Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Download 8,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/257
Sana16.06.2022
Hajmi8,97 Mb.
#677101
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   257
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR

Fiskal 
organlar
– davlatning moliyaviy resurslarini 
shakllantirishda ishtirok etuvchi va byudjet shaklida jamg‘aruvchi 
organdir. O‘zbekistonda fiskal funksiyani vakolatli moliya organlari, 
jumladan g‘aznachilik organlari va davlatning byudjetdan tashqari 
fondlari (masalan, Pensiya fond). 
Ta’kidlash joizki, fiskal funksiya va soliq ma’murchiligi 
funksiyalarini davlat hokimiyatining boshqa organlari ham amalga 
oshirishlari mumkin. 
Soliq 
munosabatlarining 
vaqtinchalik 
ishtirokchilari

Qonunchilikda ko‘zda tutilgan muayan sharoitlarda soliq ishtirok- 
chilari soliq sohasiga oid bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega 
mutaxassislarni ham jalb etishlari mumkin. Bunday shaxslarning 
ishtiroki albatta cheklangan bo‘ladi, shu sababli ularni ma’lum 
shartlar bo‘yicha taklif etish mumkin bo‘ladi. bunga masalan 
mutaxassislar, tarjimonlar, ekspertlarning soliq nazorati va taftishi 
jarayoniga jalb qilinishi orqali ko‘rishimiz mumkin. 
 
4. Davlatning soliq siyosati 
Siyosat deganda, davlatning oldindan belgilab, aniqlab qo‘ygan 
chora-tadbirlari yig‘indisi tushuniladi. Soliq bo‘yicha ishlarni tashkil 
qilish ham muayyan siyosat tarzida amalga oshiriladi. Soliq siyosati 
davlatning moliya siyosatini eng muhim, tarkibiy ajralmas qismidir.
Soliq siyosati
– davlatning soliq borasidagi farmon, qonun va 
qarorlarni ijrosini ta’minlash hamda uni tashkil qilishdagi 
chora-tadbirlari, sa’y-harakatlari yig‘indisidir. Shunday ekan, faqat 
mustaqil davlatgina o‘z mustaqil soliq siyosatiga ega bo‘la oladi.
Soliq siyosatining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 
– soliq siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berish; 


259 
– davlatning ilmiy asoslangan soliq siyosati konsepsiyasini ishlab 
chiqish va amaldagi soliqqa tortish amaliyoti bilan uyg‘unlashuvini 
ta’minlash; 
– soliqqa tortishning asosiy konsepsiyalarini belgilash, davlat 
soliq ma’murchiligi asoslarini va uning asosiy tamoyillarini belgilab 
berish va hokazolar. 
Soliq siyosatini ishlab chiqish moliya-iqtisodiy munosabat- 
lardan kelib chiqadi. Davlat soliq siyosati orqali respublika 
iqtisodiyotini barqarorlashtirishga va rivojlanishiga har tomonlama 
faol ta’sir ko‘rsatish mumkin. Soliqlar pul munosabatlari bo‘lib, 
iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy qismi ekan, soliq siyosati ham 
iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismidir. 
Soliq davlatning moliyaviy manbayi bo‘lganligi sababli va 
yuqori tashkilot bo‘lganligi sababli, soliq siyosatini ishlab 
chiqishning asosiy tashkilotchisi va ijodkori ham davlatdir. Buning 
uchun davlat o‘z qonunidagi butun kuchni, idoralarni jalb qilib uni 
ishlab chiqadi. Bunday tashkilotlarga Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya 
vazirligi va boshqa ilmiy uslubiy tashkilotlar kiradi. Davlat soliq 
siyosatini ishlab chiqayotganda mavjud soliqlar mohiyati, ahamiyati, 
kelib chiqish va rivojlanish tarixi chuqur o‘rganiladi. Yangi 
kiritilayotgan soliqlarning ilmiy asoslanganligi tekshiriladi. Faqat bir 
soha mutaxassislari taklifini tezda olib, ularga qarab qaror qilishi 
to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki har sohaning vakili o‘z sohasining 
vazifalaridan kelib chiqib takliflar qilishi, umumdavlat manfaatlarini 
to‘liq ilgaridan ko‘ra olmasligi mumkin. Ma’lum qarorga 
kelingandan so‘ng soliq siyosati loyihasi qaror chiqaruvchi organ 
tasdig‘iga berilsa maqsadga muvofiq, bozor iqtisodiyoti mohiyatiga 
mos keladi. Tasdiqlangan soliq siyosatining keng jamoatchilikka 
ommaviy axborotlar orqali ma’lum qilish zarur. Shunday siyosatning 
ijrosini ham strategik jihatdan, ham taktik jihatdan ta’minlashni yana 
davlat o‘z zimmasiga oladi. Buning uchun o‘zining tegishli 
idoralarini ishga soladi.
Demak, davlat soliq siyosatini tayyorlovchi va uni to‘liq 
hayotga tadbiq qilishning tashkilotchisi va boshqaruvchisidir. 
Davlatning faol soliq siyosati yuritishi bozor iqtisodiyotiga 
muvaffaqiyatli o‘tish va uning munosabatlarini rivojlantirishning 


260 
muhim omilidir. Shunday qilib, soliq siyosati orqali davlat respublika 
iqtisodiyotini har tomonlama barqarorlashtirish va rivojlantirishga 
faol ta’sir ko‘rsatadi. 

Download 8,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish