Fotoenergetikada nanostrukturali yarimo‘tkazgich materiallar
II xalqaro ilmiy anjumani
19-20 noyabr 2021 yil
369
Diffuziya va dreyf oqimlar o'rtasida dinamik muvozanat o’rnatiladi va
zaryadlarning oqishi to’xtatiladi[2-3].
1-rasm. Deformasiyani o’lchash sxemasi
Deformatsiyaning o’lchash sxemasi 1-rasmda keltirilgan. Datchik - bu
resistor bo’lib, uning o'tkazgichi yopishtirilgan, yoki boshqa tarzda kuch bilan
deformatsiyalanadigan taglikka o’rnatiladi. Taglik bilan birgalikda unga qattiq
bog'langan
qarshilik
o'tkazgich
deformatsiyalanadi.
O'tkazuvchi
qatlam
deformatsiyalanganda uning uzunligi va kesimi o'zgaradi [3-4]. Shunga ko'ra,
uning qarshiligi ham o'zgaradi. Qarshilikni o'lchash bosim o'lchagichining
kuchlanishini taglikka qo'llaniladigan bosim bilan aniqlash mumkin.
Yarimo'tkazgichli
o’zgargichlarda
shunga
o'xshash
effekt
deformatsiyalanadigan metall qarshilikning o'zgarishi kuchlanish o'lchagichlarida
ishlatiladi (2 -rasm). Bu effekt tenzorezistiv effect deb ataladi.
2-rasm. Metall kuchlanish o’lchagich
Tenzodatchikning tenzosezgirlik koeffisienti G quyidagi ifoda bilan
aniqlanadi:
bu erda v - Puasson koeffisienti; ρ – solishtirma qarshilik va e
L
– bo’ylamaa
deformatsiya.
Birlik deformasiya bilan qarshilikning nisbiy o'zgarishi nisbati Δρ / ρeL
tenzoqarshilik deyiladi.
Fotoenergetikada nanostrukturali yarimo‘tkazgich materiallar
II xalqaro ilmiy anjumani
19-20 noyabr 2021 yil
370
Metalllar uchun tenzoeffekt taxminan 0,3 ga teng, va Puasson
koeffisientining odatda qiymati 0,5 bo'lsa, tensosezgirlikning oshishi taxminan 2
ga teng bo’ladi. Ammo kremniyda tenzoeffekt ko'rsatishi 100 dan ortiq bo'lishi
mumkin. Kuchlanish ta'sirini hisobga oladigan had sezuvchanlikni aniqlash
ifodasida dominant bo'ladi. Yarimo'tkazgichli tenzodatchiklar yordamida
tenzosezgirlikning qiymatini 150 gacha oshirish mumkin.
Yarimo'tkazgichli tenzodatchiklarning quyidagi afzalliklari bor:
zarur bo'lgan sezuvchi elementlarni sozlash oson;
ko'prik sxemasida sezgir o'lchov elementlarini rostlash oson;
kichik o’lchamga keltirish muammolari oddiy hal qilinadi;
kremniy texnologiyasi asosida ommaviy ishlab chiqarishni tashkil qilishimiz
mumkin;
Shuni ta'kidlash kerakki, har xil kristallografik yo'nalishlar turlicha tenzoeffekt
kattaligiga ega bo’ladi.
Yarimo'tkazgichli piezorezistiv qurilmalarning eng katta kamchiligi -
ularning sezilarli harorat sezuvchanligidir. Tenzoeffektga harorat katta ta'sir qiladi.
Bu qaramlik legirlash darajasining oshishi bilan kamayadi. lekin bunda
tenzoqarshilikning o'zi ham zaiflashadi. Shuni ham unutmaslik kerakki,
yarimo'tkazgichli materiallar qarshilikning katta harorat koeffitsienti bilan ajralib
turadi, shuning uchun ularda qarshilikning fluktuasiyasi kuzatiladi. Ikkala ta'sirni
ham kompensator sxemalarda, jumladan, ko’prik sxemalari yordamida kamaytirish
mumkin.
Tenzorezistiv o'lchagich datchigi odatda maxsus elastik konstruksiyaga ega
bo’lib, unga tenzodatchik va boshqa yordamchi qurilmalar o'rnatilgan bo’ladi.
Tenzodatchik o'lchagichining odatiy ulanish sxemasi 3 -rasmda ko'rsatilgan.
Kalibrlashdan so'ng, tenzodatchik o'lchagichining qarshiligini o'zgartirib, mumkin
qo'llaniladigan kuchga mutanosib bo'lgan deformatsiya darajasini hisoblash
mumkin bo’ladi.
3- rasm. Tenzodatchikning ulanish sxemasi
Do'stlaringiz bilan baham: |