www.ziyouz.com
kutubxonasi
222
Kirmaguncha dayr aro tinch o‘lmadim, tut bodakim,
G‘ussadin bu qal’a erkanni panohim — bilmadim.
Ey Navoiy, buyla qilg‘an ro‘zgorimni qora,
Hajr shomi erdi yoxud dudi ohim — bilmadim.
437
Ey, ko‘ngulga yuz tuman bedod sendin, jong‘a ham,
Muncha birla rashk andin munga, mundin ong‘a ham.
Moviyu gulgun to‘n ermaskim, ko‘zu ko‘nglum aro,
Sug‘a dog‘i tushmish ul usruk, bo‘yalmish qong‘a ham.
Husnig‘a hayronmen ul yanglig‘, meni hayronki el,
Ham aning husnig‘a hayrondur, meni hayrong‘a ham.
El buzug‘ ko‘nglin so‘ra borg‘an emish ul ganji husn,
Ranja qilg‘aymu qadam, yo rab, bizing vayronga ham.
Lam’ai paykonidinmu ko‘nglum ichra tushti o‘t,
Yo‘qsa ko‘nglumdin o‘qig‘a tushti o‘t, paykong‘a ham.
Qil gadoyingg‘a vafo, ey xo‘blar sultonikim,
Bevafolig‘dur gadog‘a umr ishi, sultong‘a ham.
Ey Navoiy, davr ayog‘in tut g‘animat, ushbu dam
Kim, sabote yo‘qturur bu davrg‘a, davrong‘a ham.
NUN HARFINING NOZANINLARINING NAMUDORI «FAVOYID»DIN
438
Tilab jannatni, o‘tmon do‘st ko‘yida gadolig‘dii,
Muhaqqar bog‘ uchun kechmak bo‘lurmu podsholig‘din.
Bo‘lub bsgona, ul may dog‘i to xirqamdadur bildim
Ki, dog‘i hajr emish oxir natija oshnolig‘din.
Firoqing ichra qolg‘ach, o‘lmakimga qilma hayratkim,
O‘lumdin o‘zga ish yo‘q, jismg‘a jondin judolig‘din.
Ajoyib ibtilodur bandi zulfung ichra jonlarg‘a
Ki, bor o‘lmakcha bir soat najot ul mubtalolig‘din.
Jahon sho‘xinki, el mahbubidur, aqd aylading, lekin
Taammul qilki, ne lozim kelur bu kadxudolig‘din.
Yorut may lam’asidin xilvatimni bir kun, ey mug‘kim,
Yorug‘lug‘ topmadim xilvatda yillar porsolig‘din.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com
kutubxonasi
223
Ko‘zum andoq qorarmish tiyra zuhd ichraki, gar soqiy,
Demon may tutsa, zahr ichkaymen ani ko‘z qorolig‘din.
Bu gulshan g‘unchasida jola ermaskim, tish irjaytib
Kular oshufta bulbul navhasig‘a bevafolig‘din.
Navoiy, benavoliq shevasin berma ilikdinknm,
Navo har kimki istabtur, topibtur benavolig‘din.
439
Yetkurub erdim firoqing tunlari gardung‘a un,
Shukrkim, vasling kuni emdi ne ul undur, ne tun.
Yuz yopib, qilding uzun shomi g‘amimni, ey quyosh,
To quyosh mag‘ribqa moyil, soyasi ko‘prak uzun.
Dema: zulfum bandidin bosh chekma, bo‘ynung to‘lg‘ama,
Tig‘ agar sursangki, men bosh qo‘ydumu tuttum bo‘yun.
Tiyra ohim elga zohir qildi ko‘nglum kuymakin,
Garchi o‘t yoshunsa, ani oshkor aylar tutun.
O‘rtanib jismim, balo dashtida sargardon kezar,
Shu’ladin tarkib topqon buylakim ko‘rmish quyun.
Soqiyo, tut jom, solma tonglag‘a may va’dasin,
Tongla chun ma’lum emas, bori g‘animatdur bukun.
Ey Navoiy, qo‘l surohidek bo‘yunni quchqali
Yetmasa, bori surohi bo‘ynig‘a ilgingni sun.
440
Yuzungkim tozaroqdur bargi guldin,
Uchar ko‘zdin vale chiqmas ko‘nguldin.
Kuyub hajringda kul bo‘ldum va lekin
Yoruqtur ishq mir’oti bu kuldin.
Ajab farxunda zote senki, odam
Mubohot aylagay sendek o‘g‘uldin.
Qulimen ishqningkim, tanlamaydur
Muhabbat shevasida shahni quldin.
Siroti mustaqim o‘ldi shariat
Ki, jannat topmog‘ung o‘tmay bu puldin.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |