MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………...............4
I BOB.
“BOBURNOMA”DA
TEMURIY
HUKMDORLAR
VA
AYOLLAR TASVIRI
1.1.
―Boburnoma‖da temuriy hukmdorlar siymosi…………………………….9
1.2.
Asarda ayollar siyratining yoritilishi ……………………………………..23
II BOB.
“BOBURNOMA”DA DIN VA SHARIAT ARBOBLARI
HAMDA
IJODKORLAR PORTRETINING BERILISHI
2.1. ―Boburnoma‖da zikr etilgan din va shariat arboblari tavsifi………………37
2.2. Asarda ahli ilm va ijodkorlarga berilgan ta‘riflar ………………………..46
III BOB. ASARDA BEK-AMIRLAR VA BOBUR MUXOLIFLARI
TASVIRI
3.1. ―Boburnoma‖da bek-amirlar
portretining badiiy ifodasi
…………………59
3.2. Asarda Bobur muxoliflari tasviri ……………………………………………71
XULOSA…………………………………………………………………………
84
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO„YXATI……………….................
87
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan keng ko‗lamli
islohotlar, jumladan, adabiyot va ma‘naviyatga
davlat siyosati darajasida e‘tibor qaratilayotganligi o‗zbek adabiyotining klassik
namunalarini yangicha ruhda tadqiq etishni talab qilmoqda. O‗zbek
adabiyotshunosligida mavjud mumtoz adabiy an‘analar
bilan bir qatorda, jahon
adabiyotshunosligidagi yangicha tamoyil va metodlarni ijodiy o‗zlashtirish, ularni
tadqiqotlarda faol qo‗llash ko‗nikmasi shakllanib bormoqda. ―O‗zbekiston ilm-fan,
intellektual salohiyat sohasida, zamonaviy kadrlar, yuksak texnologiyalar borasida
dunyo miqyosida raqobatbardosh bo‗lishi shart‖
1
ligi o‗zbek adabiyotshunoslik
fanining ham mavqe darajasini ko‗tarish talabini taqozo etadi.
Shu tamoyildan
kelib chiqqan holda Bobur adabiy merosi, xususan, ijodkorning ―Boburnoma‖
asarini adabiy mezonlar, asarda muallifning portret yaratish mahorati muammosini
adabiy-estetik kategoriya sifatida o‗rganish mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Boburning portret yaratish san‘ati masalasi uning badiiy mahorati o‗zak
qismlaridan biri bo‗lgani uchun ham alohida o‗rganish va tadqiqot sifatida tahlil
etish zarurati bor.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-
son ―Oliy ta‘lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi
Qarori, 2017-yil 24-maydagi PQ-2995-son ―Qadimiy
yozma manbalarni saqlash,
tadqiq va targ‗ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‗g‗risida‖gi Qarori, 2017-yil 20-iyundagi PQ-3074-son ―O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‗zbekistonga oid xorijdagi
madaniy boyliklarni tadqiq etish markazini tashkil etish to‗g‗risida‖gi Qarori,
2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son ―O‗zbekiston
Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‗yicha ―Harakatlar strategiyasi to‗g‗risida‖gi Farmonlari,
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-oktabrdagi ―O‗zbekiston
Respublikasi oliy ta‘lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.Мирзиѐевнинг 2017 йил 22
декабрдаги Олий Мажлисга
мурожаатномаси // Халқ сўзи, 2017 йил 23декабрь. №258 (6952).
tasdiqlash to‗g‗risida‖gi Farmoni, O‗zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-
oktabrdagi O‗RQ-576-son ―Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‗g‗risida‖gi Qonuni, 2020 -
yil 24-yanvardagi O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga
Murojaatnomasi hamda boshqa me‘yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan
vazifalarni amalga oshirishda ushbu magisrlik dissertatsiyasi
muayyan darajada
xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: