www.ziyouz.com
kutubxonasi
226
Dedi: og‘zimdur sening umrung, visolim istagil,
Umr agar bo‘lsa, visolin topqamen al umr ayn.
Soqiyo, ko‘p va’da qilding, roh ila rohat yetur,
Yo‘qsa qil ma’yuskim, al’yasu ihd-al rohatayn.
Ey Navoiy, nega ma’yus o‘lg‘ay ulkim, shohidur
Xusravi G‘oziy muizzi mulku din Sulton Husayn.
445
Ishq aro kuysam, kulumni lutf etib yo zulminan,
Xayli mo‘ri qilkim, ul ko‘y ichra qilg‘aylar vatan.
Ko‘yida uryon tanim dafn aylang, o‘lsam ishq aro
Kim, shahid o‘lgang‘a tufrog‘ pardasi basdur kafan.
Dard o‘qi jismimg‘a yog‘di, go‘yiyo bo‘ldi sipehr,
Har hilol andoza qavsidin manga novak fikan.
Ko‘yida qatlimg‘a rozimen, nechukkim telba it,
Cheksalar, lekin toqib bo‘ynumg‘a zulfidin rasan.
Nozik ermas hulla, jonlar rishtasidin ko‘nglak et,
Kim anga jisming tahammul qilg‘ay, ey nozuk badan.
Bu chaman gulzorig‘a berma ko‘ngul, ey andalib,
Kim erur, har gulki ko‘rsang, tegrasida yuz tikan.
Ey Navoiy, ko‘yiga bordim tilab qaddu yuzin,
Bog‘ni naylay, keraklik yo‘q manga sarvu suman.
446
Musavvireki, qilur ko‘yi gardining raqamin,
Qo‘yungki, ko‘zga chekay surma milidek qalamin.
Yilon taharrukin ar qush tutarda ko‘rmaysen,
Ko‘ngul olur chog‘i ko‘r bandi zulfi pechu xamin.
Nihon tan ichra tuganlardin o‘ldi munglug‘ jon,
Gadoki, ta’biya qilg‘ay libos aro diramin.
Ko‘ngulki, g‘am sipahin ko‘rdi — chekti shu’lai oh,
Birov kebiki, tikar mo‘r xaylig‘a alamin.
Xiromin asru sevarmen vale ko‘ngul ichra,
Ayog‘ chu qo‘ydi, tilarmen, ko‘tarmagay qadamin.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com
kutubxonasi
227
Xumor muhlik edi, dayr piri tutti qadah,
Unutmog‘um, agar o‘lsam dog‘i, aning karamin.
Navoiyo, adam istar falak vujudungni,
Teng onglasin dog‘i aning vujud ila adamin.
447
Netib tama’ qilayin bo‘ynuma soching rasanin
Kim, ul quyosh yuziga soldi chin ila shikanin.
Buzug‘ ko‘ngul aro ishqing chu kirdi — qochti xirad,
Bu ajdahoni ko‘rub, bum qo‘ydi o‘z vatanin.
Tirildi xattu yuzungdin ko‘ngul, magar ekting,
Xizr suyi bila bu bog‘ sabzayu samanin.
Qatili ishqing agar kirsa ravza tavfig‘a hur,
Ketursa hulla, ola olmag‘ay aning kafanin.
Ko‘ngulda xor g‘amidur — o‘larman, ey Mar’yam,
Masih ignasi birla chekay desang tikanin.
Jahonda raz qizining la’lidin og‘iz olma,
Desangki, ko‘rmagasen zoli charx makru fanin.
Navoiy usruk agar dayr ichinda o‘rtadi dog‘,
Magarki suzguch ila kimsa bog‘lag‘ay tuganin.
448
Necha kundurki xabar topmamisham siymbarimdin,
Ne asardur xabarimdin, na xabardur asarimdin.
Nazarim ollida oysiz kechadin tiyraroq o‘ldi,
Hajr kunduzlari, to bordi quyoshim nazarimdin.
Zaxmi qotil ekanin derga erur har biri bir til,
Tig‘i hajri qayu pargolaki, tildi jigarimdin.
Keluram oh nla rasvolig‘ o‘ti har sari sochib,
Ofiyat ahli, salomat qo‘punguz rahguzarimdin.
Buylakim, ul ko‘zi ofat yonar o‘t jonima urdi,
Barqi ofat choqilur olam aro har shararimdin.
Ul sifat ishqu junun tog‘ ila dashti aro ittim,
Ki,na Farhod nishon topti, na Majnun xabarimdin
Dahr bog‘ida vafo naxli ekib, berdi jafo bar,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |