O‘qitish vositalari:
yozuv doskasi, turli plakatlar, taqdimot
materiallari, tarqatma materiallar, videoproyektor. Ilmiy adabiyotlar:
darslik, o‘quv qo‘llanma, statistik ma’lumotlar, uslubiy qo‘llanma va
shu kabilar.
O‘qitish usullari:
Talabalarni ma’ruza materiallari bilan
tanishtirish, suhbat, mavzuni nazariy yoritish, savollarga javob be-
rish. O‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo‘llash:
aqliy hujum, taqdimot, dialog, Internet yordamida mavzuni
qo‘shimcha yoritish.
1.Yuridik shaxs va ulardan undiriladigan soliqlar, yig‘imlar va
soliqlarga tenglashtirilgan to‘lovlar
Yuridik shaxs deb quyidagilar e’tirof etiladi:
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq
tashkil etilgan, o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ bosh-
qaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari
yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, mustaqil balansiga
yoki smetasiga ega bo‘lgan, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy
271
nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan hamda ularni amalga oshira
oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va
javobgar bo‘la oladigan tashkilot;
Chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan
hamda O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik huquq layoqatiga ega
bo‘lgan xorijiy va (yoki) halqaro tashkilot.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet davlatlar fuqarolari,
shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar jismoniy shaxslar deb
e’tirof etiladi.
Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lishlari
kerak.
Foyda olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan tijoratchi
tashkilot) yoki foyda olishni ana shunday maqsad qilib olmagan tash-
kilot (tijoratchi bo‘lmagan tashkilot) yuridik shaxs bo‘lishi mumkin.
Investitsiya fondining (pay fondining yoki jamoaviy investit-
siyalarni amalga oshirish boshqa shaklining) boshqaruvchi kompa-
niyasini O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof
etish ushbu investitsiya fondini (pay fondinin yoki jamoaviy
investitsiyalarni amalga oshirishning boshqa shaklini) O‘zbekiston
Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etish uchun asos
bo‘lmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo‘lmagan
yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari deb
e’tirof etiladi.
Chet el yuridik shaxsi O‘zbekiston Respublikasining soliq
rezidenti deb e’tirof etilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof
etiladigan yuridik va jismoniy shaxslar chet el yuridik shaxsni
nazorat qiluvchi shaxslar hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasani tashkil etishga
olib keluvchi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan chet el
yuridik shaxsi Soliq kodeksning 130-moddasida belgilangan tartibda
soliq organida soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishi shart.
Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxs xo‘jalik shirkati va
jamiyati, ishlab chiqarish kooperativi, unitar korxona va qonunlarda
nazarda tutilgan boshqacha shaklda tuzilishi mumkin.
272
Tijoratchi tashkilot bo‘lmagan yuridik shaxs jamoat birlashmasi,
ijtimoiy va mulkdor tomonidan moliyaviy ta’minlab turiladigan
muassasa shaklida, shuningdek, qonunlarda nazarda tutilgan
boshqacha shaklda tashkil etilishi mumkin.
Tijoratchi bo‘lmagan tashkilot o‘zining ustavda belgilangan
maqsadlariga mos keladigan doiralarda tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‘ullanishi mumkin.
Yuridik shaxs o‘zining ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan
faoliyati maqsadlariga muvofiq fuqarolik huquq layoqatiga ega
bo‘ladi.
Yuridik shaxsning huquq, layoqati u tuzilgan paytdan boshlab
vujudga keladi va uni tugatish yakunlangan paytdan e’tiboran tuga-
tiladi.
Yuridik shaxsning maxsus huquq layoqati uning ustavi, nizomi
yoki qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Yuridik shaxs qonunda ro‘yxati belgilab qo‘yilgan ayrim faoliyat
turlari bilan faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shu-
g‘ullanishi mumkin.
Yuridik shaxsning huquqlari qonunda nazar tutilgan hollarda va
tartibdagina cheklanishi mumkin. Yuridik shaxsning huquqlarini
cheklash haqidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Yuridik shaxs o‘zining tashkiliy-huquqiy shaklini bildiradigan
nomiga ega bo‘ladi. Tijoratchi bo‘lmagan tashkilotlar, unitar
korxonalarning nomlari, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa -
boshqa tijoratchi tashkilotlarning ham nomlari yuridik shaxs
faoliyatining xususiyatini ko‘rsatishi kerak. Yuridik shaxsning
nomiga to‘la yoki qisqartirilgan rasmiy nomni (davlatning nomini)
kiritishga, yuridik shaxs hujjatlarining rekvizitlariga yoki reklama
materiallariga ana shunday nomni yoxud davlat ramzlari
elementlarini qo‘shishga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati
belgilaydigan tartibda yo‘l qo‘yiladi.
Yuridik shaxsning joylashgan yeri, agar qonunga muvofiq yuridik
shaxsning ta’sis hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, u
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joy bilan belgilanadi. Yuridik shaxs
o‘zi bilan bo‘ladigan aloqa amalga oshiriladigan pochta manziliga
ega bo‘lishi lozim hamda o‘zining pochta manzili o‘zgarganligi
273
to‘g‘risida vakolatli davlat organlarini xabardor etishi shart. Yuridik
shaxsning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili) uning ta’sis
hujjatlarida ko‘rsatiladi. Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxs
o‘z firma nomiga ega bo‘lishi lozim. Yuridik shaxs o‘z firmasining
nomidan mutloq foydalanish huquqiga egadir.
Yuridik shaxslarni davlat byudjeti bilan o‘zaro moliyaviy
munosabatlarini tashkil qilishda soliqlar alohida o‘ringa egadir.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar vositasida yuridik
shaxslarning
daromadlari
davlatning
markazlashtirilgan
pul
fondlariga mobilizatsiya qilinadi.
Soliq majburiyatini bajarish bevosita soliq to‘lovchi tomonidan
amalga oshiriladi.
Yuridik shaxsning alohida bo‘linmalari bo‘yicha soliq majburiyati
mazkur alohida bo‘linmalar tomonidan, agar ularga alohida
mol-mulk ajratilgan bo‘lsa va ular mustaqil balansga ega bo‘lsa,
mustaqil ravishda bajariladi.
Soliq
solinadigan
mol-mulk
ishonchli
boshqaruvga
topshirilganda boshqaruv muassasasi bo‘lgan soliq to‘lovchining
soliq majburiyati, agar bu majburiyat unga boshqaruv muassasasi
tomonidan yuklatilgan bo‘lsa, ishonchli boshqaruvchi tomonidan
bajarilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan soliqlar
va
majburiy
to‘lovlarning
aksariyati
yuridik
shaxslardan
undiriladigan soliqlar va majburiy to‘lovlarni tashkil etadi. Buni
quyida ko‘rishimiz mumkin.
– qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS);
– aksiz solig‘i
– yuridik shakxslarning foyda solig‘i;
–
jismoniy shaxslarning daromad solig‘i;
– yer qa’ridan fordalanganlik uchun soliq;
–
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
–
mol mulk solig‘i
–
yer solig‘i;
–
ijtimoiy soliq.
Soliq tizimida mavjud bilvosita va bevosita soliqlarning
aksariyati yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlar hisoblanadi.
274
Shuningdek, Respublika byudjeti daromadlarini tashkil qiluvchi
soliqlar bilan birga mahalliy byudjetlarning daromad manbai
hisoblanuvchi soliqlarning asosiy qismi yuridik shaxslardan
undiriladigan soliqlarni tashkil qiladi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq soliqqa tortishning alohida
tartibi ko‘zda tutilgan yuridik shaxslar (savdo va umumiy ovqatlanish
korxonalari va yagona yer solig‘ini to‘lashga o‘tgan qishloq xo‘jalik
tovarlari ishlab chiqaruvchilari) bundan mustasno.
Do'stlaringiz bilan baham: |