O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


Yupiter - “qizil dog‘” li o‘lkan sayyora



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/78
Sana16.06.2022
Hajmi2,16 Mb.
#677392
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   78
Bog'liq
umumiy va tarixiy geologiya (2)

Yupiter - “qizil dog‘” li o‘lkan sayyora 
 
Quyosh sistemasining planetalari ichida eng kattasi hisoblangan 
Yupiter, tabiati va tuzilishiga ko‘ra, jumboqlarga boyligi bilan 
astronomlar diqqatini o‘ziga jalb yetadi. YupitYerning o‘rtacha radiusi, 
Yer radiusidan qariyb 11 marta katta bo‘lib, 69 ming 150 kilometrni 
tashkil qiladi. Bu gigant planeta 778 million kilometr masofada Quyosh 
atrofida aylanadi. Planetaning Quyosh atrofida aylanish tezligi sekundiga 
13 kilometr bo‘lib, 12 -yilda bir marta aylanib chiqadi. Boshqacha 
aytganda, Yerdagi 60 yoshli odam Yupiter -yili bilan endi 5 yoshga 
to‘lgan bo‘lur edi. Qizig‘i shundaki, YupitYerning o‘z o‘qi atrofida 
aylanishi, yer tipidagi planetalar aylanishlaridan farq qilib, ekvator qismi 
tezroq - 9 soatu 50,5 minutli, o‘rtacha qatlamalari esa sekinroq - 9 soatu 
56 minutli davr bilan aylanadi. 
Yupiter atmosferasida SO
2
va SO
2
kabi molekulyar birikmalarning 
topilishi astronomlar uchun “syurpriz” bo‘ldi, chunki vodorodli 
atmosferada karbonat angidrid tez parchalanishi kuzatiladi va shuning 
uchun ham olimlar mushtariyning atmosferasida uni kutmagan edilar. 
Gigant sayyora atmosferasida suv bug‘larining topilishi ham katta 
voqea bo‘ldi, chunki Yerdan kuzatiladigan planetaning bulutli 
qatlamlaridagi minus 120-130 gradusdan past haroratda suv bug‘lari 
doimo muz holatidagina bo‘lishi mumkin deb taxmin qilinar edi. 
Yupityerni infraqizil nurlarda o‘rganish, boshqa planetalardan farqli 
o‘laroq u o‘zidan, Quyoshdan olgan energiyasidan qariyb ikki yarim 
barobar ko‘proq energiyada nurlanishini ma’lum qildi. Shu munosabat 
bilan amerikalik taniqli planetalar tadqiqotchisi D.J.Koyper Yupiter 
markazida ham Quyosh va yulduzlardagi kabi energiyaning termoyadro 
manbai mavjud degan xulosaga keldi. Boshqacha aytganda, Yupiter 


28 
planetalardan ko‘ra yulduzlarga “qarindosh” degan nazariyani berdi. 
Biroq keyingi -yillarda olingan materiallar fonida bu gipoteza o‘zini 
oqlamadi. 
Yupiterdan 278 ming kilometr naridan o‘tgan AQSH ning “Voyajer-
1” avtomatik stansiyasi mushtariy va uning yo‘ldoshlariga tegishli talay 
yangiliklarni ochdi. “Voyajer” olgan rasmlarda planetaning 30 ming 
kilometrga cho‘zilgan qutb yog‘dusi va atmosferasida 17 marta razryadi - 
yashinni eslatuvchi chaqnash kuzatildi. Planeta sirtidan 57 ming kilometr 
balandlikda kengligi 8 ming 700 kilometr, qalinligi 30 kilometrdan katta 
bo‘lmagan, Saturnnikiga o‘xshash halqasi borligi ma’lum bo‘ldi. 
Olimlarning aniqlashicha, bu halqa kattaligi bir necha metrdan bir necha 
yuz metrgacha boruvchi toshlardan va muzdan tashkil topgan.
Avtomatik stansiya sayyoraning yo‘ldoshi yonidan eng Yaqin (19 
ming km) masofadan o‘tib, uning sirtida ayni paytda “ishlayotgan” 
vulqonni (balandligi 160 km), bir necha yuz kilometrga cho‘zilgan tog‘lar 
va jarliklarni kuzatdi. Ganimed va Kallisto sirtida ko‘ringan o‘nlab 
yorug‘dog‘lar esa, aftidan, kraterlar bo‘lsa kerak deb taxmin qilindi. 
Kallistodagi kraterlardan biri bir necha konsentrik tog‘ halqalari bilan 
o‘ralgan bo‘lib, ayrim joylarda bu tizimlarning oralig‘i 1 ming 600 
kilometrgacha yetadi.
Garchi oxirgi -yillarda o‘lkan sayyora mushtariy va uning 
yo‘ldoshlariga tegishli anchayin asriy sirlar “fosh” bo‘lgan bo‘lsada, hali
yana bir necha o‘n -yilga yashiringan muammolar unda mavjud. Bu 
“tilsim” lar o‘z sirlari bilan o‘rtoqlashishi uchun navbatdagi kosmik 
stansiyalarni kutadilar. Biroq shuni aytish kerakki, bunday kosmik 
apparatlarning qo‘ndirilishiga gigant Yupiter uncha ro‘yxushlik 
bermasada, uning yirik yo‘ldoshlari juda “mehmon” do‘stdirlar. 
Saturn 
Sayyora qadimgi rimning vaqt va taqdir xudosi Saturn nomi bilan 
ataladi. Bu planeta sharqda Zuhal, greklarda Kronos nomi bilan yuritiladi.
Saturn kattaligi jihatidan faqat Yupiterdan keyin turadi, uning 
diametri 120 ming 800 kilometr, Quyoshdan o‘rtacha uzoqligi 9,5 
astronomik birlik, ya’ni quyoshdan 1 milliard 427 million kilometr narida 
yotadi. 
Ekvator zonasining aylanish davri 10 soatu 14 minut bo‘lgani holda, 
qutbga yaqin rayonlari 10 soatu 28 minutli davr bilan aylanadi. 


29 
Planetaning ekvator tekisligi uning orbita tekisligiga 26 gradus 45 
minutli burchakka og‘ishgan. Saturn atrofida eni 60 ming kilometrgacha, 
qalinligi 10 - 13 kilometrgacha yetadigan halqasi borligi bilan boshqa 
planetalardan keskin farq qiladi.
1750 -yil Saturnning halqasi haqida Tomos Rayt shunday yozgan 
edi: “agar biz Saturnni yetarli darajada va teleskopda kuzatsak edi, u 
holda halqa, biz yo‘ldoshlar deb ataydigan jismlardan ancha pastda 
cheksiz ko‘p mayda sayyoralardan iboratligini ko‘rar edik”. Keyingi
tadqiqotlar halqa haqida Tomos Reynning bu bashorati haq ekanligini 
tasdiqladi. 
1857-yili mashhur ingliz fizigi Djmems Klerk Maksvell Zuhalning 
halqasi monolit bo‘lmay, qattiq zarrachalarning tangasimon uyushmasi 
ekanligini nazariy yo‘l bilan isbotladi. Ko‘p o‘tmay, Maksvellning 
aytganlari mashhur rus astrofizigi A.A. Belopolskiy va Amerikalik Dj.E. 
Klerk tomonidan o‘tkazilgan eksperimentlar asosida quvvatlandi. Biroq, 
1934 -yilda G.A. Shayni o‘zining observatoriyasidagi (Qrim) qator nozik 
kuzatishlari asosida sayyora halqasi changdan tashkil topgan degan fikrga 
qarshi chiqdi. Boshqa bir olim I.S. Bobrov Saturn halqasini o‘rganishga 
bag‘ishlangan bir necha -yillik tadqiqotlarini doktorlik dissertatsiyasi 
ko‘rinishida himoya qildi. Uning bildirishicha, halqa kesimi 10 sm 
chamasi qattiqlikdagi tipik qattiq jinslaridan tashkil topgan bo‘lib, ba’zan 
ular ichida diametri bir necha metrgacha boradiganlari uchraydi.
Keyinchalik Titan atmosferasida yetarlicha ko‘p miqdorda vodorod 
kuzatildi. Zuhalning bu yirik yo‘ldoshi haqida olingan ma’lumotlar, 1979-
-yil 2-sentyabrda Titandan 356000 kilometrgina naridan o‘tgan “Pioner 
XI” avtomatik stansiyasining tadqiqotlari bilan to‘la tasdiqlandi. 
Shuningdek bu kosmik apparat yordamida Saturnning yana bir yo‘ldoshi 
topildi va kosmik stansiya sharafiga “Pioner qoyasi” degan nom oldi. 
Saturn yo‘ldoshlaridan yana biri - Yaped (diametri 425 kilometr) sibert 
tuzilishi jihatidan juda “rang-barang” ligi bilan kishi diqqatini o‘ziga 
tortadi. 

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish