O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/78
Sana16.06.2022
Hajmi2,16 Mb.
#677392
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   78
Bog'liq
umumiy va tarixiy geologiya (2)

Foiz-statistik
usulda o‘rganilayotgan qatlamdagi paleontologik 
qoldiqlarni matematik hisoblash orqali foiz miqdori aniqlanadi va eng 
yaxshi o‘rganilgan tayanch kesim bilan taqqoslanadi. Masalan, 
tekshirilayotgan qatlamda a) tur 5 foiz; b) tur - 15 foiz; d) tur - 50 foiz; e) 
tur - 18 foiz; f) tur - 12 foizni tashkil qiladi deylik. O‘rganilayotgan 
qatlam umumiy turlari eng ko‘p bo‘lgan v) qatlami bilan taqqoslanadi. 
Qatlam va pachkalar maxsus ishlab chiqilgan o‘xshashlik koeffitsiyentlari 
orqali solishtiriladi. 
Foiz-statistik usul unchalik yaxshi ishlab chiqilmaganligi tufayli 
stratigrafik masalalarni hal qilishda boshqa usullar bilan birgalikda 
qo‘llaniladi. 
Floristik
usul asosan mikroo‘simliklar va ularning spora-
gulchanglarini tahlil qilishga asoslanadi. Ma’lumki o‘simliklar spora va 
gulchanglari o‘zining nihoyatda mustahkam va chidamli bo‘lgani uchun 
turli yotqiziqlarda qazilma holda juda yaxshi saqlanadi. Ular hattoki 
quyuqlashgan kislota va ishqorlarda ham erimaydi. Suv va shamol orqali 
Yer shari bo‘ylab katta masofalarga olib ketilishidan xilma-xil 
yotqiziqlarda uchraydi. Ayniqsa spora va gulchanglar kontinental va 
qirg‘oqoldi dengiz yotqiziqlarida ko‘p; shuning uchun ham spora 
gulchang tahlili kontinental yotqiziqlar yoshini aniqlabgina qolmay, balki 
ularni dengiz yoki laguna yotqiziqlari bilan taqqoslashga ham imkon 
beradi. Bu esa uning boshqa usullardan afzalligidadir. 
Bu usulda o‘simliklar spora va gulchanglarining tuzilishi, ularning 
davr mobaynida o‘zgarishi o‘rganilib, tog‘jinslarida spora-gulchang 
majmualari ajratiladi; o‘sha davrda Yer yuzasini qoplagan o‘simlik turlari 
aniqlanadi. Bu usulda ham hudud stratigrafiyasi ishlab chiqiladi, 


72 
stratigrafik kesimlar taqqoslanadi va o‘tgan geologik davrlarning fizik-
geografik sharoitlari qayta tiklanadi. 
Spora-gulchang usuli ham kamchiliklardan holi emas. Umuman bu 
usul hozirgacha mukammal ishlab chiqilmagan. Chunki, birinchidan, 
ayrim o‘simliklar spora va gulchanglari qazilma holda butunlay 
uchramaydi, ikkinchidan, spora va gulchanglar Yer yoriqlari orqali 
qadimiyroq tog‘jinslari orasiga tushib qolishi mumkin va yoshni noto‘g‘ri 
aniqlashga olib kelishi mumkin. Bunday stratigrafik tadqiqotlarda 
nihoyatda sinchkovlik bilan ish olib borilishi kerak. 
Umuman paleontologik usullar o‘z afzalliklariga qaramasdan nisbiy 
yosh aniqlashda universal emas. Chunki Yer po‘stining ko‘p hududlarida 
organik qoldiqlar uchramaydigan metamorfik, intruziv va effuziv 
jinslardan tashkil topgan. Hatto cho‘kindi jinslar ichida ham 
paleontologik 
qoldiq 
uchramasligi 
mumkin. 
Bunday 
qatlamlar 
paleontologik jihatdan “soqov” yotqiziqlar de-yiladi va ularning nisbiy 
yoshi nopaleontologik usullar bilan aniqlanadi. 

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish