O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti «biologiyа» kafedrasi



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/105
Sana20.06.2022
Hajmi2,18 Mb.
#678597
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-Embriologiya va gistologiya

Kerakli jihozlar:
 
baqaning rivojlanish bosqichlari ifodalangan tablitsalar. 
Ishning borishi: 
Baqaning embrional rivojlanishi haqida ma’lumotlar berish. 
1-2 turdan tashqari barcha tur baqalar tuxumlarini suvga qo‘yadi. Urg‘ochi baqalar 
1000-10 000 tagacha tuxum qo‘yadi. Suvda tuxumni o‘rab turuvchi shaffof, studyontli qobiq 
shishidi vabarcha qo‘yilgan tuxumlarning hajmi g‘oyat ortib ketadi. Spermatazoidlar tuxum 
ichiga shishish boshlanishiga qadar kiradi. Bo‘linish to‘la bo‘lsada. 
tekis bormaydi. Amfibiyalarda bo‘linish lantsetniklarning tseloblasto‘lasidan butunlay farq 
qiladigan amfiblasto‘la hosil bo‘lishi bilan Yakunlanadi. Uning blastotseli animal qutbga 
siljigan, devori ko‘p qatorli bo‘ladi. Amfibiyalarda gastrulyatsiya jarayoni lantsetniklarnikiga 


91 
o‘xshash bo‘ladi, lekin tuxumning tuzilish xususiyatlari ta‘siri ostida kuchli o‘zgaradi. Bu 
esa bo‘linishning teng bo‘lmasligiga olib keladi. Gastrulyatsiya entodermal matiral zonasida 
O‘roqsimon egatcha shaklida ozgina botib kirishning paydo bo‘lishi bilan boshlanadi. 
O‘roqsimon egatchaning paydo bo‘lishi hujayraviy materialning sirtdan embrion ichiga 
ko‘chib o‘tishi boshlanganligini bildiradi. Amfibiylarda entodermali qismda sariqlikning 
ko‘p miqdorda bo‘lishi undan mezodermaning o‘zilishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun 
bularda ichga botib kirish faqat entoderma materialining ichga kuchishiga sabab bo‘ladi; 
xorda - mezodermali qism blasto‘la ichiga anchagina murakkab kayrilish va o‘sish 
protsesslari orqali harakatlanib kiradi. 
Gastulyatsiya jarayoni tugashi bilan nerv sistemasi materiali nerv plastinkasi shaklida 
embrionning orqa qismida joylashadi, Uning yirik, baland hujayralari o‘rab turuvchi 
qoplag‘ich ektodermaning anchagina mayda hujayralardan keskin farq qiladi. 
Nerv nayi hosil bo‘lishi bilan bir vaqtda embrionning ichki qismlarida o‘zgarishlar 
yo‘z beradi. Ular mezoderma materialida xususan muhim bo‘ladi. U ikki qismga: orqa va 
qorin qismlarga bo‘linadi. Qorin mezodermasiga nisbatan kattarok bo‘lgan orqa 
mezodermasi sigmyontlarga - somitlarga bo‘linadi. Qorin mezodermasi sigmyontlanmaydi. 
Somitlarning rivojlanish vaqtida unda turli to‘qimalarga differensiallanuvchi bo‘limlar 
ajraladi: o‘rta bo‘lim - miotomdan skelet muskulaturasi, tashqi va ichki bo‘limdan
mezyonxima – embrion biriktiruvchi to‘qimasi rivojlanadi. Somitning ichki qism 
mezyonxima hujayralari xorda, nerv nayi va entoderma orasida joylashib, sklerotomni hosil 
qiladi. Undan o‘q skelet va biriktiruvchi to‘qimaning anchagina qismi rivojlanadi. 
O‘zgarishlar yon tomon mezodermal plastinkalarda ham sodir bo‘ladi. Mezodermaning 
differensiallaniShuvi bilan birga ichak shakllanadi. Nerv valiklarining jipslashgunicha 
embrion yumaloq shaklda bo‘ladi. Lekin nerv nayining botishi bilan uning tashqi shakli 
o‘zgaradi va undan shakllangan embrion hosil bo‘ladi. 
Topshiriq: 
1) Tablitsalardagi rasmlar orqali baqaning embrional rivojlanish bosqichlarini ketma- ket 
o‘rganib chiqing. 
2) Baqa blasto‘lasi bilan lantsetnik blasto‘lasini bir – biriga taqqoslang. 
3) Huddi shunday gastrula jarayonini ham taqqoslab, ular o‘tasidagi farq nima hisobiga 
yuzaga kelishini aniqlang. 
4) Neyrula jarayonining borishini o‘rganib chiqing. Undagi nerv plastinkasi, xorda va 
miotomlarning joylashishiga e‘tibor Bering. 
5) Nerv, xorda, ichaklar, nafas olish sistemasi, ovqat hazm qilish sistemasi, qon aylanish 
sistemasi a‘zolari va muskullarning qaysi embrional varaqlardan hosil bo‘lishini ayting. 
6) Rasmlarni albomga chizib oling. 

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish