402
amaliyot o’tkazish hali ham xavfli hisoblanadi. Chunki operatsiya ko’pgina
hollarda o’limga olib kelishi mumkin. Odatda, yurak ko’chirib o’tkazilgandan
keyin 5-7 yil xizmat qilib bera oladi. Lekin, bu borada ham navbat kutayotganlar
kamayayotgani yo’q. Chunki hamma ham bir nafas bo’lsada ko’proq yashashni
xohlaydi.
Yurak transplantologiya bozorida eng qimmat organlardan bo’lib, Evropada
250 ming dollar atrofida baholangan. Buyrak transplantatsiyasi ham muhim
transplantatsiyalardan hisoblanadi. Buyraklarni mashina yoki kvartiraga almashish
haqidagi hazillar asosga ega. Buyrak narxi Evropada 50-70
ming dollarga
baholanmoqda. Transplantatsiya amaliyotida bo’ladigan operatsiyalarning 70 % ini
buyrak ko’chirib o’tkazish amaliyotlari tashkil qiladi. Shundan kelib chiqib
donorlar ham buncha pulni so’rashlari ajablanarli emas. Inson bitta buyrak bilan
ham yashaydi, faqat bitta buyragi 75 % atrofida ishlashi kerak. O’pka-odam tanasi
bo’ylab kislorod etkazib beradigan muhim organ. Afsuski, keyingi paytlarda o’pka
kasalliklari ko’payib bormoqda, donorlar esa etarli emas. Chunki, odam o’lganidan
2 soat o’tganidan so’ng, o’pkadan foydalanish mumkin bo’lmay qoladi. Shuning
uchun, shifokorlar donorning o’pkasini ko’chirib o’tkazish jarayonida mo’jizakor
ravishda tez ishlashlari kerak. Bu a’zoning narxi qimmatligining sabablaridan biri
ham shunda. Ildiz hujayralari transplantalogiyasi saratonni davolashda keng
foydalaniladi. Ildiz
hujayralari juda qimmat turadi, sabablaridan biri shuki, mos
keladigan donor topishning o’zi ham katta muammo.
Mustaqil Respublikamizda 2018-yil 11-iyun kuni “Inson organlari,
to’qimalari va hujayralarini transplantatsiya qilish to’g’risida” gi qonun qabul
qilindi. Yangi qonunga ko’ra transplantatsiya amaliyotlari Akademik V.Vohidov
nomidagi
Respublika
ixtisoslashtirilgan
ilmiy-amaliy
jarrohlik
markazi,
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, Toshkent shahar nefrologiya
shifoxonasida amalga oshirilmoqda. Hukumatning mazkur qarorida kim donor
bo’la olishi yoki bo’la olmasligi masalasiga ham aniqlik kiritilgan.
Jumladan,
quyidagi yaqin qarindoshlar donor bo’lishi mumkin: ota-ona, tug’ishgan yoki
403
tutingan aka-uka va opa-singillar, er-xotinlar, farzandlari (shu jumladan, asrab
olinganlar), shuningdek er-xotinning ota-onalari. Lekin
ushbu yaqin qarindoshlar
18 yoshga to’lmagan, belgilangan holatda o’zini o’zi boshqara olmaydigan deb
topilgan, ozodlikdan mahrum qilingan, I va II guruh nogironlari, homilador ayollar
hamda narkomaniya, surunkali alkogolizm va toksimaniyadan azob chekayotgan
bo’lsa, ulardan transplantatsiya maqsadida buyrak yoki jigar bo’lagini olishga yo’l
qo’yilmaydi. Transplantatsiya bajarilganidan so’ng, donor va retsipient kamida uch
yil davomida profilaktik dispanser ko’rigi bilan ta’minlanadi. Yurtimizda o’zbek
va chet el shifokorlari hamkorligida birinchi marta jigar serroziga uchragan
bemorda jigar transplantatsiyasi amaliyoti amalga oshirildi. Amaliyotda 21
nafar
shifokor, 10 nafar o’rta tibbiyot xodimlari ishtirok etishdi. Operatsiya jarayoni
qariyb 15 soat davom etdi. Birinchi marta o’tkazilgan murakkab operatsiya
muvaffaqiyatli o’tdi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, hozirgi kunda jahonda rivojlanib borayotgan
transplantologiya operatsiyalarining Markaziy Osiyo davlatlaridan faqatgina
bizning respublikamizda amalga oshirilayotgani yurtimizda tibbiyot sohasiga katta
e’tibor berilayotganligining haqiqiy isbotidir.
Do'stlaringiz bilan baham: