Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Download 8,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/257
Sana16.06.2022
Hajmi8,97 Mb.
#677101
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   257
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR

Mashg‘ulotning maqsadi:
Sug‘urtaning mohiyatini yoritib 
berish, sug‘urta funksiyalari va turlarini tavsiflash, O‘zbekiston 
sug‘urta bozori.
 
O‘qitish vositalari: 
yozuv doskasi, turli plakatlar, taqdimot 
materiallari, tarqatma materiallar, videoproyektor. Ilmiy adabiyotlar: 
darslik, o‘quv qo‘llanma, statistik ma’lumotlar, uslubiy qo‘llanma va 
shu kabilar . 
O‘qitish usullari: 
Talabalarni ma’ruza materiallari bilan 
tanishtirish, suhbat, mavzuni nazariy yoritish, savollarga javob 
berish. O‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini 
qo‘llash: aqliy hujum, taqdimot, dialog, Internet yordamida mavzuni 
qo‘shimcha yoritish.
 
1. Sug‘urtaning mohiyati, funksiyalari va turlari 
Sug‘urta ijtimoiy munosabatlarni aks ettiruvchi kategoriya 
sifatida jamiyat shakllanishining ilk davrlarida vujudga kelib, 
ijtimoiy ishlab chiqarishning ajralmas qismiga aylangan. Sug‘urta 
tushunchasi mulkning saqlanishiga, tabiy ofatlar, yong‘in, o‘g‘irlik 
va iqtisodiy hayotning boshqa ko‘zda tutilmagan xavf-xatarlari 
natijasida nobud bo‘lishi yoki yo‘qotilishining oldini olishga 
qaratilgan chora-tadbirlardir. 
Sug‘urta
– bu uning ishtirokchilari o‘rtasida ko‘rilishi mumkin 
bo‘lgan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan maqsadli sug‘urta 


122 
fondlarini badallar hisobidan shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan 
qayta taqsimlash munosabatlari yig‘indisidir.
Ijtimoiy ishlab chiqarishning tavakkalchilik xarakteri – bu mulk 
egasi va tovar ishlab chiqaruvchining moddiy farovonligi uchun 
xavotirlanishining asosiy sababchisidir. Shu asosda moddiy zararni 
manfaatdor mulk egalari o‘rtasida birgalikda qoplash g‘oyasi yuzaga 
keldi.
Ko‘rilgan zararni qoplashning ancha oddiy shakli natural 
sug‘urta bo‘lgan. Don, yem-xashak va boshqa bir turdagi oson 
taqsimlanadigan mahsulotlar hisobidan alohida talofat ko‘rgan 
dehqonlarga moddiy yordam ko‘rsatilgan. Bunday sug‘urta, 
chegaralangan bo‘lib, keyinchalik tovar-pul munosabatlarining 
rivojlanishi bilan o‘z o‘rnini pul shaklidagi sug‘urtaga bo‘shatib 
bergan.
Jamiyat taraqqiyoti natijasida sug‘urta mulkchilikning barcha 
shakllarini, korxonalar, tashkilotlar, fuqarolar daromadlari va boshqa 
manfaatlarini himoya qilishning asosiy vositasiga aylandi.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlarida ishlab chiqarishning 
uzluksizligini ta’minlash va aholini turli tabiy ofatlar va hodisalardan 
himoya qilishda sug‘urtaning muhim o‘rni bor. Sug‘urta bozori 
mulkchilikning deyarli barcha shakllarini tabiy ofatlardan saqlashda, 
turli falokatlar natijasida odamlarga yetkazilgan zararlarni qoplashda 
moddiy jihatdan yordam beradi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar har bir 
xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyoridagi mol-mulkdan samarali 
foydalanish uchun tadbirkorlik bilan harakat qilishi, shu bilan birga 
favqulodda va tasodifiy zararlarning oqibatida yetkazilishi mumkin 
bo‘lgan zararlarni qoplash, ularning oldini olishga ham alohida 
e’tibor qaratishni taqozo etadi. Bu o‘z navbatida sug‘urtaga bo‘lgan 
talabning ortib borishini ta’minlab beradi.
Sug‘urta faoliyatini nafaqat korxona miqyosida, balki mamlakat 
miqyosidagi munosabatlarda ham amalga oshirish zarurdir. 
Sug‘urtaning qayta taqsimlash munosabatlari bir tomondan, sug‘urta 
fondini shakllantirish, ikkinchi tomondan, shu fonddan sug‘urta 
ishtirokchilarining zararini qoplash bilan bog‘liqdir.


123 
Sug‘urta – ishlab chiqarish munosabatlarining zaruriy 
elementidir. U ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonidagi moddiy 
zararlarni qoplash bilan bog‘liq. Takror ishlab chiqarish jarayonining 
muhim sharti uzliksizlikdir. Ishlab chiqarishning doimiy yangilanib 
borishi insonlarning barcha ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda, jumladan 
rivojlangan jamiyatda ham mavjud ehtiyojlarini qondirish uchun 
zarurdir. Agarda ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayoni tabiy ofatlar 
yoki boshqa favqulodda hodisalarning (yong‘inlar, epidemiyalar, suv 
toshqinlari) salbiy oqibatlari ta’sirida to‘xtab qolishi yoki siklli 
o‘zgarishlarga uchrashi mumkin bo‘lsa, sug‘urta avvalo ularning 
oldini olish tadbirlarini amalga oshirishga, yetkazilgan moddiy 
zararni qoplashga, ishchi kuchini takror ishlab chiqarishning 
me’yoriy sharoitlarini qayta tiklashga imkon beradi.
Inson faoliyati va tabiy ofatlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik 
bilan asoslangan ijtimoiy ishlab chiqarishning tavakkalchilikka 
asoslanganligi, birinchi navbatda, tabiy va boshqa ofatlarning salbiy 
oqibatlarini oldini olish, bartaraf qilish hamda yetkazilgan zararni 
qoplash bo‘yicha insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni yuzaga 
keltiradi. Bu obyektiv munosabatlar insonlarning erishgan hayot 
darajasini saqlab qolishga bo‘lgan real va mavjud ehtiyojini aks 
ettiradi. Mazkur munosabatlarni alohida xususiyatlar ajratib turadi va 
ularning yig‘indisi ijtimoiy ishlab chiqarishni sug‘urta vositasida 
himoyalashni
 
tashkil etadi.
Sug‘urta iqtisodiy kategoriya sifatida moliyaning tarkibiy qismi 
hisoblanadi. Ammo, moliya to‘laligicha daromadlarni taqsimlash 
bilan bog‘liq bo‘lsa, sug‘urta esa, faqatgina qayta taqsimlash 
munosabatlarini qamrab oladi. Sug‘urtaning xususiyatlarini ochib 
beruvchi belgilarini quyidagicha keltirishimiz mumkin: 
1.
Sug‘urtaning tasodifiy, oldindan ko‘zda tutilmagan va yengib 
bo‘lmaydigan holatlar bilan bog‘liqligi, ya’ni sug‘urta holatlari 
ehtimoli mavjudligi bilan asoslanuvchi qayta taqsimlash pul 
munosabatlari yuzaga keladi.
2.
Sug‘urta ko‘rilgan zararni sug‘urta ishtirokchilari, ya’ni 
sug‘urtalanuvchilar o‘rtasida qoplash amalga oshiriladi. Zararni 
bunday qoplash usuli ishtirokchilar soni yetarlicha katta bo‘lganda 
zarar ko‘ruvchi xo‘jaliklar soni doimo sug‘urta ishtirokchilari 


124 
sonidan kam bo‘lish ehtimolligiga asoslanadi. Zararni bunday 
qoplashni tashkil qilish uchun maqsadga yo‘naltirilgan sug‘urta fondi 
tashkil qilinadi. Bu fond sug‘urta ishtirokchilarining badallari 
hisobidan shakllantiriladi. Sug‘urta fondining mablag‘lari faqatgina 
uni tashkil qilganlar o‘rtasida ishlatiladi, sug‘urta badalining hajmi 
esa, har bir ishtirokchining zararni qoplashdagi ulushini bildiradi. 
Shuning uchun, sug‘urta ishtirokchilarining doirasi qanchalik keng 
bo‘lsa, sug‘urta badalining hajmi shunchalik oz va sug‘urta ham 
samarali bo‘ladi. Agarda sug‘urtada millionlab sug‘urtalanuvchilar 
ishtirok etsa va yuz millionlab obyektlar sug‘urtalansa, u holda 
minimal badallar hisobiga maksimal zararlarni qoplash imkoni paydo 
bo‘ladi.
3.
Sug‘urta faoliyati zararlarni qoplashni hududiy birlik va 
ma’lum vaqt davomida amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Bunda yil 
davomida sug‘urtalanuvchi xo‘jaliklar o‘rtasida sug‘urta fondini 
hududlar bo‘yicha samarali qayta taqsimlash uchun yetarlicha katta 
hudud va anchagina sug‘urtalashga tegishli obyektlar talab qilinadi. 
Faqatgina mazkur shartga rioya qilish bilangina katta hududlarni 
qamrab oluvchi tabiy ofatlar yetkazgan zararlarni qoplash imkoni 
bo‘ladi.
Zararni sug‘urta yordamida qoplash ma’lum vaqt davomida 
amalga oshiriladi, chunki ixtiyoriy sug‘urta doimo vaqt bilan 
chegaralanadi.
Sug‘urtaning iqtisodiy mohiyatiga uning funksiyalari orqali 
namoyon bo‘ladi. Ushbu funksiyalar sug‘urta – moliya tizimining bir 
bo‘g‘ini sifatida xususiyatlarini ochib berishga xizmat qiladi.

Download 8,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish