O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/78
Sana16.06.2022
Hajmi2,16 Mb.
#677392
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   78
Bog'liq
umumiy va tarixiy geologiya (2)

Yetakchi muhim shakllar usuli.
Stratigrafiyaga kiritilgan birinchi 
paleontologik usul bo‘lib, XIX asr boshlarida birinchi marta Angliyadagi 
yura yotqiziqlarini ajratish va taqqoslashda V.Smit qo‘llagan. Bu usul 
o‘tgan asr o‘rtalarida nemis paleontologi G.Bronn tomonidan yetakchi 
muhim shakllar tushunchasi kiritilgandan so‘ng ilmiy asoslandi. G.Bronn 
umurtqasiz hayvonlarning yetakchi shakli birinchi atlasini tuzdi. 
Yetakchi muhim shakllarga qisqa vaqt ichida katta maydonlarda 
ko‘p tarqalgan o‘simlik va hayvon qoldiqlari kiradi. Ular yaxshi saqlanib 
qolgan va o‘ziga xos oddiy tuzilishga ega. Shuning uchun ularni osongina 
aniqlash mumkin. Yuqorida qayd qilingan talablarga javob beruvchi 
organizmlarga, ammonit, belemnit, trilobit, graptolit, foraminiferalar 
taa’lluqli. Masalan, ammonit Sardiosegas sordatum yuqori yuraning 
oksford yarusi (J
3
O) uchun yetakchi hisoblanadi; belemnit
Velemnetella mucronata - yuqori bo‘r kampan yarusi (K
2
km) 
uchun, Shoristites mosquensis g‘icher - o‘rta karbon moskov yarusi (C
2
m) 
uchun, Obolus apollinis Еichwald - ordovikning tremadok yarusi (O
1
t) 
uchun yetakchi va h.k. 
Usulning mazmuni shundan iboratki, qatlamda uchragan hamma 
qazilma organizmlardan yuqorida keltirilgan talablarga javob beruvchi 
hamda shu qatlamga xos organizmlarning 2-3 turlari tanlab olinadi. 
Tanlab olingan turlar qatlam uchun yetakchi hisoblanadi. Ajratilgan 
yetakchi shakllar tarkibiga yaqin bo‘lgan yoki aynan o‘xshash shakllar 
qazilma organizmlar uchraydigan boshqa hamma qatlamlar bir yoshli deb 
qabul qilinadi. 
Mazkur usul oddiy bo‘lgani uchun keng qo‘llanila boshlandi. Hozir 
ham tog‘jinslari yoshini aniqlashda va kesimlarni taqqoslashda undan 
ko‘p foydalaniladi. Lekin ayrim kamchiliklari uning imkoniyatlarini 
chegaralab qo‘ygan. Har qanday organizm ma’lum bir o‘ziga xos fizik-


69 
geografik sharoitlarda yashagani uchun uning tarqalishi bir xil emas. 
Turlar 
bir 
vaqtning 
o‘zida ham dengizda, ham kontinentda 
yasholmaydilar. Binobarin, kontinent yoki dengiz havzasining hamma 
yerida sharoit bir xilda bo‘lmaganligi tufayli organizmlarning tarqalishi 
bir tekis emas. Shuningdek, organizmlar bir vaqtning o‘zida paydo bo‘lib, 
hamma yerni egallab ololmaydilar. Ular Yer kurrasida ma’lum bir vaqt 
mobaynida tarqaladilar. Bunday tarqalish ko‘p sharoitlarga, jumladan, 
to‘siqlarga 
bog‘liq. 
Fizik-geografik 
sharoitlarning 
o‘zgarishi 
organizmlarni yanga joylarni o‘zlashtirishga undaydi, shuning uchun 
yetakchi tur har xil joylarda turli stratigrafik holatni egallashi mumkin
ya’ni bir xil yetakchi shakllar har xil yoshdagi qatlamlarda uchraydi. 
Fizik-geografik sharoit o‘zgarishi yoki fatsiya siljishi bilan 
organizmlar ham o‘z joylaridan ketadilar va ma’lum vaqtdan so‘ng 
sharoit yana tiklansa avval yashagan joylariga qaytib kelishlari mumkin. 
Bunday holning, ya’ni bir yetakchi shaklning kesimda bir necha bor 
stratigrafik yuzada takrorlanishi rekurrentsiya deyiladi; bu holat sharoit 
o‘zgarishiga ko‘ra orgnizmlar migratsiyasiga bog‘liq. Shuning uchun 
geologik yoshni aniqlash va taqqoslashda yetakchi shakllar usulidan 
foydalanganda boshqa usullar bilan birga olib borish maqsadga 
muvofiqdir. 

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish