Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Download 8,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/257
Sana16.06.2022
Hajmi8,97 Mb.
#677101
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   257
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR

Amortizatsiya 
Eskirish 
Amortizatsiya - asosiy vositaning 
foydali xizmat muddati davomida 
amortizatsiya qiymatini muntazam 
ravishda taqsimlash va ko‘chirish 
ko‘rinishida 
eskirishning 
qiymat 
ifodasidir. 
Eskirish asosiy vositalardan 
foydalanish vaqtida ularning 
texnik 
ishlab 
chiqarish 
xossalarini asta-sekinlik bilan 
yo‘kotishi jarayonidir. 
Amortizatsiya 
hisoblash 
asosiy 
vositaning eskirishini hisobga olgan 
holda qiymatini mahsulot tannarxiga 
o‘tkazilishi hisoblanadi. 
Amortizatsiya ishlab chiqarish jara-
yonida is’temol qilingan asosiy vosi-
talar qiymatini shakllantirish maqsa-
dida 
pul 
fondini 
shakllantirish 
jarayonidir. 
Eskirish 
ishlab 
chiqarish 
jarayonida asosiy vositalardan 
foydalanish 
xususiyatlariga 
bog‘liq. 
Umumiy xulosa qilib aytganda eskirish amortizatsiyaning dastlabki 
shart sharoitidir. 


280 
Iqtisodiy tabiati, bajaruvchi vazifalari va ishlab chiqarish 
jarayonidagi o‘rniga ko‘ra, “aylanma mablag‘lar” va “aylanma 
aktivlar” o‘rtasida sezilarli farq yo‘q. Korxona doimiy kapitalining 
tarkibiy qismi sifatida ular xom ashyo, yoqilg‘i, energiya resurslari, 
yordamchi va boshqa materiallarda yuzaga keladi, shuningdek, ishchi 
kuchlarini yo‘llash va ularning mehnatiga haq to‘lashga bo‘nak 
(avans) tariqasida beriladi. Aylanma mablag‘larga bo‘lgan 
qo‘shimcha talab banklardan olinadigan kreditlar hisobiga qoplanadi. 
“Joriy aktivlar” tovar-moddiy zahiralar, kelgusi davrlar 
xarajatlari, muddati kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi, 
debitorlik qarzlari, pul mablag‘lari, qisqa muddatli moliyaviy 
qo‘yilmalar va boshqa joriy aktivlar so‘mmalaridan iboratdir. Ular 
quyidagilardan iboratdir: 
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida 2018-yil 27- 
avgustda 21-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining 
Buxgalteriya hisobi milliy standarti (21-son BHMS) “Tovar-moddiy 
zahiralar”ga muvofiq tovar-moddiy zahiralarga quyidagi alohida 
oshkor qilinadiganlar kiritiladi: 
a) ishlab chiqarish jarayonida yoki ishlarni bajarish va xizmatlar 
ko‘rsatishda foydalanish uchun mo‘ljallangan xom ashyo, xarid 
qilinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, 
yoqilg‘i, idish, ehtiyot qismlar, inventar va xo‘jalik anjomlari, boshqa 
materiallar zahiralarini, parvarish qilinayotgan va bo‘rdoqiga 
boqiladigan hayvonlar, materiallarni tayyorlash va xarid qilish 
bo‘yicha xarajatlar, materiallar qiymatidagi tafovutlarni o‘z ichiga 
oladigan ishlab chiqarish zahiralari; 
b) tugallanmagan asosiy ishlab chiqarish, xususiy ishlab 
chiqarishdagi yarim tayyor mahsulotlar, tugallanmagan yordamchi 
va boshqa ishlab chiqarishlar, ishlab chiqarishdagi brakni o‘z ichiga 
oladigan tugallanmagan ishlab chiqarish; 
d) tayyor mahsulot; 
e) tovarlar. 
2. Debitorlik qarzlari. Debitorlik qarzlari bo‘yicha xaridor va 
buyurtmachilarning qarzlari, alohida bo‘linmalar qarzlari, sho‘ba va 
tobe xo‘jalik jamiyatlari qarzlari, xodimlarga berilgan bo‘naklar, 
yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo‘naklar, byudjetga 


281 
soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari, davlat maqsadli 
jamg‘armalariga va sug‘urta bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari, ustav 
sarmoyasiga qo‘yilmalar bo‘yicha ta’sischilarning bo‘nak to‘lovlari, 
boshqa operatsiyalar bo‘yicha xodimlar qarzlari hamda boshqa 
debitorlar qarzlari so‘mmalari hisoblanadi.
3. Pul mablag‘lari bo‘yicha kassadagi naqd pul mablag‘lari 
qoldig‘i, 
hisob-kitob 
raqamidagi 
pul 
mablag‘lari, 
valyuta 
hisobraqamidagi pul mablag‘lari va boshqa pul mablag‘lari 
(bankdagi maxsus hisobraqamlar, pul ekvivalentlari, yo‘ldagi 
(o‘tkaziladigan) pul mablag‘lari) summalari oshkor qilinishi lozim. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalarning aylanma 
mablag‘larga yetarli tarzda ega bo‘lishi ularning normal faoliyat 
yuritishi garovi hisoblanadi. Shuni ham unutmaslik zarurki, ishlab 
chiqarayotgan mahsulot birligiga sarflanuvchi xom ashyo, material, 
yoqilg‘i va energiya miqdori mahsulot sifatiga ta’sir ko‘rsatmagan 
holda qanchalik kam bo‘lsa, mahsulot shunchalik arzonlashadi 
hamda aylanma mablag‘lar kamroq sarflanib, ulardan foydalanish 
samaradorligi yuqori bo‘ladi. 
Kapitalning aylanishi 3 asosiy bosqichda amalga oshiriladi:

tayyorlash(sotib olish),

ishlab chiqarish

sotish. 
P-T-i/ch-T-P 
Birinchi bosqichda aylanma mablag‘lar pul shaklidan moddiy 
boyliklarning ishlab chiqarish zahiralariga aylanadi, ya’ni pul - tovar 
(D-T). 
Ikkinchi bosqich ishlab chiqarish, yani mahsulotni tayyorlash 
jarayonini o‘z ichiga oladi. Bu bosqichda aylanma mablag‘lar va 
birinchi o‘rinda aylanma ishlab chiqarish fondlari, tugallanmagan 
ishlab chiqarish va yarim tayyor mahsulotlar holiga keltirilib, tovar 
shaklini oladi (T). 
Uchinchi bosqichda aylanma mablag‘lar tovar mahsuloti 
shaklida muomalaga kiritilib, sotiladi va yana pul shaklini oladi 
(T-P). 


282 
Shu tariqa aylanma mablag‘lar barcha bosqichlardan o‘tib, 
to‘liq aylanishni amalga oshirishini quyidagi tarzda aks ettirish 
mumkin: 
1-bosqich - pul-tovar (P-T); 
2-bosqich - ishlab chiqarish (I.Ch); 
3-bosqich - tovar-pul (T-P). 
Korxonalarning aylanma mablag‘lari aylanma fondlari va 
muomala fondlariga taqsimlanadi. Bunday taqsimlash ularning 
moddiy-buyumlashgan tuzilishidan tashqari, ishlab chiqarish 
jarayoni va umuman, korxonaning iqtisodiy faoliyatidagi ishtiroki 
asosida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, taqsimlash rejalash-
tirishni tashkil qilishda hamda korxonaning ishlab chiqarish va 
noishlab chiqarish sohalarida aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehti-
yojini aniqlashda katta rol o‘ynaydi. 
Ishlab chiqarishda band bo‘lgan aylanma mablag‘lar kattaligini 
belgilovchi asosiy omillar bu, mahsulot tayyorlashning ishlab 
chiqarish sikli uzunligi, mehnatni tashkil qilish, texnika va 
texnologiyaning rivojlanish darajasi, mehnat predmetlari va 
qurollaridan foydalanish normalaridir. Aylanma mablag‘lar kattaligi, 
shuningdek, mahsulotlarni sotish sharoitlari, ta’minot va mahsulotni 
sotish tizimini tashkil qilish darajasi bilan ham bog‘liq bo‘ladi. 
Yuqorida keltirilgan holatlardan kelib chiqqan holda shuni 
aytish mumkinki, aylanma mablag‘lardan quyidagi hollarda 
foydalaniladi: 

xom ashyo, material, ehtiyot qismlar hamda ishlab chiqarishni 
tashkil qilishda zarur bo‘lgan boshqa mehnat predmetlari; 

ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinuvchi elektr 
energiyasi, yoqilg‘i kabi resurslar uchun haq to‘lash; 

korxonani tashkil etish va faoliyat yuritish davrida oylik ish 
haqi to‘lanishi; 

soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash. 
Bozor munosabatlari va deyarli barcha resurslar taqchilligi 
sharoitlarida aylanma mablag‘lar, birinchi o‘rinda moddiy 
resurslardan ratsional foydalanish va ularni shakllantirish zahiralarini 
izlab topish har bir korxona oldida turgan muhim vazifa hisoblanadi. 
Bunda zahira deganda, moddiy va pul resurslarini yaxshilashning 


283 
yuzaga kelgan yoki yuzaga kelayotgan, lekin hali foydalanilmagan 
(to‘liq yoki qisman) imkoniyatlarini tushunish lozim. 
Demak, umumlashtrilgan holda xulosa sifatida aytadigan 
bo‘lsak, aylanma aktivlar korxonaning aktivlarga investitsiya 
qilingan mablag‘larining joriy aktivlarga investitsiya qilingan 
qismini o‘zida aks ettiradi. Ular korxonalarning meyordagidek 
faoliyati uchun zarur bo‘lib, ishlab chiqarish va muomala fondlarini 
tashkil etadi.
Aylanma aktivlar o‘zlarining iqtisodiy tavsifiga ko‘ra bir qator 
guruhlarga 
turkumlanadi. 
Bularni 
quyidagi 
turkumlanishida 
ko‘rishimiz mumkin.
1. Ishlab chiqarishdagi funksional roliga bog‘liq holda: 

Aylanma ishlab chiqarish fondi; 

Muomala fondlari. 
Aylanma mablag‘larning turkumlanishi. 
Aylanma mablag‘lar ishlab chiqarish jaryonida 2 turga 
ajratiladi: Ishlab chiqarish sohasidagi aylanma mablag‘lar va ma’lum 
darajada ishlab chiqarish jarayonidan chetlashga muomala fondlari.
Aksariyat iqtisodchilarning ta’kidlashicha, ishlab chiqarish 
jarayoniga jalb qilingan aylanma mablag‘lar tarkibida muomala 
fondlarining haddan ziyod ko‘payib ketishi aylanma aktivlarning 
samaradorligini pasayishining asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
2. Nazorat amaliyoti, rejalashtirish va boshqarish amaliyotiga 
bog‘liq holda: 

meyorlashtirilgan 
aylanma 
mablag‘lar(meyorlashtirilgan 
aylanma mablag‘larga barcha aylanma ishlab chiqarish fondlari va 
shuningdek, muomala fondlarining bir qismi ham kiritiladi, qaysiki 
korxona omborlarlaridagi realizatsiya qilinmagan tayyor mahsulot 
ko‘rinishidagi qoldiqlar); 

meyorlashtirilmagan aylanma mablag‘lar (mayorlashtirilma- 
gan aylanma mablag‘larga muomala fondlarining boshqa element- 
lari kiritiladi: istemolchilarga jo‘natilgan ammtulanmagan tovarlar, 
pul mablag‘lari va boshqa hisob-kitoblar); 
3. Aylanma mablag‘larni shakllantirish manbalariga bog‘liq 
holda: 

Xususiy aylanma mablag‘lar; 


284 

Qarz aylanma mablag‘lar. 
4. Likvidliligiga bog‘liq ravishda: 

Absolyut likvidli mablag‘lar; 

Tez realizatsiya qilinadigan likvidli mablag‘lar; 

Tez realizasiya qilinmaydigan mablag‘lar. 
5. Kapital quyilmalar xarajatlari darajasiga qarab: 

Past darajadagi riskka moyil bo‘lgan aylanma mablag‘lar; 

O‘rtacha darajadagi riskka moyil bo‘lgan aylanma 
mablag‘lar; 

Yuqori darajadagi riskka moyil bo‘lgan aylanma mablag‘lar. 
6. Moddiy mazmuniga bog‘liq ravishda aylanma mablag‘lar: 

Mehnat predmetlari (xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, 
tugallanmagan ishlab chiqarish); 

Tayyor 
mahsulot 
va 
tovarlar, 
pul 
mablag‘lari 
va 
hisob-kitobdagi mablag‘larga bo‘linadi.
5. Balansda aks ettirilish uslubiga ko‘ra aylanma mablag‘lar 
quyidagicha guruhlanadi: 

Zahiradagi moddiy aylanma mablag‘lar – Yez 

Debitorlik Qarzlari – Yedz

Pul mablag‘lari – Yed. 
Umuman xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, aylanma aktivlarning 
turkumlanishi ularning ishlab chiqarish jarayonidagi o‘ziga xos 
xususiyatlariga asoslanadi. Aylanma mabag‘larning yuqoridagi 
tartibda turkumlanishi, ularni tahlil qilish va boshqarish bo‘yicha 
qarorlar qabul qilish asosiy omillardan biri vazifasini bajarishi 
mumkin.

Download 8,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish