Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlarning davlat



Download 8,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/257
Sana16.06.2022
Hajmi8,97 Mb.
#677101
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   257
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR

 
2.Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlarning davlat
byudjeti daromadlaridagi tutgan o‘rni 
Ma’lumki, soliqlar o‘ziga xos ravishdagi fiskal funksiyani 
bajaradi va davlat byudjeti daromadining asosiy manbai hisoblanadi.
Soliq tizimidagi mavjud soliqlar va xususan, yuqori darajadagi 
fiskal ahamiyat kasb etuvchi soliqlar yuridik shaxslardan olinadigan 
soliqlar hisoblanadi.
Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda asosiy salmoqqa 
ega bo‘layotgan bilvosita soliqlar: qo‘shilgan qiymat solig‘i; aksiz 
soliq va yuridik shaxslardan undiriladigan ayrim soliqlari hisobla-
nadi. Bevosita soliqlarning tarkibidagi yuridik shaxslar foydasidan 
uniriladigan soliq ham jismoniy shaxslardan undiriladigan soliq 
hisoblanadi. 
Yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlar qatorida yer solig‘i, 
mol-mulk solig‘i mavjud bo‘lib, ular mahalliy byudjetlarning asosiy 
daromad manbai hisoblanadi. Bu o‘z navbatida yuridik shaxslardan 
undiriladigan soliqlarning mahalliy byudjetlar daromadlarini 
shakllantirishdagi ahamiyatining yuqoriligidan dalolat beradi.
Umuman, xulosa sifatida aytiladigan bo‘linsa, yuridik shaxs-
lardan undiriladigan soliqlar soliq tizimida yetakchi mavqeyga ega 
bo‘lib, davlat byudjeti daromadlarini asosiy salmog‘ini tashkil qiladi.
3. Korxonalarning daromadlari va xarajatlari 
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat asosida faoliyat yurituvchi 
har qanday xo‘jalik subyektlari moliyaviy iqtisodiy faoliyatini 


275 
belgilab beruvchi bosh omillaridan biri ishlab chiqarilgan mahsulot 
realizatsiyasi, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar bo‘yicha 
olingan pul tushumlari hisoblanadi.
Jami daromad yuridik shaxs tomonidan O‘zbekiston 
Respublikasidagi va uning hududidan tashqaridagi manbalardan 
hisobot (soliq) davri mobaynida olingan daromadlardan iboratdir. 
Jami daromad, agar Soliq kodeksning 299-moddasida 
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qo‘shilgan qiymat 
solig‘ini va aksiz solig‘ini inobatga olmagan holda aniqlanadi. 
Ushbu bo‘lim maqsadida jami daromadga (bundan buyon 
ushbu bo‘limda daromad deb yuritiladi) har qanday shaklda va (yoki) 
har qanday faoliyatdan olinishi lozim bo‘lgan daromadlar (bundan 
buyon matnda olingan daromadlar deb yuritiladi), xususan, quyidagi 
daromadlar kiradi: 
1) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan 
daromad; 
2) kredit (qarz, mikrokredit va boshqa moliyaviy operatsiyalar) 
bo‘yicha mukofot tarzidagi daromad; 
3) sug‘urta, qayta sug‘urta tashkilotining sug‘urta, qayta 
sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha daromadi; 
4) REPO operatsiyalari bo‘yicha daromad; 
5) qimmatli qog‘ozlar va (yoki) muddatli bitimlarning 
moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo‘yicha Soliq kodeksning 
327 -329-moddalariga muvofiq olingan daromad; 
6) asosiy vositalarning va boshqa mol-mulkning Soliq 
kodeksning 298-moddasiga muvofiq chiqib ketishidan olingan 
daromad; 
7) moliyaviy ijara (lizing) shartnomasiga binoan mol-mulkni 
berish bo‘yicha pul mukofoti tarzidagi daromad; 
8) mol-mulkni mulk ijarasiga (ijaraga) berishdan olingan 
daromad, bundan moliyaviy ijara (lizing) mustasno; 
9) royalti; 
10) Soliq kodeksning 299-moddasiga muvofiq tekin olingan 
mol-mulk (olingan xizmatlar); 


276 
11) inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tovar-mod-
diy zahiralarning va boshqa mol-mulkning qiymati tarzidagi 
daromad; 
12) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiyatlarni 
hisobdan chiqarishdan olingan daromad, bundan Soliq kodeksning 
317-moddasiga muvofiq ilgari chegirib tashlanmagan xarajatlarni 
hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar mustasno; 
13) Soliq kodeksning 300-moddasiga muvofiq talab qilish 
huquqidan o‘zganing foydasiga voz kechish shartnomasi bo‘yicha 
olingan daromad; 
14) Soliq kodeksning 301-moddasiga muvofiq ilgari chegirib 
tashlangan xarajatlar yoki zararlarning o‘rnini qoplash tarzidagi 
daromad; 
15) Soliq kodeksning 302-moddasiga muvofiq xizmat 
ko‘rsatuvchi xo‘jaliklardan olinadigan daromad; 
16) Soliq kodeksning 319-moddasiga muvofiq birgalikdagi 
faoliyatda ishtirok etishdan olingan daromad; 
17) qarzdor tomonidan e’tirof etilgan yoxud qarzdor 
tomonidan sudning qonuniy kuchga kirgan hujjati asosida shartnoma 
majburiyatlarini buzganlik uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan jarimalar, 
penyalar va boshqa sanksiyalar, shuningdek, zararlarning (ziyon-
ning) o‘rnini qoplash summalari; 
18) Soliq kodeksning 320-moddasiga muvofiq kursdagi ijobiy 
farq; 
19) dividendlar va foizlar; 
20) ishonchli boshqaruv muassisi tomonidan mol-mulkni 
ishonchli boshqarishdan olingan daromad; 
21) shakllantirilish xarajatlari Soliq kodeksning 44 va 
45-boblarida belgilangan tartibda va shartlarda xarajatlar tarkibiga 
qabul qilingan, qayta tiklangan zahiralar summalari; 
22) aksiyador, ishtirokchi yuridik shaxs foydasiga o‘z 
ulushining (ulushi bir qismining) qiymatini olishdan voz kechgan 
taqdirda, mazkur yuridik shaxsning ustav fondi (ustav kapitali) 
kamayishi munosabati bilan olgan daromad; 
23) korxonani mol-mulk majmui sifatida sotishdan olingan 
daromad; 


277 
24) Soliq kodeksning VI bo‘limida belgilangan hollarda va 
tartibda narxlarga tuzatishlar kiritish tufayli olingan daromad; 
25) Soliq kodeksning VII bo‘limida belgilangan hollarda va 
tartibda nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foyda tarzidagi 
daromadi; 
26) alohida hisobi mavjud bo‘lmagan va (yoki) ulardan 
maqsadli foydalanilmagan maqsadli mablag‘lar tarzidagi daromad 
(bundan 
budjet to‘g‘risidagi 
qonun 
hujjatlari 
normalari 
qo‘llaniladigan budjet mablag‘lari mustasno); 
27) ushbu qismning 1-26-bandlarida ko‘rsatilmagan boshqa 
daromadlar. 
294-moddasi birinchi qismining birinchi bandida (O‘zbekiston 
Respublikasining soliq rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar (bundan 
buyon ushbu bo‘limda yuridik shaxslar deb yuritiladi) ko‘rsatilgan 
yuridik shaxslarning soliq bazasini aniqlashda ushbu shaxslarning 
jami daromadidan daromad olish bilan bog‘liq barcha xarajatlar 
chegirib tashlanadi, bundan ushbu bo‘limga ko‘ra chegirib 
tashlanmaydigan xarajatlar mustasno. 
Soliq to‘lovchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida ham, 
uning hududidan tashqarida ham hisobot (soliq) davri davomida 
amalga oshirilgan (ko‘rilgan), asoslangan va hujjatlar bilan 
tasdiqlangan chiqimlari (Soliq kodeksning 333-336-moddalarida 
nazarda tutilgan hollarda esa zararlar) xarajatlar deb e’tirof etiladi. 
Asoslangan 
xarajatlar 
deganda 
bahosi 
pul 
shaklida 
ifodalangan, iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlagan chiqimlar tushuniladi. 
Har qanday chiqimlar, basharti ular hech bo‘lmaganda 
quyidagi shartlardan biriga muvofiq kelgan taqdirda, iqtisodiy 
jihatdan o‘zini oqlagan chiqimlar deb e’tirof etiladi: 
1) daromad olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish 
maqsadida qilingan bo‘lsa; 
2) shunday tadbirkorlik faoliyatini saqlab turish yoki 
rivojlantirish uchun zarur bo‘lsa yoxud xizmat qilsa va xarajatlarning 
tadbirkorlik faoliyati bilan aloqasi aniq asoslangan bo‘lsa;
3) qonun hujjatlarining qoidalaridan kelib chiqsa.
Hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar deganda quyidagi 
hujjatlar bilan tasdiqlangan chiqimlar tushuniladi: 


278 
1) O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq 
rasmiylashtirilgan hujjatlar;
2) tegishli xarajatlar amalga oshirilgan chet davlat hududida 
qo‘llaniladigan tartibga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjatlar; 
3) boshqa shaklda rasmiylashtirilgan, shu jumladan, xizmat 
safari to‘g‘risidagi buyruq, yo‘l hujjatlari, shartnomaga muvofiq ko‘r-
satilgan xizmat haqidagi hisobot bilan rasmiylashtirilgan hujjatlar. 
Soliq kodeksning 37-bobiga muvofiq, jumladan, amortizatsiya 
qilinadigan aktivlarni sotib olish va hisobga olinadigan qo‘shilgan qiy-
mat solig‘ining summasi, shu xarajat sifatida e’tirof etilmaydi, bundan 
Soliq kodeksning 314-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno. 

Download 8,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish