Bu esa ichki bozorni o’zimizda ishlab chiqariladigan sifatli iste’mol mahsulotlari
bilan to’ldirishga olib keladi.
Bir so’z bilan aytganda, valyuta siyosatining erkinlashtirilishi
O’zbekistonning xalqaro iqtisodiy hamjamiyatdagi nufuzini yanada oshirish,
mamlakatimizdagi investitsion
muhitni yaxshilash, mahalliy va xorijiy
investitsiyalarni rag’batlantirish, iqtisodiyotimizning eksport salohiyatini oshirish
hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirish orqali iqtisodiyotimizga
salmoqli ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
O’zbekistonda valyuta siyosatining ta’sirchanligini oshirish borasida bir qator
muammolar mavjud. Hozir ularni hal qilish dolrzarb masalalardan biridir. Mazkur
muammolar hal qilinsa, valyuta siyosatini takomillashtirish va demakki, valyuta
siyosati iqtisodiyotni yanada barqarorlashtirish va milliy valyuta qadrini oshirish
uchun xizmat qilishiga zamin yaratiladi.
Erkin suzib yuruvchi valyuta kurslari tizimida Markaziy bankning pul-kredit
va valyuta siyosatining iqtisodiyotga ta’siri kapitallarni eksport va import qilishni
rag’batlantirishda namoyon bo’ladi. Buning mazmuni milliy valyuta kursini
barqaror saqlab turish bilan belgilanadi. Milliy valyuta kursini barqaror ushlab
turish uchun esa, hozirgi davrda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga oltin -
valyuta zahiralarini boshqarish topshirilgan. So’mning
nisbiy barqarorligiga faqat
makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni bir maromga etkazilgandagina erishish mumkin.
Oxirgi yillarda ichki inflyatsiya darajasining pasayishi O’zbekiston
tovarlarining eksportini importga qaraganda ancha foydali qilib qo’yishi kerak edi.
Lekin aslida tamoyil shuning teskarisini ko’rsatadi. O’zbekistonda ishlab
chiqarilayotgan tovarlarning jahon bozoridagi jozibadorligiga ta’sir ko’rsatishi,
shuningdek, O’zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning mahsulotni eksport qilishdan
manfaatdorligini oshirishga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan kuchli vosita milliy
valyutaning real kursini devalvatsiya qilishdan (devalvatsiya sur’atlari inflyatsiya
sur’atlaridan yuqori bo’lganida) iboratdir. Shu maqsadda so’nggi yillarda
O’zbekiston so’mining AQSh dollariga nisbatan silliq devalvatsiyasi amalga oshirib
kelindi.
Umuman olganda, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar siyosati,
o’ziga xos xususiyatlardan kelib chiqmoqda. Qisqacha aytganda, mamlakatimizning
valyuta siyosati ta’sirchanligi qanchalik oshsa, shu darajada iqtisodiyotimiz
barqarorligi, shu jumladan tashqi iqtisodiy faoliyatimizning kelajagi kafolatlanadi.
Kurs ishi tadqiqodi natijasida mamlakatda monetar siyosat samaradorligi va
izchilligini oshirish yuzasidan quyidagi amaliy
takliflarni ishlab chiqishga
muvaffaq bo’ldim:
1.
Markaziy bank monetar siyosatining samaradorligini oshirishda uning
mustaqilligini ta’minlashga erishish lozim. Bunda Markaziy bankning viloyatdagi
boshqarmalarini mamlakatni iqtisodiy regionlarga bo’lgan holda taqsimlansa,
aytaylik 4 yoki 5 ta mintaqaviy boshqarmalarning faoliyati joylardagi hukumat
organlaridan xoli ravishda olib borilardi.
2.
Birjadan tashqari valyuta bozorini, ayniqsa, banklararo valyuta
bozorini yanada rivojlanishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish. Buni,
banklararo bozor faoliyatini tartibga soluvchi va muvofiqlashtiruvchi qonun
qoidalarni qabul qilish, ushbu bozor faoliyatini ta’minlovchi moliyaviy vositachilar
32
va erkin muhit hamda moliyaviy ma’lumotlar yoki axborotlar ochiq-oydinligini
ta’minlash.
3.
”Qora bozor”ni yo’q qilish va valyuta
kursini Markaziy bank
tomonidan nazorat etilishi hamda muvofiqlashtirilishini ta’minlash uchun
birinchidan, naqd xorijiy valyuta muomalasi borasida ayrim saqlanib qolgan
valyuta cheklovlarini bekor qilish, ikkinchidan, valyuta birjasi savdo jarayonida
ishtirok etuvchi sub’ektlar va operatsiyalar ko’lamiga bo’lgan cheklovlar bekor
qilinishi lozim.
4.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta zahiralarini
kеngaytirish uchun xo’jalik yurituvchi sub’еktlarning tashqi iqtisоdiy faоliyatini
yanada rivоjlantirish va ularni xоrijiy valyutada tushumlar оlishini yanada
kеngaytirishga manfaatdоrligini kuchaytish maqsadida ushbu valyuta
tushumlaridan tоvar turlariga muvоfiq amalga
оshiriladigan majburiy sоtuv
mе’yorlarini pasaytirish zarur.
5.
Shu bilan birgalikda, rеspublikaga xоrijiy invеstitsiyalarni kеng
ko’lamda jalb etish, rеspublika milliy iqtisоdini ko’tarish va qo’shma kоrxоnalar
barpo etilishini jadallashtirish maqsadida mamlakatimiz hududlarida
tadbirkorlikning erkin iqtisodiy hududlarini tashkil etish lоzim.
6.
Rеspublika makrоiqtisоdiy muammоlaridan biri bo’lmish tashqi savdо
balansi hоlatini yaxshilash uchun eksport faoliyati mavjud yoki ichki bozor uchun
eksport mahsuloti o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqaruvchi xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarga, faoliyatning ushbu turlarini yanada rivojlantirishga raq’batlantiruvchi
imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berish lozim.
33