36
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
– saylovlar bo`yicha amaliyot 4 oyga yaqin.
Ko`rsatilgan davr davomida amaliyotchi talaba ixtisoslik yo`nalishini tanlash huquqiga ega
1
.
Tadqiqotchilarning fikriga ko`ra, qayd etib o`tilgan amaliyotni o`tash tizimi kelgusida
huquqshunoslikning turli sohalarida faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishda amaliy tajriba bo`lib
xizmat qiladi. Amaliyot tugaganidan keyin talaba birinchi davlat imtihoniga o`xshash jarayondan iborat
bo`lgan ikkinchi davlat imtihonini topshiradi. Ushbu imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan talabalar
Germaniyada “to`liq huquqshunoslar” (“Volljurist”) deb nomlanib, ular yurisprudensiyaning barcha
sohalarida faoliyat olib borishlari mumkin. Germaniyada huquqshunoslik sohasida ta’lim olish jarayoni
uzoq davrni qamrab olgan bo`lib, bu faqatgina nazariy bilimlarni egallash bilan cheklanib qolmay,
amaliy ko`nikmalarni ham puxta, chuqur egallashlari uchun xizmat qiladi. Bu bilan nemislar o`zlarini
yuqori malakali, o`z kasbini mukammal egallagan professional mutaxassislar bilan ta’minlab boradilar.
Ta’kidlab o`tilganidek, Germaniya oliy ta’lim tizmini modernizatsiyalashning o`ziga xos jihatlari
shundan iboratki, huquqshunoslik sohasida oliy ma’lumotli bo`lish ta’limi an’anaviy ikkita davlat
imtihonini topshirish va ikki yillik amaliyotni o`tish tizimiga asoslangan. Shu bilan bir vaqtda, Germaniya
oliy o`quv yurtlari tomonidan xorijiy talabalar uchun huquqshunoslik sohasida magistrlik darajasini
olish bo`yicha ta’lim dasturlari taklif etilgan. Ta’limni muvaffaqiyatli tugatganlarga huquq magistranti
darajasi beriladi. Germaniyaning barcha oliy o`quv yurtlarida magistraturaga kirish talablari bir xil
bo`lib, avvalo, talabgor huquqshunoslik sohasida oliy ma’lumotga ega bo`lishi, nemis (yoki ingliz) tilini
bilish darajasi bo`yicha xalqaro sertifikatga ega bo`lishi lozim.
Germaniyada magistrlik darajasini egallagan xorijiy mutaxassislarga dunyoda, xususan,
rivojlangan davlatlar tomonidan talablar ko`p. Bu quyidagi omillar bilan izohlanadi:
-
Germaniya oliy ta’limi dunyoning deyarli barcha mamlakatlari tomonidan tan olinadi;
– ta’im berish faqatgina nemis tilida emas, balki ingliz tilida ham olib boriladi.
Biroq, nemis tilida o`qish to`lovsiz bo`lib, bu Germaniya fuqarolarining magistraturada ta’lim
olishi uchun xizmat qiladi. Zero, ta’limni moliyalash masalasi chet el talabalari uchun mamlakatni va
o`qish joyini tanlashda muhim sanaladi. Germaniyada turli tashkilotlar (Germaniya akademik almashuv
xizmati – DAAD) va fondlar (masalan, Genrix Byoll nomidagi Fond, Aleksandra fon Gumboldta nomidagi
Fond va b.) tomonidan ta’lim moliyalashtirib boriladi.
Oliy ta’limda tahsil oluvchilarni moliyaviy ta’minlash magistraturaga ham taalluqli bo`lib, magistr
darjasiga ega bo`lish bilan doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish huquqini olish mumkin.
Xulosa sifatida oliy ta’lim tizimini isloh qilish bo`yicha Germaniya tajribasini ijobiy baholash
mumkin. Mazkur jarayon, birinchidan, zamonaviy talablarga mos yangilangan o`quv dasturlarini
tayyorlash ikki bosqichli oliy ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich o`tish imkonini berib, bu an’anaviy
o`quv kurslari mazmunini yangi talablarga uyg`unlashtirib, oliy ma’lumot olishga xizmat qiladi,
shuningdek, talabalarning manfaatlarini birlashtiradi. Ikkinchidan, oliy ta’limni isloh qilish jarayonida
nafaqat universitetlar, balki turli xil xususiy kompaniyalar ham ishtirok etishini e’tiborga olishni
belgilaydi, chunki korxonalar o`z bo`limlarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlashdan
manfaatdor. Ushbu yondashuv yosh mutaxassislarni ishga joylashtirish muammosini hal qiladi. O`z
navbatida, mamlakatimizda oliy ta’lim tizimida va oliy ta’lim tizimidan keyin oliy malakali
mutaxassislarni tayyorlashda jahon andozalari, xususan, Yevropa ta’lim tizimi asosida milliy oliy ta’lim
takomillashtirib borilar ekan, bu jarayonda faqatgina o`z imkoniyatlarimizni tadqiq etish bilan
chegaralanib qolmasdan, Boloniya jarayoniga kirgan mamlakatlar ta’lim tizimi mazmunini o`rganish
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu milliy oliy ta’limda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida vujudga
keladigan muammolar yechimi bo`yicha ijobiy javob topish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: