga tashlansa ham darhol uni
qo’llashi kerak. E’tiborni kam tashabbusli a’zoga qaratib hammani shu g’oyani
rivojlantirish, xulosalarga kelishga undaydi.
Ikkinchi. Bu faoliyat fasilitatordan "bashorat" qila olish qobiliyatini
talab etadi. Ya’ni guruhdagi tugilayotgan vaziyatni payqay olish, kiska vaqtda
masalani yechimi tomon burish. Erkin fikr yuritishga, tortinmasdan o’z g’oyalarini
ayta olishga yo’llaydi.
Uchinchi. Fasilitator vaqt kelganda (rakkos) uyinchi hamdir. Ya’ni
guruh ishini dadil, kurkmasdan o’z ketidan ergashtirishi kerak. Guruhdagi
vaziyatni sekinlashtirish, tezlashtirish, jonlantirish, goxo ilgari ko’zda tutilgan
68
ssenariyadan chiqishga ham borish mumkin. Tinib-tinchimay olga bosish uning
shioriga aylanmogi zarur.
To’rtinchi. Tinib tinchimaydigan, izlanuvchan fasilitator tajriba sinov
ishlarini yo’l-yo’laqay yecha oluvchi, kerak bo’lsa ilgari uchramagan, ko’zda
tutilmagan yo’llarni izlab topib nestandart yo’llar bilan mantiqan o’ylab katta
g’oyalar yechimini topa oluvchidir.
Beshinchi. Olmosdek qayralgan inson sifatida guruhdagi ish jarayonini
biror kichiq g’oya tanlash, kutilmagan biror savol tashlash orqali sifatli, samarali
kechishga yunaltiradi, maqsadga erishadi. Guruhda ijodiy, innovasion faoliyat
yarata oladi.
Oltinchi. Guruh ishining borishida u aktyorlik funksiyasini bajaradi.
Agar fasilitator jarayonga jon jaxdi va butun vujudi bilan kirishsa guruh ishi
jonlanadi, uygonish intilish holatlari sodir bo’ladi.
Yettinchi. Fasilitator guruh ishlayotgan muxit ximoyasida bo’lishi
kerak. Guruhda ishlash jarayonida, a’zolar tomonidan bildirilayotgan g’oyalar
(xatto u juda arzimas bo’lsa ham) qo’llab-kuvvatlanib, e’tirozsiz ish tutilsa, guruh
ishi muvaffakiyatli kechadi. Har bir aytilgan fikr va g’oyani rivojlantirib, asosiy
yechim tomonga boriladi, guruhda yomon g’oya yo’q - unda biror fikr bor.
Sakkizinchi. Fasilitator qonun va qoidalar xizmatchisi. Un dan
ishchanlik uyinlari jarayonida guruhlarda o’rnatilgan qoidalar, reglamentlarga
kat’iy rioya ki lishni yo’lga kuyish talab etiladi.
Yuqorida biz eslatib o’tayotganimizdek darsning maksad, vazifa, pirovard
natijalari oldindan rejalashtiriladi va o’quvchiga ma’lum qilinadi.
69
Xulosa
O’rta Osiyo haqidagi, Amudaryo va Sirdaryo bo’ylari, bu ikki daryo
oralig’idagi ro’y bergan antik davr voqyealariga doir aniq ma’lumotlarni yunon va
rim manbalaridan topamiz. Bu manbalar biz uchun nixoyatda bebaho asardir. O’rta
Osiyo haqida hikoya qiluvchi grek va Rim adabiyoti namunalarini varaqlasak, Urta
Osiyo xalqlarining madaniyati juda qadim zamonlardayoq o’ziga xos ravishda
rivojlanganligining guvohi bo’lamiz. Bunday og’zaki ijod namunalari bo’lmish
«To’maris» afsonasi Gerodotning «Tarix» asaridan, «Shiroq» afsonasi esa
Polienning «Harbiy hiylalar» kitobidan salmoqli o’rin egallagan. «Greklar
o’zlarining antik davrlari bilan, kishilikning mukammal va mumtoz namoyandalari
sifatida, butun kishilik jamiyatining qadimgi davrini ifoda qiladilar.
Antik davrlarni o’rganishimizda yolg’iz arxeologik qazilmalar kifoya
qilmaydi, faqat ularning o’zi bilangina qanoatlanmaymiz. Bu qadim topilmalar
g’oyat go’zal va qanchalik noyob bo’lmasin, biz ularning faqat tashqi shakliga
qarab fikrlaymiz, taxmin yuritamiz. Biz antik davrlarda yashagan
bokalonlarimizning timsoliy shaklini emas, jonli hayotini ko’rgimiz, ular bilan
dardlashgimiz keladi. Hozirgi daryolar, shaharlar, tog’lar antik davrda ham xuddi
shunday bo’lganmi, ularni o’z ko’zimiz bilan ko’rsak deymiz. Buning imkoni
bormi? Axir, bu haqda hyech bir yozma manbaga ega emasmizku? To’g’ri, antik
davrdan bizga yozma «guvoh» yetib kelmagan. Qadim ajdodlarimiz haqida
«so’zlovchi» shaharlarning qoldiqlari, go’zal san’at obidalari, bebaho arxeologik
topilmalar mavjud. Shu bilan birga, bizgacha noyob yunon-rim adabiyoti
namunalari ham yetib kelgan. Ushbu manbalarni o’qir ekansiz biz avlodlar qalbini
bir bebaho boylik o’ziga asir etadi.
Jahonda grek adabiyotidan ma’naviy oziq olmagan bironta adabiyot
topilmasa kerak. Antik dunyoning badiiy go’zalligiga asos solgan Homer ijodigina
emas, shu bilan birga, Esxil, Sofokl, Evripid va Aristofan kabi so’z
san’atkorlarining nodir adabiy durdonalari ham bitmas-tuganmas badiiy estetik
zavq manbaidir.
70
Gesiod, Gerodot, Fukidid, Ksenofont kabi tarixiy nasrni go’zal sahifalar
bilan boyitgan ulug’ iste’dodlarning mo’tabar nomlari ham biz uchun g’oyat
qimmatlidir. Bu adiblarning asarlarida antik o’tmishning o’ziga xos qirralarini
kuzatamiz.
Antik dunyoning yana bir go’zal badiiy sahifasi bo’lmish Rim adabiyoti ham
yunon adabiyotidan oziq olib, uning ta’sirida rivojlandi, taraqqiy etdi. Shuning
uchun ham Italiyada san’at mislsiz darajada yuksaldi, bu yuksalish go’yo qadim
klassik zamonning shu’lasi bo’ldi—deyish mumkin. Antik davrning so’nggi
bosqichi hisoblangan Rim adabiyoti ham insoniyatga olam-olam ma’naviy
boyliklar in’om etdi. Ularda Aleksandrning harbiy yurishlari, uning oyogi yetgan
joylar tasviri, jang tafsilotlari batafsil bayon qilinadi. «Kundalik» da Aleksandrning
o’limidan keyingi qarama-qarshiliklarga boy bo’lgan sosial hayot, o’zaro toj-taxt
uchun kurash harakatlari ham yorqin ifodalangan.
Biz uchun qimmatli sanalgan bu «Kundalik» ning mualliflari Ptolomey bilan
Aristobul kim edi, degan savolning tug’ilpshi tabiiy. Bu ikki zotning o’z
«Kundalik» lari bo’lgan. Ular o’z ko’zlari bilan ko’rgan, bevosita o’zlari guvoh
bo’lgan voqyealarni qalamga oladi.
Ptolomey ham, Aristobul ham O’rta Osiyoda bo’lgan. Bu ikki adib O’rta
Osiyoning antik davrlarndagi Girkaniya, Parfiya, Marg’iyona, Baqtriya, Xorazm,
So’g’diyona mamlakatlariga safar qilishgan. Uchta yirik davlat — Baqtriya,
So’g’diyona, Xorazmda yashaganlar. Bu yerdagi elatlarni o’z ko’zi bilan ko’rgan,
ularning madaniy xayoti bilan yakindan tanish bo’lgan. Gurgong’op, Murg’ox,
Qunduz, Araks, Yaksart, Oks, Politimet daryolarni kechib o’tib, ularning vohasini
kezgan. Bu haqda ular-o’z “Kundalik” larida qiziqarli badiiy lavhalar keltirishgan.
Ona yurtnmizning antik davrini o’rganishda mana shu ikki zotning ijodi
g’oyat muhim rol o’ynaydi. «Kundalik» da tasvirlagan voqyealar anik, joylar nomi
konkret, jug’rofiy holatlar jonli lavxalarda ifodalangan. Hatto «Kundalik»da
berilgap tabiat manzaralari xam bizga tanish. Ayniqsa, hozirgi Uzbekiston
hududini tasvirlaganda bizning qalbimizga yakin bo’lgan bo’yoqlarni ko’ramiz.
71
Adabiyotlar
1. Karimov I. A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida xavfsizlikka tahdid va
barqarorlik shartlari. T., O’zbekiston, 1997.
2. Karimov I. A.Tarixiy xotirasiz kelajak yuq .T.,1998,11 b.
3. Karimov I.A.. O’zbekistonnning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li //
O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 1. – T.:
O’zbekiston, 1996. – 39 b.
4. Karimov I.A.. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard
maqsadimiz // Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard
maqsadimiz. T.8. – T.: O’zbekiston, 2000. – 331-332 b.
5. Asqarov A. O’zbekiston tarixi (eng qadimgi davrlardan eramizning V
asrigacha) T, 1994.
6. Ahmedov B. O’zbekiston tarixi manbalari, Toshkent, 1991.
7. Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. T, 1994.
8. Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. Toshkent, 2000.
9. Ashirov A. “Avesto”da meros marosimlar. T., 2001. –B. 10
10. Abdullayev K.A. Kult xaomы v drevney Sentralnoy Azii.. –Samarkand.:
Mejdunarodnы Institut Sentralnoaziatskix issledovaniy 2009, –S. 20,56
11. Asqar Maxkam, Avesto Tarixiy – adabiy yodgorlik. Toshkent, 2001.
Boynazarov F.O’rta Osiyoning antik davri. T., O’qituvchi 1991, 29b.
12. Gerodot. Istoriya v devyati knigax.Kniga chetvertaya. M.,1985,219-232 s.
13. M.Isxokov. «Avesto». Yasht kitobi. Toshkent 2001.
14. Sagdullayev A.A. O’zbekiston tarixi. – T.: Universitet, 1999, 43 b.
15. Boynazarov F.O’rta Osiyoning antik davri. T., O’qituvchi 1991, 29b.
16. Gerodot. Istoriya v devyati knigax.Kniga chetvertaya. M.,1985,219-232 s.
17. Strabon. Geografiya. V semnadsati knigax. Kniga sedmaya, glava shestaya.
Tipografi Ris. Uyazsk. ., 1979 512 s.
72
18. Xo’jayev A.,Xo’jayev K. Qadimgi manbalarda xalqimiz
o’tmishi.T.,Ma’naviyat
19. Muhammadjonov. A. O’zbekiston tarixi, Toshkent, 1994.
20. Karimov Sh., Shamsutdinov R. Vatan tarixi, Toshkent, 1997.
21. Hidoyatov G. A. Mening jonajon tarixim. T, 1992.
22. Sentralnaya Aziya v Kushanskuyu epoxu, T. 2, Moskva, 1974
Elektron resurslari:
1. www. tdpu.uz
2.www.pedagog.uz
3.www.Ziyonet.uz
4.www.edu.uz
5.tdpu-INTRANET.Ped.
6.
www.grain
. Ru
7.
www.plant
protection.com
Do'stlaringiz bilan baham: |